Tok generatorlari ikki XIL bo’ladi


Generator quyidagicha ishlaydi


Download 458.54 Kb.
bet3/4
Sana31.03.2023
Hajmi458.54 Kb.
#1312010
1   2   3   4
Bog'liq
Tok generatorlari

Generator quyidagicha ishlaydi. Elektromagnit uyg'otish prinsipiga asoslangan o'zgaruchan tok generatorlari o'z-o'zini uyg'otish xususiyatiga ega emas. Bunday generatorlar ishga tushirish uchun dastlabki daqiqalarda uning uyg'otish chulg'amiga akkumulatordan cho'tka va mis halqalar orqali tok beriladi. Uyg'otish chulg'amidan o'tayotgan tok ta'sirida uning atrofida magnit oqimi hosil bo'ladi . Magnit oqimining asosiy qismi rotorning tumshuqsimon o'zagining birinchi bo'lagi  orqali havoli tirqishni kesib, stator tishchalari va o'zagiga o'tadi, so'ngra havoli tirqishni yana bir bor kesib, rotoning tumshuqsimon o'zagining qarama-qarshi qutblangan ikkinchi bo'lagi ga o'tib, uyg'otish chulg'ami vtulkasi orqali tutashadi. Magnit oqimining qolgan qismi o'zakdan tashqariga taralib ketadi.

Generatorlar ishlash rejimiga ko’ra 2 turga bo’linadi:

Generatorlar ishlash rejimiga ko’ra 2 turga bo’linadi:

Sinxron generator (yun. synchrenos — bir vaqtli va generator) — generator rejimida ishlaydigan oʻzgaruvchan tok elektr mashinasi; sinxron mashina. Odatda, sinxron mashina 3 fazali (generator, dvigatel, kompensator) boʻladi. Sanoat chastotali tok hosil kilish uchun rotorlari bugʻ turbinalari (turbogeneratorlar) yoki suv turbinalari (gidrogeneratorlar) bilan harakatlantiriladigan Sinxron generatorlar keng ishlatiladi. Shuningdek, gaz turbinasi, ichki ye’nuv dvigateli, elektr dvigatellaridan harakatlanadigan Sinxron generatorlar ham bor. Sinxron generatorlar rotorining chulgʻamlari alohida generator yoki toʻgʻrilagichdan oʻzgarmas tok bilan taʼminlanadi. Rotor aylanganda uning magnit maydoni statorda oʻzgaruvchan elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.) hosil qiladi. Sinxron generator qiymati rotor chulg’amidagi tokni oʻzgartirish yoʻli bilan rostlanadi. Sinxron generatorlardan oʻzgarmas chastotali oʻzgaruvchan tok manbai sifatida foydalaniladi; ular elektr stansiyalari, elektr qurilmalari va boshqalarga oʻrnatiladi.


Download 458.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling