Toksikologiya asoslari doc
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)
5-BOB KIMYOVIY ZARARLANISH O’CHOQLARINING TIBBIY-TAKTIK TAVSIFI Harbiy-taktik tasnifi. Bunda zaharlovchi moddalar ta`sir qilish xususiyatiga va natijasiga qarab ikki guruhga bo’linadi: — o’ldiruvchi zaharlovchi moddalar (nervlarni falajlovchi, terida yara paydo qiluvchi, umumiy zaharlovchi va bo’g`uvchi ta`sirga ega bo’lgan zaharlovchi moddalar); — vaqtincha safdan chiqaruvchi zaharlovchi moddalar qo’llanilganda harbiy qo’shinlarning ish faoliyati vaqtincha izdan chiqadi va jangovarlik faoliyati pasayadi (psixokimyoviy va ta`sirlash xususiyatiga ega bo’lgan zaharlovchi moddalar). Zaharlovchi moddalar zararli xususiyatiga qarab ikki asosiy guruhga bo’linadi: www.ziyouz.com kutubxonasi 35 — zararlanishning klinik manzarasini tez yuzaga chiqaruvchi zaharlovchi moddalar; — zararlanishning klinik manzarasini sekin rivojlantiruvchi zaharlovchi moddalar. Tez ta`sir qiladigan zaharlovchi moddalarga: zarin, zoman. V- gazlari, tsianid kislota, xlortsian, shuningdek kuz va yuqori nafas yo’llari shilliq pardasini ta`sirlovchi zaharlovchi moddalar kiradi. Bu moddalar organizmga ta`sir qilganda zararlanish manzarasi bir necha daqiqa ichida rivojlanib (fosfororganik zaharlovchi moddalar, tsianid kislota) 1-10 daqiqa ichida o’lim ro’y beradi. Sekin ta`sir qiladigan zaharlovchi moddalarga ipritlar va fosgenlar kiradi. V- gazlari teriga ta`sir qilganda klinik alomatlari sekin rivojlanadi. Bu moddalar organizmga ta`sir qilganda zararlanish alomatlari mutlaqo yuzaga chismasdan yashirin davr kuzatilishi mumkin. Bu davr bir necha daqiqadan (V- gazlari) bir necha soatgacha (iprit, fosgen) cho’zilishi mumkin. Kimyoviy qurol qollanilgan rayonda kimyoviy moddalardan zaharlanish o’chog`i hosil bo’ladi, uning kattaligi ishlatilgan zaharlovchi modda miqdoriga, uning turiga, ishlatish usuliga hamda ob-havo sharoitlariga bog`lik bo’ladi. Zaharlovchi moddalar o’zining zaharlash xususiyatini qancha vaqt saqlay olishiga qarab chidamli va chidamsiz zaharlovchi zaharlovchi moddalarga ajratiladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling