Tojikiston fuqorolar urushi 1992
Download 418.02 Kb.
|
Tojikiston fuqarolar urushi 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Boʻlib tashla, xukmronlik qil!"
Sovetlar merosi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Har bir koloniya oʻzining sobiq boshqaruvchisidan yaxshi va yomon narsalarni meros qilib oladi. Shubha yoʻqki, Sovet boshqaruvi ostida Tojikiston jamiyati ijtimoiy va iqtisodiy tomondan oʻzining yuqori choʻqqisiga oʻrladi. Ayni hozirgi kundagi tojik jamiyatining siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatlari Sobiq Ittifoq davrida shakllangan edi. Kommunistlar tomonidan olib borilgan siyosat natijasida tojiklar oʻzlarining madaniy markazlari boʻlmish Samarqand va Buxorodan ajrab qoldilar, Tojikiston demografiyasi keskin oʻzgarishga uchradi, rus tili davlat hamda taʼlim tili sifatida millat ongiga majburlab tiqishtirildi. Kreml klanchilik koʻrinishiga ega milliy boshqaruv tizimini qoʻllab, milliy davlat qurishga boʻlgan har qanday intilishni yoʻqqa chiqardi. Tojik elitalari faqatgina Moskvadan kelgan buyruqlarni bajarishdan nariga oʻtmasdilar. Tojikiston davlatining ijtimoiy, iqtisodiy hayotdagi, boshqaruvchilik, maʼorifsohalaridagi siyosati toʻgʻridan toʻgʻri Kremldan nazorat qilinar va tojiklar faqatgina ijrochi vazifasini oʻtashardi. Xuddi shu sababli SSSR parchalanishi arafasida, Ittifoqning boshqa respublikalarida boʻlganidek, Tojikistonda birorta mustaqil fikrli, professional siyosatchi mavjud emasdi. Tajribali siyosatchi liderlar yetishmasligi fuqarolar urushining va undan keying fojealarning asosiy sabablaridan biriga aylanib qoldi. Region uzra nazoratni saqlab qolish maqsadida kommunistlar Britaniya Imperiyasi kabi "Boʻlib tashla, xukmronlik qil!" siyosatini qoʻllashdi va bu siyosatda ruslarning oʻzi muvozanatni saqlovchi rolini oʻtadi. Shu tariqa, shundoq ham tabiiy sabablar tufayli asrlar davomida alohidalikda yashab kelayotgan tojik millati aro mahalliychilik yanada avj oldi. Sovetlar taʼsiri ostida tarixchi va etnograf olimlar tojik millati azaldan mayda guruhlarga boʻlinib yashaganligi haqida asarlar yozdilar, bu asarlar maktablarda qoʻllanma sifatida oʻqitilib, yosh tojik avlodi ongiga mahalliychilik mafkurasi singdirib borildi. Bu koʻrinishdagi propogandalarning yirik namoyondalaridan biri tojik tarixchi olimi Bobojon Gʻofurov boʻlib, u tomonidan yozilgan „Tojik“ tarixiy kitoblar toʻplami 1960-yillarda maktablardagi standard qoʻllanma hisoblanardi. Bunday etnik kampaniya, albatta, sovet hokimiyati tomonidan ehtiyotkorlik bilan boshqarib borilardi. Milliy oʻzlikni anglashga boʻlgan har qanday urinish yoʻq qilinardi. „Milliy oʻzlikni anglash“ kampaniyasi bilan bir qatorda „ruslashtirish“ siyosati ham olib borildi: rus tili maktablarda asosiy oʻqitish tiliga aylantirildi, siyosiy hayotda norasmiy til darajasiga chiqdi. Mixail Gorbachevning oshkoralik siyosati tojik xalqining milliy oʻzligini anglash jarayoniga kuchli turtki berdi. Tojik intellegensiyasi oʻzlarini Eron va Afgʻonistondagi forslarga bogʻliqliklarini va tojik milliy mafkurasi Sovetlarnikidan ustunligini isbotlashga tushib ketishdi. Milliy-madaniy tashkilotlar oʻzlarining fors va musulmon oʻzliklarini tan oldirish uchun ateistik kommunistlar bilan jiddiy raqobatga kirishdilar. Biroq oʻzini boshqalardan ustun qoʻyish harakati aks taʼsir koʻrsatdi. Mamlakat hayoti deyarli Sovet Ittifoqi va qoʻshni davlatlarga qaram boʻlib, oʻzini qobiq ichiga oʻrab olgan tojiklarning rivojlanish uchun biror ish qilishlari amri mahol edi. Bu tez orada siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy boʻhronga olib keldi hamda tojik qavmlariaro ziddiyatlarga sabab boʻldi. Qoʻshimcha ravishda BMT Bosh Kotibining 1993-yildagi hisobotida shunday deyilgan edi: "Tojikiston inqirozi nazorat etilmaydigan qurollar tufayli ham avj olmoqda. Afgʻonistondan Tojikiston orqali chiqib ketgan Sobiq Ittifoq qoʻshinlari tomonidan mamlakatda katta miqdorda qurol qoldirib ketilgan. Bundan tashqari Sovet Ittifoqi parchalangandan soʻng qarovsiz qolgan 1,387 kmli Tojik-Afgʻon chegarasidan ham noqonuniy qurollar kirishi ortib bormoqda." Shunga ahamiyat berish kerakki, fuqarolar urushi davridagi qurollar tomonlarga sotilmagan, balki Saudiya Arabistoni, AQSH va Eron homiyligida Afgʻoniston orqali Pokistondan olib kelinib, tarqatilgan. Download 418.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling