Tojiboyev abduxoliqning mavzusida tayyorlagan


Download 454.02 Kb.
Sana27.03.2023
Hajmi454.02 Kb.
#1300482
Bog'liq
Taqdimot tbt

TOJIBOYEV ABDUXOLIQNING <> mavzusida tayyorlagan

TAQDIMOT

Igna mexanizmi igna orqali gazlamani sanchib o‘tib, ustki ipni ostki ip bilan bog‘lanishi uchun yetkazib berish vazifasini bajaradi. Igna mexanizmlarining turlari 1.1-sxemada ko‘rsatilgan. Òikuvchilik mashinasozligida markazlashgan va markazlashmagan krivoshið shatunli igna mexanizmlari keng tarqalgan. Bu turdagi mexanizmlar asosan yuqori tezlikda ishlatiladigan tikuv mashinalarida qo‘llanilgan. Igna mexanizmlari igna harakati bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi:

– gazlama surilishiga yo‘nalishi bo‘yicha ko‘ndalang yoki bo‘ylama gorizontal tebranma harakatlanuvchi ignali; – yoysimon trayektoriya bo‘yicha harakatlanuvchi ignali. Moki mexanizmlari turlari 1.2-sxemada keltirilgan. Sxemadan ko‘rinib turibdiki, tebranma va aylanma harakatlanuvchi mokilar mavjud. Tebranma harakatli mokilarga (1.2-sxema) o‘ng va chap tomonga buralma harakatlanuvchi mokilar kiradi. O‘ng tomonga buralma harakatlanuvchi mokilarning ishchi harakati soat mili yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lsa, chap tomonga buralma harakatlanuvchi mokilarda, aksincha. Bosh valdan tebranma harakatlanuvchan mokiga uzatishlar soni 1:1 ga teng bo‘ladi.

Aylanma harakatlanuvchi mokilar asosan yuqori tezlikda ishlaydigan sanoat tikuv mashinalarida qo‘llanilgan. Aylanish o‘qlarida gorizontal va vertikal mokilar mavjud. «Nekki» (Italiya) firmasida ishlab chiqariladigan maishiy tikuv mashinalarida moki gorizontal tekislikka 45°C burchak ostida joylashgan. Bosh valdan moki valiga nisbatan uzatish soni 1:1 va 1:2 bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda uzatishlar soni 1:3 ga teng bo‘lgan moki konstruksiyalari ham uchraydi. Aylanma harakatlanuvchan mokilar tekis va notekis aylanuvchan bo‘lishi mumkin


Download 454.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling