4
LABORATORIYA ISHI
Polimer pardasi hosil qilish
Polimerning mexanik xossalarini o’rganish uchun ulardan har xil usullarda
parda hosil qilinadi. Bu pardalar, odatda, polimer eritmalarini tekis yuzaga quyib,
erituvchilarni bug’latib yuborish orqali hosil qilinadi.
200 ml sig’imli kolbaga 5-10 g polimer va 100 ml erituvchi solinadi. Polimer
erib ketgandan so’ng, eritma filtr qo’yilgan shisha voronkada filtrlanib, tekis yuzaga
quyiladi.
Tekis yuza quyidagi usullarda hosil qilinishi mumkin: ikkala asosi tekis ochiq,
diametri esa 5-10 sm shisha silindrning tubiga sellofan polietilen parda (erituvchining
xossalariga qarab) tarang qilib tortiladi. Pardaning chetlari silindrga rezina halqa
yordamida mahkamlanadi (3
rasm ).
3
rasm. Parda hosil qilinadigan
shisha silindr.
1
rezina halqa;
2
silindr tubiga tortilgan parda
14
So’ngra silindrning parda tortilgan tomoni shisha plastina ustiga gorizontal
qo’yiladi, unga filtrlab olingan polimer eritmasi quyilib, ustiga yopiladi. Erituvchi
uchib ketgach, polimer pardasi silindrdan ko’chirib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |