LABORATORIYA ISHI
1-vazifa. Fenolning formaldegid bilan polikondensatlanishi
(novolak hosil bo’lishi)
Reaktiv va asboblar: fenol (37,6 g), formalin (40 % li 15 ml), xlorid kislota 0,5
g (solishtirma og’irligi 1,19 g/sm
3
), 500 sig’imli, yumaloq tubli kolba 1 dona,
qaytarma sovutgich (1 dona), suv hammomi (1 dona), 250
0
C li termometr (1dona),
probirkalar (2 dona), chinni idish (1 dona).
37,6 g fenol va 15 ml formalin eritmasi kolbaga solinib, 5–10 minut
chayqatiladi. So’ngra unga 0,5 g kontsentrlangan xlorid kislota qo’shilib, kolbaga
qaytarma sovutgich ulanadi va suv hammomida 90–100
0
C da qizdiriladi. Qizdirish
bir–biriga aralashmaydigan smola bilan suv qatlamlari hosil bo’lguncha davom
ettiriladi. Kolbadagi moddani chinni idishga solib sovutiladi va suv qatlamidan
ajratiladi. Qolgan smola distillangan suv bilan neytrallanguncha yuviladi va 150–
160
0
C gacha qizdirilgan shkafda quritiladi. Hosil bo’lgan chiziqli tuzilishdagi
polimetilen–fenolga ma’lum kimyoviy agentlar qo’shish yo’li bilan uch o’lchamli,
ya’ni fazoviy tuzilishdagi fenol–formaldegid smolalariga aylantiriladi. Bunday
moddalar sifatida formaldegid polimerlari deksametilentetraminlar ishlatiladi.
1–topshiriq. Polikondensatlanishning birinchi va ikkinchi bosqichlarida sodir
bo’lgan reaktsiyalarning tenglamalari yozilsin.
21
Do'stlaringiz bilan baham: |