To’g’ri va teskari proporsional miqdorlar


Download 11.76 Kb.
bet1/2
Sana02.12.2023
Hajmi11.76 Kb.
#1779879
  1   2
Bog'liq
To’g’ri va teskari proporsional miqdorlar-fayllar.org


To’g’ri va teskari proporsional miqdorlar

Mavzu; To’g’ri va teskari proporsional miqdorlar

Maqsad:
1. O`tgan darslarda olgan bilimlarini mustaxkamlash.

2. To’g’ri va teskari proporsiyani o`rgatish.


3. O`zaro fikr almashtirib ishlashga o`rgatish.


Darsning ilmiy maqsadi:
1. O’quvchilarga DTS talablari asosida ta’lim-tarbiya berish.

2. O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblashlarini rivojlantirish.


3. To’g’ri va teskari proporsional miqdorlarga oid mashqlar bajara olish, bilim, malaka, ko`nikmalarini oshirish.


Tarbiyaviy maqsad:
1.O’quvchilarni erkin fikrlashga, xulosa chiqarishga o’rgatish, vatanparvarlik, insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash.

2.Mavzu orqali o’quvchilarga aqliy, iqtisodiy, ekologik va nafosat tarbiyasi berish.




Rivojlantiruvchi mashqlar:
Darslik, dars ishlanmasi, darsga oid ko’rgazmalar yordamida o’quvchilarga yangi mavzuni o`rgatish.

Darsning uslubi:
Savol-javob, tushuntirish, munozara.
Darsning jihozi:
Darslik, dars ishlanmasi, tarqatmali kartochkalar, rasmlar, texnika vositalari, test materiallari, o’quv qurollari
Darsning turi:
S avol-javob, muammoli savollar bilano’quvchilarni izlanish, fikrlashga undovchi usullar, guruhlar bilan ishlash, buyuk allomalarimiz siymosini o’quvchilar ongida tasavvur qildirish, o’rganilgan bilim, ko’nikma va malakalaridan kundalik hayotlarida uchraydigan muammolarni hal etishda foydalana olish sirlarini o’rgatish.


Darsning shiori
Mtnga aytin va men unutaman.
Menga ko’rsating va men eslab qolaman.
Menga imkon bering va men tushunaman.


Darsning rejasi:
Kirish:
Salomlashish

Guruhlar nomlanishi


Asosiy qism:
O’tilgan mavzularni takrorlash (Elektron darslik yordamida)
O’quvchilar bilan tezkor savol-javoblar
Testlar bilan ishlash (Elektron darslik yordamida)
Uyga berilgan topshiriqlarni tekshirish
Yangi mavzu bayoni

To’g’ri proporsional miqdorlar

Teskari proporsional miqdorlar
Yangi mavzuni mustahkamlash
“Zinama-zina o’yin

“Damino” o’yini


Uyga vazifa berish

Xulosa; To’g’ri va teskari proporsional miqdorlarni kundalik hayotimizda uchraydigan muammolarni hal etishda foydalana olamiz.

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.

2.O’tilgan mavzuni takrorlash.
3.Darsga jalb qilish.
Tashkiliy qism:

a) Salomlashish

b) Yo'qlama qilish.
g) sinf tozaligiga e’tibor.
Siyosiy daqiqa:
1 . Vatanimiz qayer?

2. Vatan qayerdan boshlanadi.


Vatan bu ostonadan boshlanadi.

Vatan bu kindik qonimi to’kilgan joy.


Vatan bu o’tirgan partamiz.
Vatan bu ona allasidan boshlanadi.
3.Bu yil Mustaqillik bayramini necha yilligini nishonladik?

4.Davlatimiz Mustaqil bo`lib o`zining nimalariga erishdi?


5.O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qachon qabul qilingan?
6. O`zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog`i qachon qabul qilingan?
7.Gerb haqida sherlar bilasizmi?
8.Madhiya qachon qabul qilingan?
9. Konstitutsiya qachon qabul qilingan?
10.O’lkamizda qaysi fasl?
11.Bu yil qanday yil?
12.Barkamol avlod deganda nimalarni bilib oldingiz?
Bugun bizlar Barkamol avlod
Shu vatanning suyanch ardog`i
Azim chinor bo`lsagar Vatan
Bizlar uning ko`rki yaprog`i
Biz hech kimdan kam bo`lmagaymiz
Kam bo`lmagaymiz illo hech qachon

Biz bir tanmiz, sobiq qadammiz


Ortimizda Vatan jonajon
Biz barkamol o`ktam avlodmiz
Kelajagi buyuk davlatmiz
O`tilgan mavzuni so`rab baholash:

Proporsiya lotincha «proportio» so'zidan olingan bo'lib, «o’lchovdosh» degan ma’noni bildiradi. Buyuk yunon olimi Evklid “Negizlar” asarida proporsiyalar nazariyasiga keng o’rin bergan. Evklid proporsiyadan quyidagi “hosila proporsiyalar”ni keltirib chiqaradi.

Berilgan uchta a, b, c son bo’yicha proporsiyadan noma’lum son x ni topish qoidasi “uch miqdor qoidasi” nomi bilan ma’lum bo’lgan.

Bu qoida Beruniy asarlaridan birida keltirilgan. U 5, 7 va hattoki 15, 17 ta miqdor uchun ham bu kabi qoidalarni qo’llashni ko’rsatgan.


Abu Rayhon Beruniy (973-1048) buyuk olim, yurtdoshimiz. Matematika va boshqa fanlarga doir ko'plab asarlar yozgan. Nisbatlar nazariyasiga oid ishlari katta amaliy ahamiyatga ega. Shu o’rinda Beruniy masalalaridan birini keltiraylik.

Abu Rayhon Beruniy masalasi. Agar 10 dirham (pul birligi) 2 oyda 5 dirham foyda keltirsa, 8 dirham 3 oyda qancha foyda keltiradi”

Yechilishi: Masalada so’ralayotgan miqdorni – foydani x deb belgilaylik. “5 miqdor qoidasi” ni shunday yozish mumkin:

Chap ustunda masalaning “berilgani” (unda berilgan ma’lumotlar yig’ilgan). O’ng ustunda masalada so’ralayotgan x miqdor va u bilan bo’g’liq ma’lumotlar yi’g’ilgan. Jami 6 ta miqdor, shulardan 5 tasi berilgan (shuning uchun ham “5 miqdor qoidasi”). Birinchi va ikkinchi qator nisbat tuzamiz va ularning ko’patmasini olamiz: . Uchinchi qator bo’yicha nisbatni shunday tuzamiz: . Bu ikkala nisbatni tenglaymiz: . Shu tenglamadan x topiladi: x=6 (dirham).

Javob: 6 dirham foyda keltiradi.

Tezkor savollar:

Proporsiya nima?
Proporsiya xossasini ayting.
Paralelopiped nima?
Kub nima?
Paralelopiped hajmi qanday topiladi?
Kub hajmi qanday topiladi?
Sonlar qanday yaxlitlanadi?
Aylana nima?
Aylana radiusi nima?
Qanday sonlar tub sonlar deyiladi?
Burchak nima?
Burchak qanday asboblar bilan o’lchanadi?
0 soni natural sonmi?
3 ga bo’linish belgisini ayting.
9 ga bo’linish belgisini ayting



Download 11.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling