Toksikologiya asoslari doc


Zaharlovchi moddalarning toksikologik ta`siri


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/42
Sana01.11.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1737725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

Zaharlovchi moddalarning toksikologik ta`siri. Sintez qilingan har bir 
zaharlovchi moddaning samaraliligi avvalo toksikologik laboratoriyalarda tajriba 
tariqasida hayvonlarda tekshirib ko’riladi. Faqat hayvonlarda yuqori zamonaviy 
tekshirishlarga asoslanib o’tkazilgan patofiziologik.biokimyoviy ,morfologik klinik 
www.ziyouz.com kutubxonasi



va boshqa tajribalar asosida zaharlovchi moddalarning ta`sir qilish mexanizmini
zaharlanishning 
patogenezini, 
ziddi-zaharlar 
bilan 
davolash 
yo’llarini 
va 
zaharlanishni oldini olish masalalarini o’rganib chiqadi. Bundan tashqari, bu 
tajribalarda moddaning hayvonlarga ko’rsatadigan maxalliy va umumiy ta`siri, nafas 
yo’llari, me`da-ichak yo’li, shikast etmagan teri va shilliq pardalar orqali yaxshi 
so’rilish-so’rilmasligi aniqlanadi va shu tariqa uning qay darajada zaharliligi 
belgilanadi. 
Zaharlovchi moddalar shunday kimyoviy birikmaki, ular atmosferada turli 
agregat holatida (bug`, gaz, aerozol, suyuq, tomchi sifatida) bo’lib, tushgan joyida 
odamlar va hayvonlarni qobiliyatiga ega bo’ladi.
Za har deb biror yo’l bilan kam miqdorda bo’lsada organizmga tushgan va 
uning normal faoliyatini izdan chiqaradigan yoki o’ldiradigan yuqori toksik 
moddalarga aytiladi. 
Zaharlanish organizmga zaharli modda ta`siri natijasida undagi normal 
fiziologik jarayonlarning buzilib qolishidir. Organizmning zaharlanishi unga tushgan 
zaharli moddaning miqdoriga, organizmning umumiy holati hamda zaharning 
organizmga qaysi yo’l bilan tushganiga bog`liq 
Z a h a r l i l i k ya`ni t o k s i k l i k deb, kimyoviy zaharlovchi moddalarning 
organizm hayot faoliyatini izdan chiqarib, zaharlay olishiga aytiladi. Zaharli 
moddaning zaharliligi ularning fizik va kimyovny xossalariga va to’zilishiga bog`liq 
Zaharlar ta`sirini belgilab beradigan asosiy omillardan biri ularning qanday 
miqdor yoki kontsentratsiyada organizmga ta`sir ko’rsatishidir. Zahar degan 
tushunchaning o’zi ham hamisha moddaning miqdori, kontsentratsiyasi bnlan 
bog`langan 
Miqdor deb, zaharli moddaning ma`lum og`irlik birliklarida ifoda qilinadigan 
miqdoriga aytiladi va mg/kg bilai ifodalanadi. 
Zaharlovchi moddaning kontsentratsiyasi deb biror hajm birligidagi 
mikdoriga aytiladi. Kontsentratsiya — litr (mg/l), (g/l), (g/m ) gramm yoki 
milligrammlarda ifodalanadi. Suvning va havoning qay darajada zararlanganligi shu 
tarifda belgilanadi. 
Zaharlovchi moddaning maydon birligiga to’g`ri keladigan miqdori zaharlanish 
tig`izligi deb ataladi. Bir metr kvadratdagi zaharlovchi modda grammlar bilan 
ifodalanadi (g/m ). Joylar, yo’llar va texnika buyumlarining zaharlanish darajasi ana 
shunday ifodalanadi. 
Toksikologiyada zaharlovchi moddalarning zaharlilik darajasini belgilash 
uchun quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: 
yo’l qo’ysa bo’ladigan kontsentratsiyasi va miqdori — bunda 
zaharlovchi modda uzoq muddat ichida ta`sir qilsa ham kishi organizmida hech 
qanday o’zgarish yuzaga kelmaydi; 
— bo’sag`a miqdori yoki kontsentratsiyasi — bunda engil darajadagi klinik 
alomatlar paydo bo’ladi, ish qobiliyati pasayib ketadi

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling