Tok va kuchlanish transformatorlari


Transformatorlarga qo‘yiladigan asosiy talablar, ularni manbaga ulash


Download 31.1 Kb.
bet3/9
Sana15.11.2023
Hajmi31.1 Kb.
#1774797
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tok va kuchlanish transformatorlari-fayllar.org

Transformatorlarga qo‘yiladigan asosiy talablar, ularni manbaga ulash

Transformatorsozlik zavodlarida ishlab chiqarilayotgan transformatorlar Davlat standartlarida ko‘rsatilgan talablarga javob berishi shart:


Davlat standartlarida transformatorlarni ishlab chiqarishda va foydalanishda ko‘rsatiladigan asosiy talablar keltirilgan, bu talablar transformatorning quvvatini kuch-lanishining ortishi bilan o‘zgarib borishini ko‘rsatadi.
Davlat standartida shuningdek transformatorlarni sinashda qo‘yiladigan asosiy talablar ham ko‘rsatilgan.
Transformatorlarni chulg‘amlarini tekshirishda qo‘yila-digan talablar va transformatorni yuklanish imkoniyatlarini aniqlash tartibi Davlat standartida ko‘rsatilgan.
Transformatorlarni manbaga ulash uchun kerakli ulash va himoyalash apparatlari tanlanadi. Bu elementlarni tanlashda transformatorlarni qanday rejimda manbaga ulanishini va ish rejimini hisobga olinadi. Ulanish toklari ortib ketgan holatda releli himoya sxemalari uni manbadan ajratib qo‘ymasligi kabi masalalarni hisobga olinishi shart. Tanlangan apparatlar albatta transformatorlarda to‘satdan bo‘lib o‘tadigan qisqa tutashuv rejimlarida hosil bo‘ladigan qisqa tutashuv tokining zarbdor qiymatini hisobga olgan holda sozlangan bo‘lishlari shart.

Uzgarmas tok mashinalarining tuzilishi va ishlash prinsipi, magnit zanjirini xisoblash.

Uzgarmas tok mashinalarining qo‘llanilishi.

Elektr mashinalar yordamida mexanik energiyani elektr energiyasiga va aksincha elektr energiyani mexanik energiyaga shuningdek, elektr energiyani bir turdan ikkinchi turga aylantirish mumkin. Mexanik energiyani elektr energiyaga o‘zgartirish maqsadida elektr generatorlardan foydalaniladi. Generatorlarni bug‘, gidravlik va gaz turbinalar, ichki yonar dvigatellar va boshqa dvigatellar yordamida harakatga keltiriladi. Ko‘pincha elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiya yana turli mashina va mexanizmlarni harakatga keltirish uchun mexanik energiyaga aylantiriladi. Bunday maqsadlarda elektr dvigatellardan foydalaniladi.


Tokning turiga asosan elektr mashinalar o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok mashinalariga bo‘linadi. Elektr mashinalar vattning juda kichik qiymatidan million kilovattgacha va undan yuqori quvvatlarda tayyorlanadi. Ko‘p qo‘llaniladigan elektr mashinlarda energiyaning o‘zgarishi magnit maydon taosirida bo‘ladi. Shuning uchun ularni induktiv elektr mashinalar deyiladi. Shuningdek, energiyani elektr maydon taosirida ham o‘zgartirish mumkin, bunday elektr mashinalarini sig‘imli elektr mashinalar deyiladi, lekin bunday mashinalar ko‘p tarqalmagan. Magnit maydon yordamida elektr maydonga nisbatan ming martagacha katta energiya hosil qilinishi mumkin. Bir xil o‘lchamli induktiv va sig‘imli elektr mashinalaridan induktiv mashinalar yordamida ancha katta quvvatga erishish mumkin. Elektr mashinaning asosiy elementi bo‘lib hisoblangan ferromagnit o‘zaklar yordamida kuchli magnit maydon hosil qilish mumkin. Uzgaruvchan magnit maydonlarda uyurma toklarini kamaytirish maqsadida magnit o‘zaklar yupqa elektrotexnik po‘lat tunukalardan tayyorlanadi. Elektr mashinalarining chulg‘amlari ham asosiy elementlardan hisoblanib, mis, alyuminiy va ularning qotishmalaridan iborat bo‘lgan elektrotexnik materiallardan tayyorlanadi. Chulg‘amlarni himoyalash maqsadida, turli elektr himoyalash materiallardan foydalaniladi. Elektr mashinalar generator va dvigatel rejimida qo‘llanilishi mumkin. Elektr mashinalarida energiyaning o‘zgarishi quvvat isroflari bilan bog‘liq, shuning uchun elektr mashinalarining foydali ish koeffitsiyentlari 100% dan kichik bo‘ladi. Katta quvvatli elektr mashinalarining FIK i 98 ¸ 99.5% ga teng bo‘lib, quvvati 10 Vt gacha bo‘lgan elektr mashinalariniki 20 ¸ 40 % gacha bo‘ladi.

Download 31.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling