Toksikologiya asoslari doc
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metgemoglobin hosil qnluvchi ziddi-zaharlarga
Davosi. Kimyoviy zararlanish o’chog`ida tsianid kislota va uning
birikmalaridan o’tkir zaharlanish ro’y bergan vaqtda zaharlangan kishilar shu zararlangan atmosferadan tezlik bilan olib chikib ketilishi kerak.O’tkir zaharlanish simptomlari namoyon bo’lishiga qarab quyidagi shoshilinch tibbiy yordam tadbirlari o’tkaziladi: — ziddi-zaharlarni qo’llash orqali organizmga tushgan zaharli moddani zararsiz holga keltirish; — organizmdagi zaharni zudlik bilan tashqariga chiqarish; — kerak bo’lgan vaqtda sun`iy nafas oldirish ishlari o’tkaziladi; — organizmning asosiy hayotiy muhim a`zolarini quvvatlab turish uchun dori- darmonlar yuborib turiladi. Hozirgi vaqtda ko’pdan-ko’p tekshirishlar va tajribalar o’tkazish natijasida tsianid kislotaning organizmga ta`sir qilish mexanizmi ancha yaxshi o’rganilgan, shu asosda uning ziddi-zaharlari ham sintez qilingan. TSianid kislotaning organizmga ta`sir qilish mexanizmi (asosan barcha sintez qilingan ziddi-zaharlar) ikki guruhga bo’linadi: — metgemoglobin hosil kiluvchi ziddi-zaharlar; — tsian guruhini o’ziga biriktirib oluvchi ziddi-zaharlar. Metgemoglobin hosil qnluvchi ziddi-zaharlarga amilnitrit, natriy nitrit, 4- dimetilaminofenol va antitsianlar kiradi. Qon tarkibidagi oksigemoglobin va tiklangan gemoglobin tarkibiga ikki valentli temir moddasi kiradi. TSianidlar ikki valentli temir bilan bog`lanish xususiyatiga ega emas. Qon tarkibiga kiruvchi gemin pigmentlarda metgemoglobin bo’ladi, gem tarkibida uch valentli temir ioni bo’ladi. www.ziyouz.com kutubxonasi 28 Agar qon tarkibidagi uch valentli temir ioni miqdorini oshirishga erishilsa to’qimalardagi tsitoxromoksidazalar tomon oqib ketayotgan tsianidlarni qon tomirlarida bog`lashga erishilgan bo’ladi. Azot kislota efirlari (nitritlar) va tuzlari kuchli metgemoglobin hosil qilish xususiyatiga ega ekanligi aniqlangan. Bu moddalar organizmga yuborilganda gemoglobinniig bir qismi metgemoglobinga aylanadi. Buning natijasida qon tarkibida hosil bo’lgan metgemoglobin tsianidlar bilan reaktsiyaga kirishadi va tsianmetgemoglobinni hosil qiladi: Qon tarkibidagi metgemoglobin yuqori kontsentratsiyaga etganda qon plazmasida erigan zaharlovchi moddalarni bog`lab qolmasdai, u tsitoxromoksidaza fermenti bilan bog`langan zaharlovchi moddalar bilan reaktsiyaga kirishadi. Buning natijasida ferment faolligini tiklashga sharoit yaratiladi, to’qimalarning nafas olishi yaxshilanadi. SHuni esda tutish kerakki, metgemoglobin bilan reaktsiyaga kirishgan tsianid kislota birikmasi — tsianmetgemoglobin qaytarilish reaktsiyasi xususiyatiga ega, ya`ni birmuncha vaqt o’tishi bilan tsianmetgemoglobin tsianid kislota hosil qilib parchalanadi. Buning oldini olish uchun davolash vaqtida boshqa ziddi-zaharlarni ham qo’llash tavsiya etiladi. Qon tarkibida hosil bo’lgan metgemoglobin kislorod tashish xossasiga ega emas, agar uning qondagi miqdori oshib ketsa, organizmda gemik gipoksiya rivojlanadi. SHuning uchun davolash ishlari o’tkazilayotgan vaqtda qon tarkibidagi metgemoglobin miqdorini 30% dan oshirib yubormaslikka harakat qilish kerak Bundan tashqari, metgemoglobin qon tomirlariga kengaytiruvchi ta`sir ko’rsatadi va natijada kollaps holati rivojlanishi mumkin. SHu sababli nitrobirikmalarni dala sharoitida qo’llash maqsadga muvofik emas. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling