7
LABORATORIYA ISHI
1–vazifa. Stirolning oksidlanish–qaytarilish polimerlanishi
Reaktiv va asboblar: Stirol (20 g), benzoil peroksid (0,1 g), temir ammoniyli
tuzi (0,1 g), glyukoza (0,1 g), natriy stearat (1 g), natriy priofosfat (0,1 g), 500 ml
sig’imli, uch og’izli, qaytarma sovutgich, qorg’ich, tomchilatma voronka bilan
jihozlangan kolba (1 dona), suv hammomi (1dona), 100
0
C li termometr (1 dona).
Reaksion kolbaga 40–50
0
C gacha isitilgan suvdan 40 ml, 0,1 g temir–
ammoniyli tuzdan, 0,1 g glyukoza, 0,1 g natriy pirofosfat va 1 g natriy stearat
solinadi, to’la aralashtirib, emulsiyaga aylantiriladi.
20 g stirol 0,1 g benzoil peroksidda eritilib, hosil bo’lgan eritma kolbadagi
emulsiya ustiga quyiladi va 40
0
C da to’xtovsiz aralashtirib turilgan holda, 4–5 soat
davomida polimerlanadi. Hosil bo’lgan polimer lateksi xlorid kislota vositasida
parchalanadi, cho’kkan polimer esa Byuxner voronkasida filtrlanib, distillangan suv
bilan bir necha marta chayiladi.
1–topshiriq. Chiqqan polimerning miqdori aniqlansin.
2–topshiriq. Oksidlanish–qaytarilish polimerlanishi jarayonida stirolning
polistirolga aylanish reaktsiyasining tenglamasi yozilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |