Tо‘G‘on balandligini aniqlash


Download 3.53 Mb.
bet5/14
Sana31.07.2023
Hajmi3.53 Mb.
#1664023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2Курс лойихаси ГТИ 2023 sirtqi bo\'lim

2.7-rasm. Kng koeffitsiyenti qiymatlarini aniqlovchi grafiklar: a) – m1 < 3 bо‘lganda, b) – m1 > 3 bо‘lganda.

j(%) ehtimollik bо‘yicha tо‘lqinining qiyalikka urilib chiqish balandligini hisobga oluvchi koeffitsiyenti quyidagi 2.5 - jadval bо‘yicha qabul qilinadi.


2.5 - jadval
koeffitsiyenti qiymatlari

%

0,1

1

2

5

10

30

50



1,1

1,0

0,96

0,91

0,86

0,76

0,68

Tо‘lqinning qiyalikka urilib chiqish balandligini (2.3) formula bо‘yicha hisoblashda suv chuqurligi va tо‘g‘on oldida chuqur suv zonalari (suv chuqurligi ) mavjud deb faraz qilinadi.


Buzilishlari katta talafotlar keltiradigan hamma sinfdagi tо‘g‘onlar balandligi bо‘yicha zahira qiymati 0,5 m dan kichik bо‘lmagan о‘lchamida qabul qilinadi. Agar shamol ta’sirida paydo bо‘ladigan suv sathining kо‘tarilishi ( ) qiymati juda kichik bо‘lsa, yoki shamol tо‘lqiniining qiyalikka urilib chiqish balandligi va qiymatlari yig‘indisi 0,5 dan kichik bо‘lsa, suv sathidan tо‘g‘on tepasigacha bо‘lgan masofa uning sinfidan qat’iy nazar 0,5 m dan kam qabul qilinmaydi.
Tо‘g‘on tepasi belgisi quyidagi formulalardan aniqlaniladi:
a) asosiy yuklar birikmasi va ta’sirlari holatidagi hisoblashda
=197+5.57=202.57m (2.6)
b) muhim yuklar birikmasi va ta’sirlari holatidagi hisoblashda
= 200+5.57=205.57m (2.7)
Tо‘g‘on tepasi belgisi uchun har ikkala formuladan katta chiqqan qiymat qabul qilinadi.
Agar tо‘g‘on tepasida mustahkam parapet о‘rnatilsa (uning balandligi kо‘pincha 1,2...1,5 m ga teng), ning qiymati hisobiy statik suv sathidan parapet yuqorisigacha bо‘lgan masofa deb hisoblanadi. Parapetning о‘rnatilishi tо‘g‘on tepasini pastroq qilib о‘rnatishga imkon beradi, bu о‘z navbatida tо‘g‘on tanasi hajmini kamayishiga olib keladi. Kо‘pincha parapet beton yoki temir-betondan yasaladi.
Ushbu holatda tо‘g‘on tepasi belgisi ( ) maksimal dimlangan suv sathidan ( ) yuqoriroq yoki unga teng qilib qabul qilinadi, lekin u normal dimlangan suv sathidan ( ) kamida 0,3 m yuqoriroq bо‘lishi shart.
Tо‘g‘on balandligi quyidagicha aniqlanadi:
=205.57-165.5=40.07m (2.8)
Bunda, – tо‘g‘on stvoridagi daryoning yer belgisi.



Download 3.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling