Tolali materiallar va qog’oz kimyoviy texnologiyasi va dizayni kafedrasi udk 541. 64+53
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
polimerlar fizikasi va kimyosi fanidan laboratoriya mashgulotlari boyicha uslubiy korsatma
- Bu sahifa navigatsiya:
- TEXNIKA XAVFSIZLIGI
Institut ilmiy uslubiy kengashida tasdiqlangan “___”_________ 2010 y. Qaydnoma № _____ TTYESI bosmaxonasida _____ nusxada ko’paytirilgan. 3
1. Olingan topshiriqdan tashqari boshqa ishlarni laboratoriyada bajarish ta’qiqlanadi. 2. Ish stolida faqat ishni bajarish uchun zarur bo’lgan reaktivlar va qurilmalar bo’lishi lozim. 3. Sintez jarayonini olib borishda belgilangan sharoitlarga qat’iy rioya qilish muhim.
4. Nomi yozilmagan reaktivlarni ishlatish qat’iyan man qilinadi. 5. Kimyoviy reaktivlar qoldiqlarini, organik erituvchilarni, kimyoviy erituvchilar suvli eritmalarini, ayniqsa polimer eritmalarini rakovinaga to’kish ta’qiqlanadi. 6. Reaktiv saqlanadigan idish qopqoqlarini almashtirish, iflos shtapelni hamda to’kilgan reaktivlarni qaytadan bankaga solish mumkin emas. 7. Ishlayotgan qurilmalarni, elektr isitish uskunalarini yoqilgan holda tashlab ketmaslik kerak. 8. Laboratoriyada ishlatiladigan idishlarda suv ichish, ovqat eyish, xonada chekish man etiladi. 9. Laboratoriyadagi moddalarni ta’tib ko’rish ta’qiqlanadi. Moddalar hidini ehtiyotlik bilan aniqlash lozim. 10. Zaharli moddalar (xlor, brom, vodorod sulfid, ammiak, organik erituvchilar) bilan ishlash faqat mo’rili shkaf ostida amalga oshiriladi. 11. Reaksiya ketayotgan kolbaga yaqin turmaslik kerak. 12. Singan va qirralari uchgan idishlarni qo’llash mumkin emas. 13. Yopiq kolbalarda suyuqliklarni qizdirish qat’iyan man etiladi. 14. Suyuqliklarni pipetkaga og’iz orqali tortish ta’qiqlanadi. Buning uchun rezinali nokdan foydalanish zarur. 15. Yonuvchan erituvchilar bilan ishlashda nihoyatda ehtiyot bo’lish zarur (benzol, benzin, uglerod sulfid, spirt, aseton). 16. Yonuvchan suyuqliklarni elektr toki bilan qizdiriladigan yog’li yoki suvli hammomlarda qizdirish lozim (ochiq olovda yoki setkada qizdirish man etiladi).
4 17. Zaharli va o’yuvchi moddalarni qo’l bilan ushlash mumkin emas, chunki ular teri orqali o’tib organizmni zaharlashi mumkin. 18. Simobni to’kmaslikka harakat qiling, chunki uning bug’lari xonani zaharlashi mumkin. To’kilgan simobni rux plastinka bilan yig’ing, qoldiqlarini ustiga esa oltingugurt seping. 19. Kuchli sulfat kislotani suyultirish uchun uni suv ustiga quying. 20. Kislotalar bilan kuyganda kuygan terini avval suv bilan so’ngra natriy bikarbonat eritmasi bilan yuvish lozim. 21. O’yuvchi ishqorlar bilan kuyganda kuygan joy avval suv bilan keyin suyultirilgan sirka kislotasi bilan yuviladi. 22. O’yuvchi zaharli moddalar bilan ishlab bo’lgach, ish joyi yaxshilab tozalanishi, qo’llar esa sovunlab yuvilishi lozim. 23. Elektr isitish uskunalarini stol yoki yog’och jismlar ustiga qo’yish man etiladi. Buning uchun olovga bardoshli bo’lgan asbest yoki keramikadan tayyorlangan taglikdan foydalanish zarur. 24. Elektr toki bilan jarohatlanganda jabrlanganni tok ta’siridan rubilnikni uchirish orqali ozod etib, zarur bo’lsa vrach kelgunga qadar sun’iy nafas berish jarayoni bajariladi. 25. Yong’in chiqqanda yonuvchan moddalarni mumkin qadar uzoqroqqa olish zarur. 26. Agar idish ichidagi ozgina suyuqlik yonsa uni ustini asbest yoki latta bilan yopish kerak. Agar yonayotgan suyuqlik stol ustiga to’kilsa, uni qum yoki odeyalo bilan o’chiriladi, zaruriyat tug’ilganda esa o’t o’chirgichdan foydalaniladi. 27. Kishi kiyimi yonganda yonayotgan odamni ustiga odeyalo tashlanadi. Olov o’chgandan keyin yongan kiyim bo’laklarini darhol olib tashlanadi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling