2–vazifa. Vinilasetatning emulsion polimerlanishi
Reaktiv va asboblar: haydalgan vinilasetat (10 g), natriy oleinat (1,5 g), kaliy
persulfat (0,2 g), natriy metabisulfat 0,06 g, distillangan suv (60 ml); 250 sig’imli,
uch og’izli, qaytarma sovutgich, qorg’ich, tomchilatma voronka bilan jihozlangan
reaksion kolba (1 dona), suv hammomi (1 dona).
Reaksion kolbaga distillangan suvdan 60 ml, 1,5 g natriy oleinat solinib, obdon
aralashtiriladi va unga 0,2 g kaliy persulfat, 0,06 g natriy metabisulfat qo’shilib, suv
hammomida 60–65
0
C gacha isitiladi. Shundan so’ng, reaksion kolbaga haydalgan
vinilasetatdan tomchilatma voronka vositasida 10 g tushiriladi va reaktsiya yana 4–5
soat davom ettiriladi. Reaksiya oxirida kolbaga natriy xlorid eritmasi solinadi va
19
uning yordami bilan emulsiya parchalanib, hosil bo’lgan polivinilasetat ajratib
olinadi. Bu polimer issiq suv bilan 3–4 marta chayiladi va 50
0
C li quritgich shkafda
4–5 soat davomida quritiladi.
1–topshiriq.
Vinilasetatning
polimerlanib,
polivinilasetatga
aylanish
reaktsiyasining tenglamasi yozilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |