Tohir malikning “alvido bolalik” asari tahlili tohir Malik
Asarning asosiy g`oyasi va leytmotivi
Download 14.25 Kb.
|
Tohir malikning “alvido bolalik” asari tahlili tohir Malik-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- ASAR SARLAVHASI
Asarning asosiy g`oyasi va leytmotiviAsarda hayotdan alamzada bo’lgan oilaviy ahvoli yaxshi bo’lmaganligi sababli, oilaviy tarbiyasi to’g’ri bo’lmaganligi yani oilasidagi nosog’lom muxit va noto’g’ri tarbiya sababli jinoyat yo’liga kirgan o’smirlar va yosh yigitlarni achinarli ahvolga tushib qolishi va shu orqali butun hayotlarini besamar o’tkazayotganligi va qanday qilib bunga yechim toppish kerakligi bosh g’oya sanaladi. Shuningdek bu bolalarning bu axvolga tushib qolishiga asosiy sababchi zamondoshlar va jamiyat sababchiligi avvalo jamiyatning o’zidagi nuqsonlarini isloh qilish kerakligi aytib o’tilgan.ASAR SARLAVHASIAsarning “ALVIDO BOLALIK ” deb aytilishiga sabab bolalikning boshlanmasdan tugganlanishi va aslida bolalikda shirin xotiralar bilan eslanadi. Bu asarda esa faqat alamzadalik qiyinchiliklar, istiroblar va achchiq haqiqatlar bolalikni yakunlaydiPORTRET VA PERSONAJ TASVIRIToxir Malikning “Alvido bolalik” asari zamonaviy mavzuda yozilgan bo’lib, unda ko’tarilgan muammo o’zining dolzarbligi bilan kitobxon e’tiborini tortadi. Asar qahramonlari – Asror, Qamariddin, Salim, Dilfuza, Sanjar kabi yoshlar. Ularning hayot yo’li, o’tmishi, voyaga yetgan muhiti, yashash tarzi, qiziqishlari, orzu-umidlari, dard-u armonlari turlicha. Biroq ularni birlashtirib turgan yagona narsa bor – bu ham bo’lsa hayotda kimdandir yoki nimadandir alamzadalik. Ana shi alamzadalik bu yoshlarning hayotini zaxarlashga, noto’g’ri qadam bosishlariga sabab bo’lgan birinchi omildir. To’g’ri, bu yoshlarning jinoyat yo’liga kirib qolishlariga sabab bo’lgan omillar juda ko’p. Ulardan yana biri loqaydlik, ha, aynan bola tarbiyasiga nisbatan oila, maktab, mahalla, umuman atrof-muhitning loqaydligidir. Muallif asar orqali hayotda tez-tez uchrab turadigan bu qaltis illatni nafaqat ko’rsatib beradi, balki bu illat yoshlar, qolaversa, millat kelajagi uchun xatarli ekanligi haqida bong uradi. Asror – maktabning bitiruvchi sinf o’quvchisi. Iqtidorli o’quvchi, otasining qistovi bilan matematika-fizika gimnaziyasidan maktabga o’tgan. Otasining otarchiligi, bu ishga o’g’lini ham majburan tortishi va eng yomoni buni farzandlari kelajagi uchun qilayotganini ta’kidlashi Asrorga og’ir botadi. Maktabdagi sharoit, oiladagi muhit uni Qamariddinga yaqinlashtiradi. Ushbu hol esa Asror uchun jinoyat olamiga darvozalarning ochilishiga olib keladi. Dilfuzaga munosabatida esa uning qalbida ezgulik , mehr, adolatga tashnalik kabi tuyg’ular borligini ko’rish mumkin. Qamariddin – qalbi ushalmagan orzu-armonlarga to’la, biroq bu orzularning ro’yobga chiqishida atrof-muhitning keskin qarshiligiga uchragan, adolatsiz jamiyatning ozorlaridan qalbi zada bo’lgan yigit. Hayot unga nisbatan tug’ilgandayoq adolatsizlik qilgadek, go’yo. Chunki, otasining tayini yo’q, onasi esa farzahd quvonchini hayot lazzatlariga almashtirgan. Adolatsiz jamiyat esa unga bir tashlandiq buyumdek munosabatda bo’lgan. Salim – ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan , ko’p bolali oilada dunyoga kelgan. Otasi ichuvchi, onsi turmush tashvishlari ostida ezilganligidan farzandlar tarbiyasi, yurish-turishi bilan ishi yo’q. Shunga qaramay Salim sport bilan shug’ullanib, yutuqlarga erishgan, biroq nazoratsizlik va muhtojlik uni jinoyat olamiga kirib qolishiga sabab bo’lgan.Download 14.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling