Tolali ekinlar yetishtirish texnologiyasi o‘quv amaliyoti
ZIG`IRNI O`RIB OLISH VA YIG`ISHTIRISH
Download 1.96 Mb.
|
01-20 tolali ekinlar yetishtirish
ZIG`IRNI O`RIB OLISH VA YIG`ISHTIRISH
Unib chiqqandan 8-10 kundan keyin asta-sekin o`sayotgan zig`ir poyasida sekin uzayayotgan katakchalarni - ingichka devorchalari va katta kanalli tolalarni topish mumkin. Tola 2-3 qatorli xatosiz qo`shma zanjirday tarqaladi. Gullash davrida tolalar soni tez ko`payadi va tutam shaklini oladi, tola devorlari qalinlashadi, ichki o`lchamlari qisqaradi. Zig`irpoyani yanchish mashinasining sxemasi a) yon tomondan ko`rinishi b) plan Gullash oxirida tolalar soni endi ko`paymaydi, lekin elementar tolalar pektin moddasi yordami bilan aloqalar kuchayadi. Bu bog`lar gullashdan 2-3 hafta keyin yoki ekishdan 11-12 hafta keyin juda mustahkamlikka erishadi. Bu paytda 110 tolalarning daraxtlanishi (dag`allashuvi) kam bo`ladi. SHuning uchun tola olinadigan zig`irni ana shu davrda yig`ishtirib olish kerak, bu davrda zig`ir tolasining umumiy ko`rinishi yaltiroq-sariq, pastki qism barglar so`ligan, qolgan barglar sarg`ayayotgan, faqat eng ustki barglar hali yashil xolida bo`ladi. Bu esa yuqori hosildorlik va sifatli tola olishni ta`minlaydi, garchi urug` ishlatib bo`lmasa ham, lekin qurish to`g`ri olib borilsa bu urug`lar to`lishishi mumkin va ekishda ishlatilish mumkin bo`lsada, keyinroq, zig`ir sariq holida urug` batamom olib tashlanadi, lekin tola tezda yopishqoq legnin moddasi borligi tufayli dag`allashadi (yopishqoq - tez qotuvchan). Zig`irpoyada tolalarning joylashish sxemasi a) poyaning 0, 25 balandligida; b) poyaning 0,5 balandligida 1-o`sish davrining 15 kunida; 2-o`sish davrining 25 kunida; 3-o`sish davrining 35 kunida; 4-45 kundan keyin (gullash davrida); 5-55 kundan keyin; 6-65 kundan keyin; 7-75 kundan keyin (pishib etilgandan keyin). Zig`irni yig`ishtirib olishda uning to`liq uzunligini saqlab qolish uchun ildizi bilan qo`porib olinadi, bog`lab keyingi ishlov uchun dalada qoldiriladi. Buning uchun zig`ir qo`pporuvchi mashinalar va zig`ir kombaynlari ishlatiladi. Zig`ir solomasi - urug` boshog`i olingan zig`irdir. Ular kaltaklashda ajratiladi. Ajratishda poyadai boshoqlar olinadi, bulardan keyin urug` olinadi. Kaltaklashda boshoqlar bulizali va urug`lar ajratiladi. Olingan zig`ir solomasi erga yotqiziladi (tresta olish uchun) yoki birinchi ishlov berish uchun zavodlarga yuboriladi Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling