Barcha past molekulyar moddalar kabi tabiiy va sintetik polimerlar ham o’z
tarkibidagi funksional guruhlar hisobiga xilma–xil reaktsiyalarga kirisha oladi, ya’ni
ular past molekulyar moddalar bilan birikib, yangi hosilalar beradi. Ko’pchilik tabiiy
polimerlar (sellyuloza, kraxmal) va ba’zi sintetik polimerlar (polivinil spirt va
boshqalar) elementar bo’g’inlari tarkibidagi gidroksil guruhlar hisobiga past
molekulyar moddalar bilan reaktsiyaga kirishadi. Natijada bu polimerlarning oddiy
va murakkab efirlar bo’g’inidagi faol vodorod atomlari ham formaldegid va etilen
oksidlari bilan oson birikib, poliamidning yangi xossalarini beradi. Polimerning
kimyoviy o’zgarish reaktsiyalari orasida polimerlarni kerakli darajada parchalash
23
destruktsiya reaktsiyasi alohida o’rin tutadi. Makromolekulalarning asosiy zanjiridagi
kimyoviy bog’larning uzilish reaktsiyasi polimerning destruktsiyasi deb ataladi.
Bunda polimerning kimyoviy tarkibi o’zgarmaydi, faqat polimerlanish darajasigina
kamayadi. Destruktsiya kimyoviy moddalar (suv, kislotalar, ishqorlar, spirtlar,
kislorod) ishtirokida yoki fizik ta’sirlar (issiqlik, quyosh nuri, yadro nurlari, mexanik
energiya, ultratovush va boshqalar) natijasida sodir bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: