Toʻgʻrilagich, tok toʻgʻrilagich — oʻzgaruvchan tokni oʻzgarmas tokka aylantiruvchi qurilma. Asosiy qismi — ventil. Ventilning turiga qarab, kenotronlp, gazotronln, tiratronli, simobli, yarim oʻtkazgichli, elektr kontaktli; bir va uch fazali, bir va ikki yarim davrli T.larga boʻlinadi. T. avtomatika, telemexanika va radioapparatura hamda yuqori quvvatli sanoat qurilmalarini oʻzgarmas tok bn taʼminlashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |