251
Bu koeffitsiyent o‘z kapitalining qancha qismi joriy faoliyatni
moliyalashtirishda foydalanilayotganligi
va qancha qismi kapitallash-
tirilganligini ko‘rsatadi. Uning 0,5 ga teng bo‘lgan darajasi optimal
hisoblanadi
Zarur bo‘lgan hollarda XYuS ning moliyaviy
barqarorligini xarak-
terlaydigan boshqa ko‘rsatkichlardan ham foydalanish mumkin.
XYuS moliyaviy barqarorligini oshirishning omillari quyi-
dagilardan iborat:
asosiy va aylanma mablag‘larning
mazmunini optimallashti-
rish: innovatsion texnologiyalar sotib olishni ko‘paytirish, tugallan-
magan ishlab chiqarishni qisqartirish, mahsulot tannarxini pasaytirish;
XYuS pul-hisob-kitob o‘zaro aloqalarining
samaradorligini
oshirish;
oqilona baho siyosati va foydani taqsimlashni optimallash-
tirish;
muvaffaqiyatli moliyaviy strategiyani amalga oshirishni, XYuS
ning sog‘lom (normal) ishini ta’minlovchi
moliyaviy resurslarni
shakllantirishning mumkin bo‘lgan variantlarini asoslash.
Do'stlaringiz bilan baham: