Toksikomaniya


Download 26.16 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi26.16 Kb.
#267221
Bog'liq
Документ (3)


TOKSIKOMANIYA

Toksikomaniya haqida umumiy tushuncha. Toksikomaniya yunoncha «toksikon»-zaharli, «maniya»-aqldan ozish, ruhiyatning buzilishi, jinni bo`lish ma‘nosini anglatadi. Umumlashtirib aytganda toksikomaniya turli xil zaharli moddalarni qabul qilishga o`rganib qolish natijasida ruhiyatning buzilishi bilan xarakterlanadigan kasallikdir. Toksikomaniya atamasi asosan tibbiyot va sotsiologiya fanlarida qo`llaniladi, yurisprudensiyada esa toksikomaniya narkomaniya (giyohvandlik)ga kiritilgan. Demak, toksikomaniya giyohvandlikning bir turi hisoblanadi.

Turli xil kimyoviy moddalar ta‘siriga odam organizmining o`rganib qolishi va toksikomaniya kasalligini vujudga kelish muddati 1-2 haftadan 1-1,5 oygacha bo`lishi mumkin. Bu muddatning qisqa yoki uzoq bo`lishi odam organizmining individual xususiyati va qo`llangan kimyoviy moddaning turiga bog`liq.

TOKSIKOMANIYADA QO’LLANILADIGAN KIMYOVIY MODDALAR.

1.Benzin, kerosin, solyarka -hidlanadi.

2.Bo`yoqlar, laklar, alif-hidlanadi.

3. Kley «moment»-hidlanadi.

4. Efir-hidlanadi.

5. Uxlatuvchi, tinchlantiruvchi dori moddalar : fenobarbital (lyuminal), barbamil, veronal, amital- natriy va boshqalar – og`iz orqali qabul qilinadi.

6. Qo`zg`atuvchi dori moddalar: kofein, nikotin va boshqalar – og`iz orqali qabul qilinadi.

7. Kiyim va matolardagi dog`larni tozalaydigan kimyoviy aralashmalar—hidlanadi.

TOKSIKOMANIYANING BELGILARI.

Toksikomaniya kasalligiga uchragan odam zaharli kimyoviy moddani qabul qilgan paytda u kayf qiladi. Kayf qilish muddati 3-5 soat davom etadi. Kayf vaqtida eyfornya, ya‘ni kayfiyatning vaqtincha yaxshilanish holati yuzaga keladi. U kuladi, ko`p gapiradi, o`ynaydi.

Ta‘kidlash lozimki, toksikomaniya kasalligini vujudga keltiradigan kimyoviy moddalarning hammasi ham odam ruhiyatiga ta‘sir qilib, kayfiyatni vaqtincha ko`tarishi bilan birgalikda odamning es-hushini, fikrlash qobiliyatini pasayishiga olib keladi. Kimyoviy modda ta‘sirida yuzaga keladigan eyforiya, ya‘ni kayfiyatiing ko`tarilish holati 1-2 soat o`tgandan keyin kayfiyatning yomonlashuvi bilan almashadi. Bunda toksikoman odam g`azablanadi, jahli chiqadi, atrofdagilarga qo`pol muomala qiladi, urushish, mushtlashishdan ham qaytmaydi. Uning ko`ziga qo`rqinchli narsalar ko`rinadi (ko`rish gallyutsinatsiyasi), qulo-giga qo`rqinchli narsalar eshitiladi (eshitish gallyutsinatsiyasi). Bemorning ruhiyati buzilishi tufayli bu payt u atrofdagi boshqa odamlar bilan oqilona muomala qilish qobiliyatini yo`qotadi. Uning hayoli bir tiklanadi, bir buziladi, ya‘ni jinniga o`xshab qoladi.

TOKSIKOMANIYA KASALLIGINING KECHISH DAVRLARI.

Toksikomaniya kasalligi ham giyohvandlikka o`xshab 3 davrda kechadi.



  1. Kimyoviy modda ta‘siriga odam organizmi reaktivligining oshishi;



  1. Kimyoviy moddaga nisbatan odamda ruhiy qaramlik yoki mu‘telikning vujudga kelishi.



  1. Kimyoviy moddaga nisbatan odamda ruhiy qaramlik (mu`telik) bilan birgalikda jismoniy mu‘telikning vujudga kelishi.

Birinchi davr – odam organizmining kimyoviy modda ta‘siriga reaktivligining oshishi ya‘ni moslashishi bilan xarakterlanadi. Toksikomaniya kasalligining boshida odam kimyoviy modda qabul qilgan paytida kayfiyatning oshishiga mahliyo bo`lib, yaxshi dam olgandek, hordiq chiqargandek bo`ladi. Shuning uchun kundan-kunga toksikoman odamning kimyoviy moddaga nisbatan moslashuvi oshib boradi. U har kuni belgilangan vaqtda mazkur moddani qabul qilishga intiladi.

Ikkinchi davr – kimyoviy moddaga nisbatan bemorda ruhiy mu‘telikning`ging vujudga kelishi bilan xarakterlanadi. Toksikomaniya kasalligiga duchor bo`lgan odam kimyoviy moddani qabul qilgan paytda uning kayfiyati vaqtincha (1-2 soatga) yaxshilanadi. Kimyoviy moddani qabul qilish muddati belgilangan vaqtiga nisbatan kechiksa bemorning kayfiyati yomonlashadi, dunyo uning ko`ziga torayib ko`rinadi, jahli chiqadi, atrofdagi odamlarga qo`pol muomala qiladi, janjallashadi. Kimyoviy moddani qabul qilishi bilanoq bemorning kayfiyati yaxshilanadi. U kimyoviy moddani o`z vaqtida qabul qilish uchun barcha imkoniyatlarini safarbar qiladi. Uning xotirasi, fikrlash qobiliyati pasayadi, aqliy mehnatga yaroqsiz bo`lib qoladi. U hech napsaga qiziqmaydi, hayoli kimyoviy moddani topish va qabul qilish bilan band bo`ladi. Lekin kasallikning ikkinchi davrida zarur chora-tadbirlar qo`llansa bemor tuzalishi va ish qobiliyati tiklanishi mumkin.

Uchinchi davr – kimyoviy moddaga nisbatan bemorda nafaqat ruhiy, balki, jismoniy mu‘telikning ham vujudga kelishi bilan xarakterlanadi. Bu davoda toksikomaniya ruhiyatining buzilishi cho`qqisiga chiqadi. Shuning bilan birgalikda uning hayotiy muhim bo`lgan yurak, o`pka, jigar, buyrak kabi a`zolarining zaharlanishi tufayli, ularning funksiyasi buziladi. Natijada bemor ozroq harakat qilsa, jismoniy ish bajarsa nafasi qisadi, yuragi o`ynaydi, jigar sohasida (o`ng qovurg`a ostida) og`riq paydo bo`ladi. U ham aqliy, ham jismoniy ish qobiliyatini butunlay yuqotadi. Natijada nogironga aylanadi. Kimyoviy modda qabul qilmasa tura olmaydi. Bu moddani qabul qilgan sari tanasining zaharlanishi chuqurlashaveradi. Uchinchi davrda bemorni davolash qiyin, u to`liq tuzalmaydi, oqibatda hayotdan ko`z yumadi.

TOKSIKOMAN BEMORDA ABSTINENSIYA HOLATI.

Turli xil kimyoviy moddalarni qabul qilish natijasida toksikomaniya kasalligiga duchor bo`lgan bemor o`zi o`rganib qolgan kimyoviy moddani qabul qilishni to`xtatib qo`ysa, birinchi kunning oxiriga borib unda abstinensiya holati yuzaga keladi. Bu holat bemor hayoti uchun xavf tug`diradi. Bemorning jag`, qo`l-oyoq muskullari tirishadi, lablari ko`karadi. Abstinensiyaning 3-4 kunlari bemorning ahvoli juda og`irlashadi. U tanasining hamma joyidagi kuchli og`riqqa chiday olmay baqiradi, yig`laydi, kimyoviy modda berishni surab yalinadi, janjal qiladi, ko`chaga chiqib qochishga harakat qiladi, bemorni sinchkovlik bilan tekshirganimizda uning barmoqlari, tili, boshi qaltiraganini aniqlash mumkin.

Agar bemor yuqoridagi noxush belgilarga bardosh bersa ya‘ni kimyoviy moddani qabul qilmasa abstinensiya holatining belgilari 8-10 kundan keyin kamayadi va bemor o`zini yaxshi his qila boshlaydi, ya‘ni u sog`ayadi.

TOKSIKOMANIYANING OQIBATI.

Kimyoviy moddalarni qabul qilish tufayli yuzaga kelgan toksikomaniya kasalligi yillar o`tishi bilan chuqurlasha boradi. Kimyoviy moddaning uzoq muddatli ta‘siri natijasida bemor organizmi zaharlanadi. Eng` avvalo bosh miya asab hujayralari, so`ngra yurak muskuli, o`pka, jigar, buyrak to`qimalari zaharlanadi.

Odam organizmining surunkali zaharlanishi oqibatida avvalo bemorning ruhiyati buziladi. U aqliy mehnat qilishni, fikrlash qobiliyatini yo`qotadi. Bemor o`zining ota-onasi, oilasi, aka-ukalari, bolalariga befarq, mehr-oqibatsiz bo`lib qoladi. O`qishga, ishga qiziqmaydi, doim qovog`i uyulgan, xafa, kayfiyati buzilgan, atrofdag`ilardan o`zini chetga oladi. Boshqalar bilan muomala qila olmaydi, tez urushib qoladi.

Bemor ruhiyatining buzilishi bilan birgalikda asta-sekin unda jismoniy xastalanish belgilari ham ortib boradi. Kamqonlik tufayli terisi oqimtir-sarg`ish rangda bo`ladi, ko`zining oq pardasi sarg`ayadi, yuzida tirishishlar paydo bo`lib, bemor yoshiga nisbatan vaqtidan ilgari qariydi. Uning tirnoqlari va sochi rangsizlanib, sinuvchan bo`lib qoladi. Bemor ozroq harakat qilsa, yuragi o`ynaydi, nafasi qisadi, jig`ar sohasida og`riq paydo bo`ladi.

Shunday qilib, toksikomaniya kasalligiga duchor bo`lgan odam organizmi kimyoviy modda ta‘sirida surunkali zaharlanishi tufayli ruhiy va jismoniy jihatdan nogironga aylanadi.

TOKSIKOMANNI DAVOLASH.

Toksikomanni, ya‘ni toksikomaniya kasalligiga duchor bo`lgan odamni davolash 3 davrda olib boriladi.

Davolashning birinchi davrida qabul qiladigan kimyoviy moddani berish to`xtatiladi: Kimyoviy moddani qabul qilish to`xtashi bilanoq, o`sha kunning oxiri va ertasi kuni bemorda yuzaga keladigan abstinensiya holatini sekinllashtirish va bemorning ahvolini yaxshilash uchun reopoliglyukin, gemodez kabi dorilar bemorning vena tomiriga tomchi usulida yuboriladi. Shuningdek, bemor ruhiyatni tinchlantiruvchi, yurak qon-tomir faoliyatini yaxshilovchi dorilar qo`llanadi. Birinchi davrda, abstinentsiya holatidagi bemorning ruhiyati o`ta buzilgach, u qo`zg`algan bo`ladi. Kimyoviy moddaning xumori tutadi. U atrobdagilardan kimyoviy modda berishni so`raydi, yalinadi, baqiradi, yig`laydi, ko`chaga chiqib, kimyoviy modda topishga va uni qabul qilishga harakat qiladi. Shuning uchun bemorni doimiy ravishda nazorat qilish kerak. Bemorning bardoshi va davolash tadbirlari natijasida 8-10 kundan keyin abstinensiya holatining belgilari kamayib, ahvoli yaxshilanadi.

Davolashning ikkinchi davri abstinentsiya holatining belgilari yo`qolgandan so`ng boshlanadi. Bunda bemorning ruhiyatini tinchlantiruvchi, miya faoliyatini yaxshilovchi dorilar qo`llanadi. Kimyoviy modda qabul qilish zararli, sog`liqqa, hayotga zararli ekanligi, qabul qilishni boshqa taqrorlamaslik haqida bemorga tushuntiriladi.

Davolashning uchinchi davrida bemorni ijtimoiy muhofaza qilishga e‘tibor qaratiladi. Uning ovqatlanishi, yashash sharoiti yaxshnlanishi kerak. U doim nazorat ostida bo`lishi, ya‘ni ilgari birgalikda kimyoviy modda qabul qiluvchi sheriklari bilan uchrashmasligi kerak.

TOKSIKOMANIYANING OLDINI OLISH.

1.Toksikomaniya kasalligiga asosan o`smir yoshidagi bolalar ko`proq beriladi. Shuning uchun kundalik tarbiyaviy ishlar jarayonida o`smirlarga toksikomaniya kasalligi, uni yuzaga keltiruvchi sabablar haqida tushuncha berish zarur. Bu ish ota-ona va o`qituvchilar tomonidan bajarilishi lozim.

2. Bolalar va o`smirlarga toksikomaniya kasalligini yuzaga keltiruvchi kimyoviy moddalar (benzin, kerosin, solyarka) kiyim va matolarning dog`larini ketkizadigan kimyoviy aralashmalar, bo`yoqlar, laklar, alif, «moment» kleyi, efir, uxlatuvchi, tinchlantiruvchi, qo`zg`atuvchi dorilar (lyuminal, veronal, amitalnatriy, kofein va boshqalar)ga o`zini yaqin tutmaslikni, qo`llash zarur bo`lganda ulardan uzoq muddat qayta-qayta fondalanmaslik haqida tushuntirish kerak.

3.Bolalar va o`smirlarning kimyoviy moddaga o`rganib qolishiga tajribali toksikomanlar sababchi bo`ladi.Ular o`zlari qo`llaydigan kimyoviy moddani hidlaganda yoki iste‘mol qilganida kayfiyatining yaxshi bo`lishi haqida maqtanib gapiradilar va bu moddani qabul qilishni tavsiya etadilar, o`zlari qo`llaydigan kimyoviy moddadan bepul muruvvat qiladilar. Mazkur moddani 3-4 marta hidlagan yoki iete‘mo1 qilgan o`smir uning ta‘siriga o`rganib qoladi.Shuning uchun bolalar va o`smirlarga kimyoviy moddalarni hidlaydigan, iste‘mol qiladigan odamlarga yaqinlashmaslik, ularning maslahatiga e‘tibor bermaslik haqida tushuntirish lozim.

NOS TOKSIKOMANIYASI YOKI TUTUNSIZ OG`U.

Ko`pchilik odamlar narkotik deganda faqat ko`knori, nasha, qora dori, geroin va boshqalarni tushunadilar. Nos va tamaki ham narkotik sifatida ta‘sir qilib, odamni giyohvand qilib qo`yishini aksariyat kashandalar hayoliga keltirmaydilar. Shuning uchun bo`lsa kerak, hozirgi kunda yigitlar, hatto o`smirlar orasida nos chekuvchilar ko`payib bormoqda. Bu sigaretalarning qimmatlashganligi bilan bog`liq bo`lishi mumkin.

Nosning tarkibi. Nos oddiy qo`lbola usulida tayyorlanadigan zaharli kimyoviy aralashma. Nos tarkibining asosiy qismini maydalangan tamaki tashkil etadi. Bundan tashqari nos tarkibiga so`ndirilgan ohak, kul va yelim, o`simlik moyi qo`shiladi. Rangini chiroyli qilish uchun nosga tut yoki boshqa daraxtning bargini quritib, yanchib qo`shiladi. Ko`rinib turibdiki,

O`simlik moyidan tashqari, nos tarkibiga qo`shilgan moddalarning hammasi zaharli ta`sirga ega.

Tojikiston tibbiyot instituti ruhiy kasalliklar kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor M.G`ulomov rahbarligidagi olimlar guruhi tomonidan jahon tibbiyot fanida birinchi bo`lib odam organizmiga nosning zaharli ta‘sirini ilmiy asosda chuqur o`rganilgan. Buning natijasida nos toksikomaniya moddalari guruhiga kiritilgan. Nos chekuvchi kashanda odam toksikoman deb nomlangan. Mazkur olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlari asosida Tojikiston sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan 1998 yilda nos toksikomaniyasi kasalligi va uni davolash bo`yicha uslubiy qo`llanma nashr qilingan.

NOSNING ZARARLI TA‘SIRLARI.

Nos chekish tarafdorlarining fikricha, go`yo nosdan atrof-muhitga tutun ajralmaydi va chekuvchi o`pkasiga tutun kirmaydi. Shuning uchun nos chekishning atrofdagilarga ham, chekuvchilarga ham zarari yo`q emish. Ta‘kidlash lozimki nosdan tutun tarqalmasa ham, nos chekuvchi uni tuflab atrof-muhitni ifloslantiradi. Nos chekuvchi uni tili ostida 2-3 minut saqlaydi. Shu payt nosning tarkribidagi tamaki, ohak va kulning zaharli moddalari erib, so`lak bilan aralashib, qizilo`ngach orqali oshqozonga tushadi va uning shilliq pardasini yallig`lantiradi. Buning natijasida surunkali gastrit, oshqozon va 12 barmoqli ichakning yara, rak kasalliklari yuzaga keladi.

Nos til ostida saqlangan paytda uniig zaharli moddalari qonga so`rilib miya, yurak, jigar, buyrak kabi hayotiy muhim a`zolarni zaharlaydi va ularning kasallanishiga sabab bo`ladi. Nos chekishning eng xavfli asorati shundan iboratki, uning tarkibidagi tamaki, ohak va kulning ko`p yillar davomidagi zararli ta‘siri tufayli og`iz bo`shlig`i, qizilo`ngach va me`daning rak kasaligi yuzaga keladi.

Ma‘lumotlarga ko`ra, nos chekadiganlarda og`iz bo`shlig`i raki chekmaydiganlarga qaraganda 11 marta ko`p uchraydi.

NOS KAYFINING BELGILARI.

Nosni birinchi marta qabul qilganda uning tarkibidagi tamaki, ohak, kul kabi zaharli moddalar ta‘siriga nisbatan odam organizmining himoya reaksiyasi paydo bo`ladi. Ko`ngli ayniydi, qusadi, boshi aylanadi, yurak o`rishi tezlashadi, sovuq ter bosadi, mast odamdek gandiraklaydi. Bunday yoqimsiz holatni yuzaga kelishi tufayli nosni birinchi marta qabul qilgan ko`pchilik o`smirlar bu zararli odatdan voz kechib uni ikkinchi marta takrorlamaydilar va o`rganmaydilar.

Afsuski. Ayrim o`smirlar, nos qabul qilishni o`rgatuvchi «ustozlari»ning noto`g`ri masalahati bilan o`zlari qiynalsalar ham nos chekishni davom ettiradilar. Natijada asta-sekin nosning zararli ta‘siriga nisbatan organizmning himoya reaksiyasi sustlashadi, ya‘ni ko`ngil aynish, qusish, bosh aylanish kabi noxush belgilar paydo bo`lmaydi. Aksincha organizm 4-5 kun davomida nos ta‘siriga o`rganib, unga nisbatan ruhiy qaram mu‘te bo`lib qoladi. Nosga o`rganib qolgan odam nos chekkan paytda quyidagi kayf belgilarini his etadi: kayfiyati ko`tariladi, chehrasi ochiladi, ko`p gapiradi, atrofdagilarga shilqimlik qiladi, yuzlari qizaradi, kayf holati 30 minut davom etadi.

Nos qabul qilishni yangi o`rgangan odam uni til ostida bir-ikki minut saqlay oladi, so`ngra tuflaydi. Asta-sekin odamda nos ta‘siriga moslashuvi osha boradi va uni til ostida 10-20 minut davomida saqlay oladi.Boshlanishida kashanda nosni kuniga bir-ikki marta chekadi, asta-sekin uni chekish 10-20 martagacha tezlashadi. Avvaliga bir marta chekiladigan nos miqdori yarim-bir gramm bo`lgan bo`lsa, asta-sekin 3-5 grammgacha ko`paytiriladi.

NOS QABUL QILUVCHIDA ABSTINENSIYA HOLATI.

Nosni muntazam qabul qilish natijasida odam organizmi unga o`rganib ruhiy va jismoniy mu‘te bo`lib qoladl. Nos qabul qilmagan paytda avvaliga unda ruhiy mu‘telik belgilari paydo bo`ladi.Kayfiyati yomonlashadi, jahli chiqadi, ishlagisi kelmaydi, o`zlashtirish, fikrlash kabi aqliy ish bajarish qobiliyati pasayadi. U qanday bo`lsa ham nos topib uni qabul qilishga intiladi.

Kashandalik avj olishi natijasida odamda nosga nisbatan ruhly mu‘telikdan tashqari jismoniy mo`‘telik yuzaga keladi. Bunday odam o`z vaqtida nos qabul qilmasa boshi og`riydi, boshi aylanadi, yuragi o`ynaydi, bo`shashadi, sovuq ter bosadi, ishtahasi yuqoladi, ruhiyati buziladi, jahli chiqadi, atrofdagilarga qo`pol muomala qiladi, uyqusizlik paydo bo`ladi. Aqliy va jismoniy ish qobiliyati pasayadi, u barcha imkoniyatlarini nos topish va uni qabul qilishga safarbar etishga intiladi.

Nos chekuvchida abstinensiya holati 10-15 kun davom etadi. Shu davrda kashanda abstinensiya holatiga bardosh berib, o`zida kechayotgan ruhiy va jismoniy o`zgarishlarga bardosh beraolmasa, ya‘ni u nos cheksa, u bundan keyin ham kashandaligini davom ettiraveradi. Bundan tashqari u muntazam ravishda har safar chekadigan nos miqdorini ko`paytirib boradi, qabul qilish vaqtini qisqartirib, kuniga 15-20 marta va undan ko`proq chekadi. Buning natijasida kashandaning organizmi nos tarkibidagi kimyoviy moddalardan zaharlanishi chuqurlashib boradi.

NOS CHEKISHNING OQIBATI.

Ko`p yillar davomida nos chekish tufayli odam organizmi nos tarkibidagi tamaki, ohak, kul kabi zararli moddalardan zaharlanadi.

Ta‘kidlash joizki nos tarkibidagi zaharli moddalardan eng avvalom bop miyaning asab hujayralari zararlanadi. Natijada kashandaning ruhiyati buziladi. Uning kayfiyati tez-tez o`z-o`zidan, ayniqsa nos qabul qilish muddati kechikkan paytlarda yomonlashadi, sal narsaga jahli chiqadi. Atrofdagilar bilan muomalasi murakkablashadi. Fikrlash, aqliy mehnat qilish qobiliyati pasayadi. Xotirasi yomonlashadi, o`qigan, ko`rgan, eshitgan narsalarini esida saqlay olmaydi. O`zlashtirish qobiliyati pasayadi, asta-sekin oylar, yillar o`tishi bilan yuqoridagi ruhiy kasallik belgilariga jismoniy xastalik belgilari ham qo`shiladi. Kashandaning yuragi, o`pkalari, jigari, bo`yraklari zararlanishi tufayli u harakat qilgan paytida nafasi qisadi, yuragi o`ynaydi, arterial qon bosimi ko`tariladi, tomir urishi tezlashadi, rangi oqaradi, lablari ko`karadi. Shuningdek, jigar sohasida (o`ng qovurga ostida) og`riq paydo bo`ladi. Buyraklari kasallanishi tufayli ertalab uyqudan turganda ko`zlarining osti shishgan bo`ladi. Kechqurun esa oyoqlari shishadi. Shunday qilib, ko`p yillar nos chekish natijasida odam asta-sekin aqliy va jismoniy jihatdan zaiflashadi, ish qobiliyatini yo`qotadi, vaqtidan ilgary keksayadi va nogironga aylanadi:

NOS TOKSIKOMANIYASINI DAVOLASH.

Nos toksikomaniyasiga duchor bo`lgan bemorni davolash 3 davrda o`tkaziladi.

Birinchi davrda bemor organizmi nosning zaharli moddalaridan tozalanadi. Buning uchun bemorning vena tomiriga turli-xil dori suyuqliklari va darmon dorilari yuboriladi. Bu davr 10-15 kun davom etadi,

Ikkinchi davrda bemorda nos otishga qarshi shartli, refleks hosil qilinadi. Buning uchun bemorga nosning 10 foizli eritmasi ichiriladi: Buning ta‘sirida bemorning kungli aynib, qusadi. Kashandaga 10-20 marta nos suyuqligi ichirilgandan so`ng, unda nosga nisbatan manfiy shartli pefleks paydo bo`ladi, ya‘ni nosning hidiga nisbatan ko`ngli aynib, qusadi, nosdan qayt bo`ladi.

Uchinchi davr kashandalikning qaytalanishini oldini olishga qaratilgan. Bemor ruhiyatini tinchlantiruvchi etapirazin, propazin, neuleptin kabi dorilar beriladi. Shuningdek, nosning zararli oqibatlarini bemorga tushuntiriladi. Kashandalikka barham berish asosan kashandaning irodasiga bog`liq.

KASHANDALIK

Tamaki chekish zararli odatlardan biri bo`lib hisoblanadi. Ilmiy-tadqiqotlarining aniqlanishicha, tamaki tutunining tarkibida 3000 dan ko`proq har xil zaharli kimyoviy moddalar bor. Shulardan ayniqsa, nikotin, ammiak, karbonat angidrid, benzol, poloniy, kadmiy kabilar odam organizmiga kuchli zaharli ta‘sir ko`rsatadi. Masalan, nikotin qon tomirlarini toraytirib, qon bosimini oshiradi, karbonat angidrid gazi qondagi gemoglobin moddasi bilan birikib miya, yurak va boshqa muhim a`zolarni kislorod bilan normal ta‘minlanishini buzib, bosh og`rig`i, yurak sanchish holatlarini yuzaga keltiradi.

Tamaki tutuni tarkibida rak kasalligini yuzaga keltiradigan 50 dan ko`proq kimyoviy modda bor. Shuning uchun ham chekuvchilar orasida chekmaydiganlarga nisbatan rak kasalligi 20 marta ko`p uchraydi. O`pka raki bilan kasallanganlarni 95 foizi tamaki chekuvchilardir. Tamaki tutuny tarkibidagi kimyoviy moddalar rak kasalligidan tashqari, juda ko`p kasalliklarning yuzaga kelishiga sababchidir. Jumladan, gipertoniya, yurakning ishemik va miokard infarkt kasalliklari, surunkali bronxit va o`pka emfizemasi, surunkali gastrit, oshqozonning yara kasalligi, allergiya va boshqa kasalliklar. Eng xavfli xastaliklardan biri bo`lgan yurakning miokard infarkti kasalligi chekuvchilarda, chekmaydiganlarga nisbatan 12 marta ko`p uchraydi. Amerikalik olimlarning ma‘lumotiga ko`ra, yurak kasalligi natijasida o`lganlarning o`rtacha yoshi chekmaydiganlarda 67 yosh bo`lgan bo`lsa, chekuvchilarda 47 yoshni tashkil qilgan. Ko`rinib turibdiki, chekish kishi umrini 20 yilga qisqartirar ekan.

Xalqaro sog`liqni saqlash tashkilotining ma‘lumotiga ko`ra, har yili dunyoda chekish oqibatida yuzaga kelgan kasalliklardan 2,5 million kishi yoshlik chog`idayoq hayotdan ko`z yumadi.

Tamaki tutuni tarkibidagi radioaktiv poloniy chikuvchining jinsiy organlarini zararlab, uning bolalarida nasl kasalliklarni yuzaga keltirish mumkinligi ilmiy asosda isbotlangan. Bunday bolalarning ayniqsa aqliy faoliyati kuchsiz rivojlanishi aniqlangan.

Chekuvchi o`zining organizmini zaharlashdan tashqari, u atrofdagilar sog`ligi uchun ham katta ziyon yetkazadi. Chekilayotgan sigaretadan va chekuvchining nafas organlaridan ajraladigan tutun tarkibidagi zaharli moddalar atrof muhit havosini zaharlaydi va havo bilan atrofdagi kishilarning nafas organlariga kiradi.

Kuzatishlardan aniqlanishicha, chekuvchilarning xotinlari chekmaydiganlarning xotinlariga nisbatan o`rtacha to`rt yil kam umr ko`rar ekan. Ular ayniqsa rak, gipertoniya, yurak va o`pka kasalliklari bilan ko`proq kasallanadi. Sigaretaning tutunidagi zaharli moddalar ayniqsa homilador ayol organizmiga katta zarar yetkazadi. Chunonchi, bu moddalar ayolning ichki sekretsiya bezlarini zaharlashi natijasida ulardan homilani normal o`sishi uchun zarur bo`lgan garmonlarning ajralishi kamayadi.Bundan tashqari, homylador ayolning nafas a`zolariga kirgan zaharli moddalar uning qoniga, undan esa yo`ldosh orqali bolaning qoniga o`tadi va uning miyasini, yuragini, jigarini zaharlaydi. Binobarin, bunday bolalar kasalmand bo`lib tug`iladilar. Ularning organizmi tug`ilganda kuchsiz bo`lgani sababli turli xil kasalliklarga ko`proq beriluvchan bo`ladi.

Chekuvchilar oilasidagi bolalar doimo zaharlangan havodan nafas olganligi tufayli, ular nafas organlarining yallig`lanishi, ayniqsa astmatik bronxit, bronxial astma kabi allergik kasalliklarga beriluvchan bo`ladilar. Bu bolalarning organizmi sigaret tutunidagi kimyoviy moddalardan doimiy ravishda zaharlanib turganligi uchun, ularda har qanday kasallik ham og`ir o`tadi va uzoq davom etadi, tez-tez qaytalanadi.

Vrachlarning kuzatishlariga ko`ra chekuvchi oilasida yashovchi bolalarning nafas organlarning surunkali astmatik bronxit, bronxial astma kabi allergik kasalliklari otasi uzoq muddatga biror sayohatga, ta‘tilga ketgan paytlari qo`zg`almas ekan, ya‘ni bolalar o`zlarini yaxshi sezadilar. Otasi uyga qaytib kelishi bilanoq 2-3 kun ichida ularning kasalligi qo`zg`alib qolgani ma‘lum bo`lgan.

Sigaretaning tutuni tarkibidagi zaharli moddalar emizuvchi onaning ko`krak sutini kamaytiradi. Natijada bolani boshqa ovqatlar bilan ovqatlantirish zaruriyati yuzaga keladi. Shuning uchun ham chekuvchilar oilasidagi yosh bolalarning ko`pchiligi ona suti yetishmasligi sababli sun‘iy ovqatlanishiga majbur bo`ladilar. Katta yoshdagi chekuvchilar yoshlarga, ayniqsa, o`smirlarga, zararli «o`rnak» bo`lib hisoblanadilar. Chunki, bolalar va o`smirlar kundalik hayotlarida asosan kattalardan o`rnak oladilar. Ular tezroq kattalar safiga qo`shilib, mustaqil bo`lish uchun kattalarning qiliqlarini, odatlarini o`zlariga o`zlashtiradilar, takrorlaydilar. Shuning uchun ham qo`liga sigaret ushlagan o`smirlarning 60 foizidan ko`prog`i chekuvchilar oilasidandirlar.

Chekishning iqtisodiy zarari ham katta. Chekuvchilarning

Ko`pchiligi tez-tez kasal bo`lib turganligi sababli ularning ishga chiqmaydigan kunlari ko`p bo`ladi. Ish kuni davomida chekish uchun talaygina vaqt sarflaydilar. Ularning kasalligini davolash uchun dori-darmonlar sarflanadi. Davolashda xizmat qilgani uchun tibbiyot xodimlari maosh oladilar. Bularning hammasi davlat iqtisodiyotiga ma`lum darajada zarar yetkazadi.

Bundan tashqari, chekuvchi o`z oilasining iqtisodiyotiga ham zarar yetkazadi. Agar har kuni bir quti sigareta cheksa, sigaretaning turiga qarab bir yilda u 20000—50000 so`mgacha va undan ko`proq pul sarflaydi. Chekishning zararli oqibatlari chekuvchilarning o`zining sog`lig`iga, ularning oila a‘zolarining sog`lig`iga, ishlab chiqarish jarayoniga, yoshlar tarbiyasiga, davlat va oila iqtisodiyotiga tobora ortib borayotganligi uchun keyingi yillarda jahonning barcha mamlakatlarida bu ijtimoiy-illatga qarshi kurash kuchaytirilmoqda.

Chunonchi, Amerikaning rak kasalliklari bo`yicha prezidentlik kengashi, o`pka raki kasalligini yuzaga keltiruvchi asosiy sabablaridan biri bo`lgan chekishni qisqartirish to`g`risida xalqqa murojaatnoma qabul qildi. AQSHning ko`pgina firmalarida chekmaydigan va chekishni tashlagan ishlovchilarga, chekayotganlarga nisbatan ish haqi anchagina ko`proq to`lanishi joriy etilgan.

Belgiyada ishlab chiqarish va jamoatchilik joylarida chekkan kishilarga 300 dollar jarima to`latadilar, Fransiya olimlari keynigi yilllarda chekishga qarshi kurashni kengaytarish, ayniqsa maktab o`quvchilari o`rtasida tarbiyaviy tushuntirish ishlariga e‘tiborni oshirish masalalarini hukumat oldiga keskin qo`ymoqdalar.

Bizning mamlakatimizda ham chekish illatiga qarshi tadbirlar kun sayin kuchaytirilmoqda. Ayniqsa, bolalar va o`smirlarga ki zararli oqibatlarini har tomonlama tushuntirish ishlari keng ko`lamda olib borilmoqda va o`zining ijobiy natijalarini bermoqda.

Toksikomaniyalarning klinik ko’rinishi

Toksikomaniya-narkotik moddalar ro’yxatiga kirmagan tabiiy va sun’iy zaharlovchi moddalarni iste’mol qilish natijasida yuz beradigan vaqtinchalik yoki surunkali zaharlanish holati. Toksikomaniyani keltirib chiqaruvchi moddalarning asosiysi psixotrop moddalardir. Trankvilizatorlar, parkinsonizmda qo’llaniladigan moddalar, antidepressantlar, ruxiy holatni tetiklashtiruvchi dorilar (tsentedrin, kofein), korxonalarda va sanoatda ishlatiladigan kimeviy moddalarni xidlash natijasida toksikomaniyaning o’tkir va surunkali zaharlanish belgilari namoyon bo’ladi. Toksikomaniyaning o’tkir zaharlanishda 4 ta boskich farklanadi: eyforiya, ongning uzgarishi, gallyutsinatsiyalar, holatdan chikish bosqichlari. Surunkali zaharlanishda psixoorganik sindrom belgilari namoyon bo’ladi. Toksikomaniyalarda ham xuddi narkomaniyalardagi singari shu moddalarga moyillik va chidamlilikning oshishi, xumor holatining paydo bo’lishi kuzatiladi.

Toksikomaniya haqida ma'lumot

Toksikomaniya ruhiy faol moddalarni, shu jumladan narkotik moddalarni suiiste’mol qilish natijasida yuzaga keladigan surunkali zaharlanishdir. Bemorlar shunday moddalarni iste’mol qilishga huruj qo’yganligi, shu moddalarga ruhiy va jismoniy qaram bo’lib qolganligi, neyrotropik moddalarga tolerantligi kuchayib borishi natijasida ular miqdorini asta-sekin ko’paytirib borishi, shu bilan birga ruhiy kasallanish tufayli shaxsning inqirozga uchrashiga olib boruvchi xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Giyohvandlik va toksikomaniya asosida ruhiy faol moddalarning neyrokimyoviy jarayoniga ta’sir qilishi natijasida ruhiy va jismoniy qaramlikni yuzaga keltiradigan patogenetik mexanizm yotadi. Shu bilan birga bu kasalliklar orasida klinik va yuridik-huquqiy nuqtai nazardan ma’lum tafovutlar bor.

Toksikomaniya – giyohvand moddalar ro'yxatiga qonuniy kiritilmagan toksik moddalarni suiiste'mol qilish. Eng ko'p ishlatiladigan kimyoviy moddalar – laklar, yoqilg'ilar, elim, - bug'doylarni nafas qilish, bema'ni ta'sirga olib keladi. Toksikomaniya asab tizimiga salbiy ta'sir qiladi, ongdagi patologik o'zgarishlarga olib keladi, giyohvandlik va giyohvandlikka sabab bo'ladi. Eng yomoni, giyohvand moddalarni suiiste'mol qilish, chekish va alkogolizm kabi yomon odatlar bolalar va o'smirlarning notekis tanasiga ta'sir qiladi. Bu esa, tuzatilishi juda qiyin bo'lgan, orqaga qaytish mumkin bo'lmagan badaviy va aqliy o'zgarishlarga olib keladi.

Toksikomaniya – sabablari

O'smirlar orasida giyohvand moddalarni iste'mol qilishning sabablari qiziqish va zerikish, o'zlarini himoya qilish va yangi his-tuyg'ularni his qilish, zamonaviy yoshlarning o'zlarini hech narsaga jalb qila olmasliklari bo'lishi mumkin. Inhalerlarning eng ko'p tarqalgan suiiste'mollari birgalikda sodir bo'ladi. O'smir tengdoshlaridan ortda qolishni xohlamaydi va vaqtida odat tusiga kiradi. Qo'llaniladigan moddani suiiste'mol qilish haqida gaplashganda, agar o'smirga kompaniya kerak bo'lmasa, u nafas olayotganlarning kunlik nafasiga uchraydi.

Narkotik moddalarni suiiste'mol qilish belgilari

Alomatlar nafas olishning turiga va uning inhalatsiyasi davomiyligiga bog'liq. 3-5 nafasda bosh og'rig'i, og'iz tomog'i, bosh aylanishi, tupurish va nafas olish, o'quvchilarning kengayishi, tashqi ta'sirga unchalik ta'sir etmasligi va reaksiyaga olib kelishi mumkin. Vaziyat 10-15 daqiqa davom etadi. Shundan so'ng moddalarni suiiste'mol qilishning yoqimsiz belgilari mavjud: gijjalar, ko'ngil aynishi, tashnalik, va hokazo. Progressiv kasallik nafas olish, psixosensor kasallik va psikomotor ajitasyondan keyin yengillikka sabab bo'ladi. Tashqi ko'rinishlar: o'tkir vazn yo'qotish, mo'rt tirnoqlar va sochlar, yuzning shishishi, terining quruqligi va dunyoqarashi.

Moddani suiiste'mol qilish turlari

Aseton bilan modda suiiste'mol qilish. Ushbu turdagi tez va kuchli halüsinasyonlara sabab bo'ladi. Nafas olishdan so'ng darhol paydo bo'ladi va vaqt o'tishi bilan yuz berishi mumkin. Aseton bug'ining haddan tashqari dozasi kimnidir olib kelishi mumkin.

Nitroselüloz eritgichlarini inhalatsiya qilish. U motorni qayta tiklashga, ongni xafa qilishni, jo'shqinlikdan va tajovuzdan ruhiy o'zgarishni keltirib chiqaradi. Mast qiluvchi holat bosh og'rig'i, tanadagi og'ir zaiflik, gijjalar bilan almashtiriladi.

Yapışkanlı toksikomania. Faqat ayrim markalarning yopishtirilishi. U o'zini selofan to'rva ichiga quyib, boshiga qo'ydi. Shunday qilib, giyohvand moddalarni suiiste'mol qilishning zarari boshqa muammo bilan takomillashtiriladi: giyohvand bo'lgan o'smirlar to'plamni boshidan olib tashlamaydi va ular nafasdan o'lishlari mumkin.

Benzin bilan toksikomaniya. Benzoxilga, benzolga, tolüenga kiritilgan uglevodorodlar zaharlovchi narkotik ta'sir ko'rsatadi. Benzinda namlangan mato ishlatiladi. Eforiya holati deliryum va gallyutsinatsiyalar bilan almashtiriladi.

Qanday qilib giyohvand moddalarni suiiste'mol qilish haqida

Chiqib ketish sindromi bilan jang qilishni boshlagan va ruhiy qaramlikka ta'sir qilgandan so'ng, inhaler moddalarning bekor qilinishi va etishmasligi bilan davolanishni boshlang. Eng yaxshi samaradorlik uchun davolanishning dastlabki oylari shifoxonada bo'lishi kerak. Funktsiyalarni tiklash uchun tananing detoksifikatsiyasi uchun vositalar mavjud

Moddalarni suiiste'mol qilishning zarari organizm.



Uyda modda va giyohvand moddalarni iste'mol qilish bilan kurashish shifokor nazoratsizligi samarasiz natija bermaydi. Dori vositalarini ruxsatsiz ishlatish qo'shimcha zarar keltirishi mumkin.

Agar bemorni modda suiiste'mol qilishning so'nggi bosqichiga etishgan va hayotini butunlay yo'qotgan bo'lsa, u nafaqat davolanishga, balki reabilitatsiyaga ham ehtiyoj sezadi. U psixoterapevt, psixolog, ijtimoiy ishchi va boshqa mutaxassislarning yordamiga muhtoj bo'ladi. Faqat bu holatda, giyohvand moddalarni suiiste'mol qilish muolajalari kerakli natijalarga olib kelishi mumkin.
Download 26.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling