ToʻGʻrisida
O’ZBEKISTON ALLOMALARINING ISLOM TSIVILIZATSIYASI RIVOJIGA QO’SHGAN HISSASI
Download 179.5 Kb.
|
ALLOMALAR DIN TOʻGʻRISIDA
O’ZBEKISTON ALLOMALARINING ISLOM TSIVILIZATSIYASI RIVOJIGA QO’SHGAN HISSASIO’zining ko’p ming yillik davlatchilik tarixi madaniyati, urf-odat va an’anasiga ega bo’lgan jonajon O’zbekistonimizda ham diniy, ham dunyoviy ta’lim chuqur o’rganilgan. Binobarin, IX-XII asrlarda ham mintaqa ijtimoiy- siyosiy, ma’naviy hayotida dinning o’ziga xos o’rni bo’lgan. O’zbekiston allomalarining islom tsivilizatsiyasi rivojiga qo’shgan hissasi to’g’risida so’z yuritilganda, eng avvalo, “muhaddislar sultoni” degan shuxratga ega bo’lgan Imom Buxoriy bobomizning muborak nomlarini hurmat-ehtirom bilan tilga olamiz. Imom al-Buxoriy hayotining ko’p qismi xorijiy ellarda musofirchilikda o’tib, ilm talabida Sharqning ko’pgina shaharlarida bo’lganlar. Bu haqida u u kishining o’zi: “Misr,Shom, Mesopatamiyaga ikki martadan, Basraga to’rt marta borganman. Hijozda olti yil yashaganman,Bag’dod va Kufa shaharlariga necha marta borganim hisobini bilmayman”, degan ekanlar. U kishi safar chog’ida ham, bir shaharda muqim turganida ham ilmini oshirish borasida tinimsiz ishlar, to’plagan hadislarni oqqa ko’chirar edilar. Bag’dodda istiqomat qilgan paytda ko’pinchna oyning nurida ijod qilib, qorong’i kechalarda sham yorug’ida kitob yozar ekanlar. Imom al-Buxoriy avlodlarga boy va qimatli ilmiy meros qoldirgan bo’lib, u kishi yozgan asarlarning soni yigirmadan ortiq bo’lib, “al-Jomi’ as-sahih” hadislar to’plamini butun dunyoga mashhurdir. Imom al-Buxoriyning ushbu yirik asari yozilganiga taxminan 1200 yil bo’ldi, o’sha davrdan boshlab toki shu vaqtgacha u islom ta’limotida Qur’ondan keyingi ikkinchi o’rinda turadigan muhim manba sifatida yuqori baholanib kelmoqda. Imom al-Buxoriy to’plamlariga kiritilgan hadislar faqat islom ta’limotiga oid umumiy qoidalarni aks ettirish bilan cheklanib qolmadi. Ular mehr-muhabbat, sahiylik, ochiq ko’ngillik, ota-ona, ayollar va kattlarga hurmat, etim-esirlarga muruvvat, faqir bechoralarga himmat, vatanga muhabbat, mehnatsevarlik va halollikka da’vat etish kabi haqiqiy insoniy fazilatlar va namunali tartibotlar majmuasidir. Unda nima yaxshi, nima yomon, nimani qilish kerak, nimadan o’zini tiyish lozimligi haqida hozirgi jamiyatimiz ahli, ayniqsa yosh avlod uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega yo’l-yo’riqlar, pand-nasihat va o’gitlar aks ettirilgan. Buyuk vatandoshimizning nomi butun islom dunyosida samimiy mehr- muhabbat, katta hurmat-e’tibor bilan tilga olinadi. Sharqning turli burchaklarida imom al-Buxoriyning nomini eshitmagan biror kimsa, uning ilmu zakovati etmagan biror joy bo’lmasa kerak. Diyorimizdan chiqib jahonshumul ahamiyatga ega asarlar yaratgan buyuk allomalardan yana biri mashhur muhaddis Abu Iso Muhammad at-Termiziydir. O’zdavrining etuk muhaddis olimi sifatida tanilgan at-Termiziy ko’pdan-ko’p shogirdlarga ustozlik qilgan. Hadis ilmidagi uning shogirdlaridan Makhul ibn al- Fadl, Muhammad ibn Mahmud Anbar, Hamad ibn Shokir, Abd ibn Yusuf an- Nasafiy va Abu-l-Abbos Muhammad ibn Mahbub al-Mahbubiylarni ko’rsatish mumkin. Ko’p yillar xorijiy mamlakatlarda bo’lganidan keyin at-Termiziy o’z yurtiga yirik muhaddis olim sifatida qaytadi. Imomi Termiziy payg’ambar alayhissalom hadislarini to’plashga alohida e’tibor bilan qaraydi. Bu borada u har qanday qiyinchiliklarga bardosh beradi. U o’zi o’qigan yoki biror roviydan eshitgan hadisini alohida qog’ozlarga qayd etib borar, ularning asli va isnodini izchillik bilan aniqlab to’g’riligiga to’liq ishonch hosil qilsagina maxsus qog’ozlarga qayd etardi. Hadislarning to’g’riligiga shubha bo’lganda ularni alohida ajratib yozardi. Shu tariqa hadislar sahiyh (to’g’ri, ishonchli), hasan (yaxshi, ma’qul), zaiyf (bo’sh, ishonchsiz), g’ariyb (g’alati) kabi xillarga ajratilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shamoillari, axloqlari haqida tasnif etilgan musannafotlarini eng chiroyli va yaxshisi – bu Imom Termiziyning payg’ambar siyratlari haqidagi mukammal va muxtasar kitoblaridir. Bu kitobni mutolaa qiluvchi, janobi payg’ambarni ko’rganday va ul zotning har bobidagi mahosini shariflaridan bahramand bo’lganga o’xshaydi. Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziyning ma’naviy merosi, jumladan, “Sunani Termiziy” asari ham musulmon olamida yuksak qadrlanadi. Allomaning asrlar davomida olimu fuzalolarga dastur bo’lib kelgan insof va adolat, insonparvarlikni targ’ib etuvchi g’oyalari hozirgi murakkab davrimizning ko’plab axloqiy-ma’naviy masalalarini hal etishda ham muhim ahamiyat kasb etishi bilan e’tiborga molikdir. Yana bir buyuk vatandoshimiz Movarounnahr ilohiyot maktabining rivojlanishiga o’z ta’limoti an’analari va ilmiy asarlari bilan katta ulush qo’shgan buyuk mutakallim Abu Mansur al-Moturidiydir. Moturidiy sunniy e’tqodidagi ikki yirik kalom maktabining biri bo’lmish Moturidiya maktabining asoschilaridan hisoblanadi. Al-Moturidiy ilohiyot ilmlarining to’la shakllanib, takomilga etishida ularni qayta ishlab chiqib, ma’lum tizim (sistema) ga solishdek katta bir ishni amalga oshirdi va hanafiya ta’limotining O’rta Osiyo xalqlari urf-odatlari bilan chambarchas bog’liqligini o’z qarashlari orqali ko’rsatib berdi. U yaratgan ta’limot islom dinining buyuk aqidaviy yo’nalishlaridan biri sifatida tanildi. Alloma Abu Mansur al-Moturidiy o’z sohasida shunday etuk, shunday iqtidorli, sermahsul olim bo’lganligiga, fikr doirasi kengligi musulmon olamidagi yirik-yirik olimlar ham yuksak baho berganlar, u kishi haqida to shu vaqtga qadar buyuk ehtirom bilan yozadilar. Buyuk faqih vatandoshlarimizdan yana biri Ali ibn Abu Bakr ibn Abd al- Jamil al-Farg’oniy ar-Rishtoniy al-Marg’inoniy Qur’onni va hadis ilmini mukkamal egallab, fiqh - islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur ilmga ega bo’lganligi va bu sohada biqiyos durdonalar yaratganligi tufayli Burhon ad- Din va-l-Milla (islom olamidagi xalqlar hamda islom dinining dalili, isboti) va Burhon ad-Din al-Marg’inoniy nomlari bilan mashhurdir. Al-Marg’inoniyning butun islom olamida mashhur bo’lgan “al-Hidoya” asari 1178 yili Samarqandda yozildi. Kitob musulmonhuquqi-fiqh bo’ycha eng aniq, izchil, mukkamal asar sifatida tan olindi. “Al-Hidoya”ning asosini fiqh ilmi asoschilaridan bo’lgan Abu Hanifaan- Nu’mon ibn Sobit, Ahmad ibn Hanballarning yirik asarlari, ularning boshqa shogird va safdoshlarining kitoblari, dastlabki to’rt xalifa va sahobalarning rivoyatlari, ular xabar qilgan hadislar tashkil etadi. “Al-Hidoya”da huquqiy masalalarning echimi dastlab yirik fiqholimlari fikrlari bayoni va unga mualliflar e’tirozlari yoki qo’shimchalarini izhor etish yo’li bilan berilgan. Ana shu obro’li mualliflar fikrlaridan kelib chiqib, muayan masalada eng ma’qul echimni tanlab olish yo’liga amal qilingan. Shu tariqa unda qonunning ifodasigina emas, balki uning mukammal sharhi ham asoslab keltiriladi. “Al-Hidoya” bir necha asrlar davomida ko’p musulmon mamlakat-larida, jumladan, Markaziy Osiyoda ham huquqshunoslik bo’yicha eng asosiy qo’llanma hisoblanib, bu erda 1917 yil inqlobidan keyin ham, to 1930 yillargachashariat qozilari bekor qilinib, sovet sud sistemasi joriy qilinguncha amalda bo’lib keldi. Hozirgi kunda ham islom shariati asosida ish yuritilganda bu asardan keng foydalaniladi. Xulosa qilib aytganda, yurtimiz allomalarining islom tsivilizatsiyasi rivoji yo’lida olib borgan izlanishlari hamda ta’limotlari, yozib qoldirgan boy adabiy meroslarining tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir. Chunonchi, ularning asarlarida eng avvalo insonparvarlik, mehr-oqibat, adolatli davlat boshqaruvi, islom madaniyatining ravnaqi g’oyalari ilgari surilgan. O’z navbatida ushbu g’oyalarning ma’naviy, tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir. Yangi jamiyat va davlat qurishga qodir bo‘lgan avlod tafakkuriningshakllanishida, millatning o‘zligini anglashida boy ilmiy, ma’naviy va madaniymerosimiz, milliy qadriyatlarimiz g‘oyat muhim ahamiyatga ega.Davlatimizning qanchalik tez ulg‘ayishi, kuch-quvvatga to‘lishi, dunyohamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashi, avvalambor, xalqimiz ma’naviysaviyasi, g‘ururi va faxri nechog‘liq yuksak bo‘lishiga bog‘liq. Asrlar davomidaaql zakovat bilan bunyod etilgan boy ma’naviyati tufayli xalqimiz mag‘ruryashadi, mehnat qildi, doimo hurriyat va erk sari intildi. Ana shu milliy ong,milliy g‘urur bugungi hayotimizning oltin poydevoridir. Bu poydevorga buyukallomalarimiz Beruniy va Forobiy, Moturidiy, Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino,Xorazmiy, Zamaxshariy, Buxoriy, Imom Abu Iso Termiziy, Hakim Termiziy,Navoiy va Ulug‘bek kabi yuzlab ulug‘zotlar asos solganlarMarkaziy Osiyo mutafakkirlarining islom taraqqiyotiga qo‘shganhissalariIslom dinining Markaziy Osiyo mintaqasida, umuman, jahon miqyosidataraqqiy qilishiga vatandoshlarimiz beqiyos hissa qo'shganlar. Garchi islom diniArabiston yarimorolida paydo bo‘lgan bolsada, madaniy jihatdan arab badaviyqabilalaridan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi darajasi bo'yicha anchaustun bo'lgan Markaziy Osiyo xalqlari islom dinining nazariy jihatdanrivojlanishi va hayot ehtiyojlari asosida takomillashuviga salmoqli ta’sir ko'rsatganlar. Buni tasdiqlash uchun Imom al-Buxoriy, Abu Mansur al-Moturidiy. Burhoniddin al-Marg’inoniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro vaBahovuddin Naqshband kabi mutafakkirlami eslash kifoyadir. Ulaming nomlaributun islom dunyosida chuqur hurmat bilan tilga olinadi. Mustaqillikkaerishilgach, O'zbekiston hukumati o‘z ichki siyosatida mustamlakachilikdavrida unutilgan, biroq xalqimiz tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk zotlamingnomlarini tiklash va xalq xotirasida abadiylashtirishga qaratilgan benihoyaxayrli siyosat olib bormoqda.Yuqorida tilga olingan allomalar islom dinining taraqqiyotiga salmoqlihissa qo‘shganlar. Chunonchi, bizning Vatanimizda butun islom dunyosida engnufuzli manbalar deb tan olingan oltita ishonchli hadislar to’plamining (as-sahihas-sitta) mualliflari yashab ijod qilganlar. Ular: Abu Abdulloh Muhammad ibnIsmoil al-Buxoriy (810- 870), Imom Muslim ibn al-Hajjogi (819-874), Abu IsoMuhammad ibn Iso at- Termiziy (824-892), Imom Abu Dovud SulaymonSijistoniy (817-880), Imom Ahmad an- Nasoiy (830-915), Imom Abu AbdullohMuhammad ibn Yazib ibn Mojja (824-886) kabi siymolardir. Bu olti allomaichida hadis ilmida amir al- mo’miniyn degan sharafli nomga sazovor bolganImom al-Buxoriy alohida e’tiborga molik buyuk islomshunos olimdir. Download 179.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling