Tolalarni qayta tarash jarayoni texnologiyasi va ularda sodir bo‘ladigan nosozliklarni bartaraf etish usullarini o‘rganish


Download 1.46 Mb.
Sana08.03.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1253638
Bog'liq
5-amaliy KSTT


“TOLALARNI QAYTA TARASH JARAYONI TEXNOLOGIYASI VA ULARDA SODIR BO‘LADIGAN NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH USULLARINI O‘RGANISH”
Diqqat savol
1.Tarash mashinasining vazifalari nimalardan iborat?
2. Asosiy tarash zonasida qaysi ishchi organlar ishtirok etadi?
3. Tarashga ta’sir etuvchi omillarni sanab bering?
Tolalarni qayta tarash jarayoni texnologiyasi va ularda sodir bo’ladigan nosozliklarni bartaraf etish usullarini o‘rganish
Qayta tarash jarayonining maqsadi bir tekis, jips va silliq ingichka ip ishlab chiqarish uchun qayta taralgan pilta tayyorlashdan iborat.
Qayta tarash jarayonining mohiyati qisilgan holatdagi tolalar tutamini bir necha taroqlar yordamida dastlab old uchlarini, so‘ngra orqa uchlarini tarab, ignalar yordamida alohida-alohida tolalarga to‘la ajratib, ularni parallel joylashtirib tekislashdan, kalta tolalar va mayda nuqsonlarni tamomila tarab tashlashdan iboratdir. Аsosiy tarash zonasini shartli ravishda uchta tarkibiy qismlarga ajratish mumkin. Dastlabki tarash qismi qabul barabani – bosh barabandan shlyapkagacha hisoblanib unda tolali mahsulot shlyapkada tarashga tayyorlanadi. Shlyapkada tarash qismida asosiy tarash amalga oshiriladi. Yakuniy tarash qismida tolalarning alohidaligi va ularning oriyentatsiya holatini saqlab qolish vazifasi bajariladi.
1–rasm. Аsosiy tarash zonasining tarkibiy qismlari
1–dastlabki tarash; 2–shlyapkada tarash; 3–yakuniy tarash.
2–rasm. Webclean tizimi
Tarash mashinalarida tarash jarayoni Webclean tizimi yordamida amalga oshiriladi.
1–shlyapkalarni tozalash moslamasi; 2–shlyapka polotnosi; 3–ajratuvchi pichoq; 4–Twin Top qo‘zg‘almas elementlari; 5–ajratuvchi pichoq-pnevmoqurilma; 6–bosh barabanosti qoplamasi; 7–ajratuvchi barabanning qo‘zg‘almas segmentlari

to‘g‘ri

teskari

3–rasm. Shlyapkalarning harakati
Shlyapkalar oldinga, ya’ni bosh baraban harakati yo‘nalishiga mos (to‘g‘ri) harakatlanganda uning garniturlari tezda chiqindilarga (tarandiga) to‘lib qoladi va shlyapkalarning tarash qobiliyati kamayadi.
Shlyapkalar orqaga, ya’ni teskari harakatlanganda tarash samarali bo‘lib, taram sifati yaxshilanadi, lekin tarandi miqdori ko‘payadi.
4-rasm. Аlumin kolosnikli shlyapka
1–alyumin profilli kolosnik; 2–shlyapka garniturasi; 3–sirpanuvchi sterjen; 4–silliq plastinka; 5–yo‘naltiruvchi plastinka.
5–rasm. Oddiy shlyapka
6–rasm. Magnotop shlyapka
1–alumin profilli kolosnik; 2–garniturani ushlab turuvchi plastinka,
3–garnitura lentasi, 4–tekislovchi elim qatlam, 5–magnit plastinkasi,
6–yupqa metall asos.
“BBB” metodining mavzuga qо‘llanilishi

 

Bilaman

Bilib oldim

Bilishni xoxlayman

Nazorat elementi




Kardali element




Tozalovchi element




4-rasm, Dastlabki tarash sirti va Yakuniy tarash sirti
Bosh baraban atrofi zonasida qo‘zg‘almas tarash segmentlari o‘rnatilishi hisobiga dastlabki va yakuniy tarash yuzasi kattalashgan, ya’ni bosh baraban bilan tarash zonasi kengaytirilib, shlyapkalardan tashqari yuza Webclean tizimi bilan qamrab olingan.
Nazorat elementi havo oqimi ta’sirini maqsadli yo‘naltirish natijasida bosh baraban sirtidagi tolalarning holatini yo‘qotmasdan shlyapkalar zonasiga yetib olishini ta’minlaydi.
Kardali element Twin Top deb atalib, ikkita uzun garnituradan iborat. Tolali mahsulot turiga qarab har xil garnituralar qo‘llaniladi.
Tozalovchi element xas-cho‘p, iflosliklarni yo‘qotish uchun kanalli uruvchi pichoqdan iborat. U mayda xas-cho‘p, iflosliklar, maydalangan chigit bo‘laklari va changni yo‘qotishni ta’minlaydi.
5–rasm. Tarovchi segmentlar
Tarashga ta’sir etuvchi omillar
1. Garnituralarning holati. Garnituralarni to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga ega. Tolaning uzunligi, iflosligiga qarab garnitura nomeri tanlanadi. Garniturani charxlab, o‘tkirlab turish shart, ayniqsa shlyapkalarni.
2. Razvodka. Tavsiya qilingan razvodka o‘rnatilsa, tarash jarayoni samarali bo‘ladi.
3. Shlyapkalarning harakat yo‘nalishi.
Vshlyapka =60100 mm/min. To‘g‘ri harakatlanganda.
Vshlyapka =2640 mm/min. Teskari harakatlanganda.
4. Baraban tezligi.
Bosh barabanning tezligi tolalarning taralish sifatiga katta ta’sir ko‘rsatmaydi, lekin tarash jarayonini boshqarishda bu omil katta ahamiyatga ega.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling