Ikki to`g`ri chiziqning o`zaro joylashuvi
Ikki to`g`ri chiziq fazoda o`zaro parallel, kesishuvchi yoki uchrashmas (ayqash) vaziyatlarda bo`lishi mumkin:
4.3-chizma
1. Paraller to`g`ri chiziqlar. Fazoda o`zaro parallel bo`lgan chiziqlarning bir nomli proektsiyalari xam o`zaro parallel bo`ladi, yani АВ II CD bo`lsa, ab II cd ;a b II с d ; a b II с d bo`ladi.(4.3-chizma)
Kesishuvchi to`g`ri chiziqlar. Afar ikki to`g`ri chiziq fazoda umumiy bir nuqtaga ega bo`lsa, kesishuvchi to`g`ri chiziqlar deyiladi. Kesishuvchi to`g`ri chiziqlar proektsiyalar ning kesisish nuqtalari to`g`ri chiziqlar kesisish nuqtasining proektsiyalari bo`ladi.(4.4-chizma)
4.4-chizma
3.Uchrashmas to`g`ri chiziqlar. Ikki to`g`ri chiziq o`zaro parallel bo`lmasa, yoki kesishmasa ular uchrashmas(ayqash) to`g`ri chiziqlar deyiladi. Malumki, parallel vaziyat kesishuvchi to`g`ri chiziqlar bitta tekislikka tegishli bo`ladi. Uchrashmas(ayqash) to`g`ri chiziqlar esa, bir tekislikda yotmaydi. Uchrashmas to`g`ri chiziqlarning bir nomli proektsiyalari epyurda o`zaro kesishsa xam, ammo kesishish nuqtalari bir bog`lovchi chiziqqa tegishli bo`lmaydi. Masalan, АВ ва EF uchrashmas chiziqlar berilgan. Bu to`g`ri chiziqlar proektsiyalarining 1, 2 ва 3, 4 kesishish nuqtalari fazoda bu to`g`ri chiziqlarning xar biriga, tegishli ikki nuqtaning proektsiyalari bo`ladi, yani, 1 АВ, 2 EF ва 3 EF, 4 АВ.2(4.5-chizma)
4.5-chizma
Do'stlaringiz bilan baham: |