Polimerlarda uzilishga mustahkamlik, cho’ziluvchanlik, elastiklik, plastiklik va
boshqa xossalar borligini sabablaridan biri, makromolekula uzunligini diametriga
qaraganda bir necha yuz va hatto bir necha ming marta ortiqligidir. Shuning uchun
polimerning molekulyar massasini aniqlash katta ahamiyatga ega. Lekin polimer
8
makromolekulasining polidispersligi va molekulyar massasi ularni aniqlash usuliga
bog’liq bo’ladi.
Kimyoviy usullar. Makromolekulalar massasini aniqlashning kimyoviy
usullari ularning uchlaridagi guruhlar sonini topishga asoslangan, chunki
makromolekulalarning bir yoki ikki uchida o’ziga xos funktsional guruhlar bo’ladi.
Kimyoviy usullar vositasida polimer molekulyar massasining adad qiymati
aniqlanadi. Molekulyar massani topishning fizik
kimyoviy usullari yordamida esa
molekulyar massaning adad qiymatini aniqlab bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: