Tolali materiallar va qog’oz kimyoviy texnologiyasi va dizayni kafedrasi udk 541. 64+53


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/39
Sana09.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#268879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
polimerlar fizikasi va kimyosi fanidan laboratoriya mashgulotlari boyicha uslubiy korsatma

  

 

Institut ilmiy

uslubiy kengashida  tasdiqlangan “___”_________ 2010 y. 



Qaydnoma № _____ 

 

 

TTYESI bosmaxonasida _____ nusxada ko’paytirilgan. 



 


 



TEXNIKA XAVFSIZLIGI 

1.  Olingan topshiriqdan tashqari boshqa ishlarni laboratoriyada bajarish 

ta’qiqlanadi.  

2.  Ish  stolida  faqat  ishni  bajarish  uchun  zarur  bo’lgan  reaktivlar  va  qurilmalar 

bo’lishi lozim.  

3.  Sintez  jarayonini  olib  borishda  belgilangan  sharoitlarga  qat’iy  rioya  qilish 

muhim. 


4.  Nomi yozilmagan reaktivlarni ishlatish qat’iyan man qilinadi. 

5.  Kimyoviy reaktivlar qoldiqlarini, organik erituvchilarni, kimyoviy erituvchilar 

suvli eritmalarini, ayniqsa polimer eritmalarini rakovinaga to’kish ta’qiqlanadi. 

6.  Reaktiv  saqlanadigan  idish  qopqoqlarini  almashtirish,  iflos  shtapelni  hamda 

to’kilgan reaktivlarni qaytadan bankaga solish mumkin emas. 

7.  Ishlayotgan  qurilmalarni,  elektr  isitish  uskunalarini  yoqilgan  holda  tashlab 

ketmaslik kerak. 

8.  Laboratoriyada  ishlatiladigan  idishlarda  suv  ichish,  ovqat  eyish,  xonada 

chekish man etiladi. 

9.   Laboratoriyadagi  moddalarni  ta’tib  ko’rish  ta’qiqlanadi.  Moddalar  hidini 

ehtiyotlik bilan aniqlash lozim. 

10.  Zaharli  moddalar  (xlor,  brom,  vodorod  sulfid,  ammiak,  organik  erituvchilar) 

bilan ishlash faqat mo’rili shkaf ostida amalga oshiriladi.  

11.  Reaksiya ketayotgan kolbaga yaqin turmaslik kerak. 

12.  Singan va qirralari uchgan idishlarni qo’llash mumkin emas. 

13.  Yopiq kolbalarda suyuqliklarni qizdirish qat’iyan man etiladi. 

14.  Suyuqliklarni  pipetkaga  og’iz  orqali  tortish  ta’qiqlanadi.  Buning  uchun 

rezinali nokdan foydalanish zarur. 

15.  Yonuvchan  erituvchilar  bilan  ishlashda  nihoyatda  ehtiyot  bo’lish  zarur 

(benzol, benzin, uglerod sulfid, spirt, aseton). 

16.  Yonuvchan  suyuqliklarni  elektr  toki  bilan  qizdiriladigan  yog’li  yoki  suvli 

hammomlarda  qizdirish  lozim  (ochiq  olovda  yoki  setkada  qizdirish  man 

etiladi). 



 

17.  Zaharli va o’yuvchi moddalarni qo’l bilan ushlash mumkin emas, chunki ular 



teri orqali o’tib organizmni zaharlashi mumkin. 

18.  Simobni to’kmaslikka harakat qiling, chunki uning bug’lari xonani zaharlashi 

mumkin. To’kilgan simobni rux plastinka bilan yig’ing, qoldiqlarini ustiga esa 

oltingugurt seping. 

19.  Kuchli sulfat kislotani suyultirish uchun uni suv ustiga quying. 

20.  Kislotalar  bilan  kuyganda  kuygan  terini  avval  suv  bilan  so’ngra  natriy 

bikarbonat eritmasi bilan yuvish lozim. 

21.  O’yuvchi  ishqorlar  bilan  kuyganda  kuygan  joy  avval  suv  bilan  keyin 

suyultirilgan sirka kislotasi bilan yuviladi. 

22.  O’yuvchi  zaharli  moddalar  bilan  ishlab  bo’lgach,  ish  joyi  yaxshilab 

tozalanishi, qo’llar esa sovunlab yuvilishi lozim. 

23.  Elektr isitish uskunalarini stol yoki yog’och jismlar ustiga qo’yish man etiladi. 

Buning uchun olovga bardoshli bo’lgan asbest yoki keramikadan tayyorlangan 

taglikdan foydalanish zarur. 

24.  Elektr  toki  bilan  jarohatlanganda  jabrlanganni  tok  ta’siridan  rubilnikni 

uchirish orqali ozod etib, zarur bo’lsa vrach kelgunga qadar sun’iy nafas berish 

jarayoni bajariladi. 

25.  Yong’in  chiqqanda  yonuvchan  moddalarni  mumkin  qadar  uzoqroqqa  olish 

zarur. 

26.  Agar  idish  ichidagi  ozgina  suyuqlik  yonsa  uni  ustini  asbest  yoki  latta  bilan 

yopish  kerak.    Agar  yonayotgan  suyuqlik  stol  ustiga  to’kilsa,  uni  qum  yoki 

odeyalo  bilan  o’chiriladi,  zaruriyat  tug’ilganda  esa  o’t  o’chirgichdan 

foydalaniladi. 

27.  Kishi  kiyimi  yonganda  yonayotgan  odamni  ustiga  odeyalo  tashlanadi.  Olov 

o’chgandan keyin yongan kiyim bo’laklarini darhol olib tashlanadi. 

  

 



 

 



 




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling