Tо‘G‘on balandligini aniqlash


TО‘G‘ON KONSTRUKTIV ELEMENTLARI VA ULARNING О‘LCHAMLARINI BELGILASH


Download 3.53 Mb.
bet8/14
Sana31.07.2023
Hajmi3.53 Mb.
#1664023
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
2Курс лойихаси ГТИ 2023 sirtqi bo\'lim

4.TО‘G‘ON KONSTRUKTIV ELEMENTLARI VA ULARNING О‘LCHAMLARINI BELGILASH
4.1. Gruntli tо‘g‘on kо‘ndalang kesimi

Grunt tо‘g‘onlarni loyihalashtirishda mustahkam va iqtisodiy jihatdan afzal kesim tanlanadi.


Tо‘g‘on kesimining о‘lchamlari tо‘g‘on balandligiga, zamindagi gruntlar tavsifiga, qurilish sharoitlari va ekspluatatsiya talablariga bog‘liq .
Tо‘g‘on kо‘ndalang kesimi 4.1 - rasmda kо‘rsatilgan.



4.1-rasm. Gruntli tо‘g‘on kо‘ndalang kesimi:
1-tо‘g‘on tanasi; 2-tо‘g‘on tovoni; 3-yuqori qiyalik bermasi; 4-qoplama tayanchi; 5-yuqori qiyalik qoplamasi; 6-tо‘g‘on tepasi; 7-pastki qiyalik qoplamasi; 8-pastki qiyalik bermasi; 9-drenaj; 10-qulf; 11-gruntning tabiiy yuzasi; 12-suv о‘tkazuvchi grunt; 13-suv о‘tkazmaydigan qatlam.
4.2. Tо‘g‘on (qiyaliklari) nishabligi va bermalari


Tо‘g‘on qiyaliklari. Tо‘g‘onning yuqori qiyaligi hamma vaqt balandligi bо‘yicha suv ostida bо‘lganligi uchun uning qiyaligi pastki qiyalikka nisbatan yotiqroq qilinadi. Qiyaliklar gruntning turi, tо‘g‘onning balandligi hamda tо‘g‘on zaminidagi gruntning xususiyatlariga asoslanib belgilanadi (3.1 -jadval).
О‘rta va yuqori bosimli tо‘g‘onlarning zaminlari qanday gruntlardan tashkil topganiga qaramay, ularning qiyaliklari ustuvorligini hisoblash asosida tekshirilishi shart. Zaminlari kuchsiz gruntlardan tashkil topgan tо‘g‘onlarning balandligi 10 m dan ortiq bо‘lganidagina ularning qiyaliklarini ustuvorligi tekshirib kо‘riladi. Tо‘g‘onning balandligi ortgan sari ularning qiyaliklari yotiqroq qilib belgilanadi. Past bosimli tо‘g‘onlarda doimiy, о‘rta va yuqori bosimli tо‘g‘onlarda о‘zgaruvchan qiyaliklar qabul qilinadi. m12=m1+0.5, m21=m2+0.25
Tо‘g‘on bermalari. Tо‘g‘on qoplamalarining holatini kuzatish, ularni ta’mirlash, hamda tо‘g‘on tagining kengligi (filtratsiya yо‘li) ni oshirish maqsadida bermalar quriladi (4.1- rasm).
4.1.-jadval
Tо‘g‘on qiyaliklarini belgilash

Tо‘g‘on tanasidagi gruntlar

Tо‘g‘on balandliklari bо‘yicha qiyaliklar m da

5 m gacha

5 m dan 10 m gacha

10 dan 15 m gacha

yuqorigi m1

pastki m2

yuqorigi m1

pastki m2

yuqorigi m1

pastki m2

Loy

2,5

1,75

2,5

2

3

2,5

qumoq

2,25

2

2,75

2,25

3,25

2,75

qumloq

2,5

2,25

3

2,5

3,5

3

mayda qum

3

2,5

3,5

3

3,75

3,25

о‘rta qum

2,5

2

3

2,5

3,25

2,75

yirik qum shag‘al

2

1,5

2,5

2

2,75

2,25

Yuqori qiyalikka bermalar qurilish sharoitlaridan kelib chiqqan holda yasaladi.Bermalarda qiyalikka temir-betonli plitalarni joylashtirish uchun kranlar о‘rnatiladi va plitalarni qurilish joyiga yetkazilishida bermalar avtomobil yо‘llar sifatida ishlatiladilar. Yuqori qiyalikdagi bermalar qoplamalar uchun tirgak vazifasini bajaradilar.





Download 3.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling