Toksikologiya asoslari doc
Ta`sir mexanizmi va zaharlanish patogenezi
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)
Ta`sir mexanizmi va zaharlanish patogenezi. Uglerod oksid asosan nafas
yo’llari orqali organizmga tushadi. O’pka alveolalari yuzasining haddan tashqari katta bo’lishi, o’pka to’qimasida limfa va qon tomirlari ko’pligi tufayli nafasga olingan havo bilan kirgan gazlar alveolalarda tezda so’rilib, organizm zaharlanib kolishiga sabab bo’ladi. Uning zaharli ta`siri shunga bog`liqki, oksigemoglobinning ikki valentli temiri tiklangan gemoglobin bilan osonlikcha birikadi va karboksigemoglobinni hosil qiladi; Karboksigemoglobin kislorodni o’ziga biriktirish xususiyatiga ega emas, shuning uchun organizmda gemoglobin kislorod tashish vazifasini bajara olmaydi. Qonda kislorod miqdori keskin kamayib ketadi. natijada organizmda gemik gipoksiya rivojlanadi. Uglerod oksididan zaharlanish va gipoksiya dolatining og`ir kechishi qoi tarkibidagi karboksigemoglobin miqdoriga bog`liq bo’ladi; 20—30% NSO — zaharlanishning engil darajasini keltirib chiqaradi; 30—35% NSO—zaharlanishning urta darajasini chaqiradi; 35—50% NSO da — zaharlanishning og`ir darajasi rivojlanadi; 50—60% NSO—talvasalar, koma holatini keltirib chio’aradi; 70—80% NSO da — o’lim sodir bo’ladi. www.ziyouz.com kutubxonasi 32 Organizmga uglerod oksidi tushishi to’xtasa qon tarkibidagi karboksigemoglobin asta-sekin parchalana boshlaydi va o’pka orqali uglerod oksidi tashqariga chiqadi. Agar kislorod organizmga bosim ostida kiritilsa, karboksigemoglobinning parchalanishi tezlashadi. Bunda kislorod raqobat yo’li bilan uglerod oksidini gemoglobindan ajrata boshlaydi. SHuni e`tiborga olish kerakki, qon tarkibidagi karboksigemoglobin oksigemoglobin dissotsiatsiyasini (parchalanishini) kamaytirib yuboradi, buning natijasida to’qimalarga kislorod tashilishi qiyinlashadi va gipoksiya holati yanada kuchayadi (Xolden effekti). Ushbu qonuniy hodisani Xolden 1895 yili sichqonlarda o’tkazgan tajribalarda aniqlagan. Kislorod karboksigemoglobinning parchalanishini tezlashtirgani va Xolden effektini kamaytirgani uchun ham uni uglerod oksidining ziddi-zahari deb hisoblash mumkin. Karboksigemoglobinning organizmda tezda parchalanib ketishi va uglerod oksidi tashqariga chiqib ketishi kislorod yuqori bosim ostida berilganda (giperbarik oksigenoterapiya) tezlashadi.Qon tarkibida karbonat angidrid bo’lishi alohida ahamiyatga ega. agar qon tarkibida karbonat angidridning portsial bosimi oshirilsa, karboksigemoglobinning parchalanishi ortib ketadi, Xolden effekti kamayadi. Bunda kislorod-gemoglobin bog`lanishi kamayganligi sababli to’qimalarga kislorod tashilishi osonlashadi. Kislorod bilan karbonat angidrid aralashmasi karbogen deb nomlanadi. bu aralashma nafas markazini Kuzgatish xususiyatiga ega, nafas olishni tezlashtiradi, uglerod oksidining organizmdan chiqib ketishiga sharoit yaratadi. Karbogen bilan nafas oldirish uglerod oksidi bilan zararlanishning og`ir darajasida buyuriladi. Keyingi vaqtlarda ko’pgina tadqiqotchilarning aniqlashicha, uglerod oksidi organizmga tushganida gemin fermentlari bilan reaktsiyaga kirishib, ularning faoliyatini susaytirib qo’yadi. Masalan, tsitoxromoksidaza fermenti (tsitoxromaz) bilan birikishi tufayli to’qimalarning nafas olishi yomonlashadi. Katalaza fermentining ish faoliyati buzilishi sababli organizmda ko’p miqdorda toksik vodorod peroksidi hosil bo’ladi, eritrotsitlar gemolizi tufayli qon tarkibida gemoglobin miqdori keskin kamayib ketadi, jigardagi tsitoxrom R-450 bilan birikib. jigarning zaharsizlantirish xususiyati keskin kamayib ketadi, adenozintrifosfataza fermenti faolligi pasayib ketganligi sababli oksidlanish-fosforlanish reaktsiyasi susayadi» natijada to’qimalarda ATF kamayib ketadi. SHunday qilib, organizmda paydo bo’lgan gemik gipoksiya holatiga gipoksiyaning boshqa turlari qo’shiladi. Mushaklar tarkibidagi mioglobin (mushaklar pigmenti) organizmda kislorod deposi bo’lib hisoblanadi, u jismoniy ish bajarilganda mushaklarni energiya bilan ta`minlaydi. Uglerod oksidining mioglobin bilan birikishi xuddi gemoglobinni uglerod oksidi bilan birikishiga o’xshaydi, bunda karboksimioglobin birikmasi hosil bo’ladi. Natijada ish bajaradigan mushaklarning kislorod bilan ta`minlanishi buziladi. Kishining holsiz bo’lishi, kuch-kuvvati yo’qolishi, uglerod oksidi bilan zaharlanganda kelib chiqadigan klinik simptomlar yuqorida ko’rsatilgan o’zgarishlarga sababchi bo’ladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling