5
LABORATORIYA ISHI
Polimerlarning miqdoriy analizi.
Polimerlardagi suv miqdorini aniqlash
2 g polimer o’zgarmas og’irlikdagi byuksga solinib, shkafga qo’yiladi va
105
0
C da 2 soat davomida quritiladi. So’ngra byuksning qopqog’i yopilib,
eksikatorda sovitiladi va analitik tarozida tortiladi. Byuks yana shkafga qo’yiladi va 1
soat o’tgach yana tortiladi. Bu jarayon polimer namunasining og’irligi o’zgarmay
qolguncha takrorlanadi. Polimer namunasining og’irligi o’zgarmay qolgandan keyin
undagi suv miqdori quyidagi formulaga ko’ra hisoblanadi:
100
g
b
g
x
;
bu formulada:
x – polimerdagi suv miqdori, % hisobida;
g – namunaning quritilishdan oldingi og’irligi, g;
b – namunaning qurigandan keyingi og’irligi, g.
Polimerdagi suvning miqdori organik moddalar yordamida haydash yo’li bilan
ham aniqlanadi. Buning uchun 500 ml hajmli kolba (1) ga maydalangan polimerdan
20 g, bir necha bo’lakcha pemza va quritilgan ksilol yoki toluoldan 100 ml solinadi
(4
rasm). Kolbaga suv yig’gich (3), nay (2) orqali ulanib, uning ustiga qaytarma
sovutgich (4) o’rnatiladi. Kolba qizdirilayotgan vaqtida suv yig’gichga har sekundda
2–4 tomchi suyuqlik tushishi kerak. Prosess idish (3) dagi suvning miqdori
o’zgarmay qolguncha va suv ustidagi organik suyuqlik tinguncha davom ettiriladi.
So’ngra idishdagi suv uy haroratigacha sovutilib, uning hajmi o’lchanadi.
Polimerdagi suvning miqdori quyidagi formuladan hisoblab topiladi:
100
g
u
x
;
bu formulada:
15
x – polimerdagi suv miqdori, % hisobida;
g – namunaning og’irligi, g;
u – idishga yig’ilgan suvning hajmi, ml.
4
rasm. Polimerlarning namligini
aniqlash asbobi:
1
kolba;
2
nay;
3
suv yig’gich;
4
qaytarma sovutgich
Do'stlaringiz bilan baham: |