Toksinlar haqida tushuncha Toksinlarning organizm immunitetini shakllantirishdagi roli Ekzotoksin tushunchasi


Download 61.62 Kb.
bet2/2
Sana22.04.2023
Hajmi61.62 Kb.
#1379411
1   2
Bog'liq
Toksikoin infeksiyalar

49-rasm. Ti-plazmida asosida kointegrativ vektorni yaratilishi.
Rp - restriktaza yordamida parchalanishkonstruksiyalangan shtammlarni o‘simlikning zararlangan qismiga kiritishdir.
Boshqa metod – protoplastlarni agrobakteriyalar bilan kokultivatsiyalash yo‘li bilan transformatsiyalash. Agrobakteriyalar yangi ajratib olingan yoki bir kunlik protoplastlarga qo‘shilsa, bakteriyalar birlashmaydi ham, transformatsiyalanmaydi ham. Transformatsiyalash uchun 3 kunlik protoplastlarda hujayra devori qaytadan hosil bo‘lgan bo‘lishi kerak. Bu hol hujayra devorini hosil qiluvchi va bakteriyalarni birlashtiruvchi ingibitorlarni qo‘shish bilan isbotlangan. Kokultivatsiyalash davri (bu davrda protoplastlar agrobakteriyalar bilan agregatsiyalanadi), ya’ni bir sutkadan ortiq vaqtdan so‘ng birlashmagan bakteriyalar qayta yuvish bilan olib tashlanadi. So‘ng o‘simlik hujayralari gormonlar qo‘shilgan muhitda o‘stiriladi. 3-4 haftadan so‘ng koloniyalar gormonsiz muhitga o‘tkaziladi. Bu muhitda faqatgina transformatsiyalangan hujayralarning koloniyalari o‘sadi.
Shunday usul bilan tamaki va petuninning transformatsiyalangan o‘simlik-regenerantlari olingan.
Oxirgi 15-20 yil mobaynida tashqi bozorda yangi xususiyatlarga ega bo‘lgan transgen o‘simliklar chiqa boshladi. 1996 yili AQShda transgen o‘simliklar egallagan maydon 3 mln. akr bo‘lsa, 2002 yilga bu maydon 80 mln akrga yetdi. Asosiy transgen o‘simliklar: jo‘hori, soya, gerbitsid va hashorotlarga chidamli g‘o‘za navlaridir.
Kundan-kunga aholi soni ortib borayotgani sababli insoniyat oldida muhim bir muammo, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish masalasi turibdi. Yana bir muammo, bu tibbiy davolashdir. Bu muammolarni transgen o‘simliklar yaratish orqali hal qilish mumkin.
Gen injenerligi yordamida qishloq ho‘jaligi uchun quyidagi o‘simliklar yaratish uchun takliflar kiritilgan:
Hashorotlarga chidamli o‘simliklarni yaratish. Ularni yaratish uchun o‘simliklarning genomiga Basillus thuringiensis (bu mikroorganizm hashorotlar organizmida rivojlanib tangaqanotlilarda kasallik keltirib chiqaradi, odamlarga ta’sir qilmaydi)dan ajratib olingan toksin geni kiritiladi. Toksinni sintez qiladigan o‘simliklar ayrim zararkunandalarga nisbatan chidamli bo‘ladi. Bularning bari dalalarda pestitsidlarni ishlatishni va atrof-muhit ifloslanishini kamaytiradi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini sifatini yaxshilash. Ma’lumki, qishloq ho‘jaligi ekinlarining hammasining tarkibida ham almashmaydigan aminokislotalar va vitaminlar yetarli miqdorda bo‘lmaydi. Bularning o‘rnini to‘ldirish uchun o‘simliklarga vitamin yoki aminokislotalarni sintezlaydigan genlar kiritiladi. Hozirda tarkibida karatinoid ko‘p bo‘lgan transgen guruch va oqsilga boy soya o‘simligi olingan.
Tovar sifatini yaxshilash. Gullarga pigment sintezlovchi genlar kiritilib ajoyib rangli gullar yoki oqsillarni fluoressensiyalovchi genlarni kiritib qorong‘uda nur beruvchi dekorativ o‘simliklar olingan.
Gerbitsidlarga chidamli o‘simliklarni yaratish.
O‘simliklarning chidamliligini oshirish. Ma’lumki, ayrim baliq va hashorotlar gidrofil oqsillar ajratadi. Bu oqsillar geni issiqsevar o‘simliklarni sovuqqa chidamli qilish uchun ularga kiritiladi.
Download 61.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling