Tolali materiallar va qog’oz kimyoviy texnologiyasi va dizayni kafedrasi udk 541. 64+53


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/39
Sana09.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#268879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
polimerlar fizikasi va kimyosi fanidan laboratoriya mashgulotlari boyicha uslubiy korsatma

1



LABORATORIYA ISHI 

 Polimer

 

xossalarini

 

eritma

 

holda

 

o’rganish. 

Eruvchanlikni aniqlash 

Og’zi maxkam yopiladigan probirkaga maydalangan polimer namunasidan 1 g 

va erituvchidan 10 ml solinib, uy haroratida 2 soat saqlanadi. Bu vaqt ichida ba’zan 

probirkani  chayqatib  turish  kerak.  Oradan  2  soat  o’tgach,  probirkadagi  o’zgarishga 

qarab  polimerning  erigan  yoki  bo’kkanligi  aniqlanadi.  Agar  polimer  qisman  erigan 

yoki  bo’kkan  bo’lsa,  uning  eruvchanligini  yuqoriroq  haroratda  tekshirish  kerak. 

Buning uchun  probirkaning og’ziga  qaytarma  sovutkich o’rnatib,  probirka 30  minut 

davomida suv hammomida  isitiladi, namunaning  eriganligi  yoki  bo’kkanligi kuzatib 

turiladi.  Ko’pincha  erituvchining  eritish  xususiyatini  bilish  kifoya  qilmay,  balki 

polimerni  qancha  miqdorda  erita  olishini  ham  bilish  zarur  bo’ladi.  Bunday  hollarda 

polimer  eritmasini  loyqalatish  uchun  sarflangan  cho’ktiruvchi  miqdori  aniqlanadi. 

So’ngra  cho’ktiruvchi  moddaning  erituvchi  hajmiga  nisbati  hisoblab  topiladi  va  bu 

nisbat polimerning erish miqdorini xarakterlaydi. Demak, eritmani loyqalatish uchun 

cho’ktiruvchi  qancha  ko’p  kerak  bo’lsa,  erituvchining  eritish  xususiyati  shuncha 

yaxshi deb hisoblanadi. 



 

Tajriba  o’tkazish  tartibi:  konussimon  kolbaga  maydalanagan  polimerdan  1  g 



solinib,  10  ml  erituvchida  eritiladi,  eritma  ustiga  byuretkadan  cho’ktiruvchi 

tomiziladi  (kolbani  doimo  chayqatib  turish  lozim).  Kolbadagi  tiniq  eritma 

loyqalangandan keyin, cho’ktiruvchi modda tomizish to’xtatiladi va 1 ml erituvchiga 

to’g’ri  keladigan  cho’ktiruvchi  miqdori  (ml)  hisoblab  topiladi.  Quyidagi  jadvaldan 

ba’zi polimerlar uchun erituvchi va cho’ktiruvchilar ko’rsatilgan. 

1



jadval 

  Ba’zi polimerlar uchun tavsiya etilgan erituvchi va cho’ktiruvchilar 

Polimer 

Erituvchi 

Cho’ktiruvchi 

Poliizobutilen 

Benzol 

Metil yoki etil spirt 

Polivinilxlorid 

Dixloretan 

Etil spirt 

Perxlorvinil smolasi 

Aseton, 

ammiak 


eritmasi 

Suv, metil va etil  spirtlar 

Polistirol 

Benzol 


Metil spirt, benzin 

Polivinil spirt 

Suv, formamid 

Metil va etil spirtlar 

Polimetilmetakrilat 

Benzol 


Benzin 

Polibutilmetakrilat 

Aseton 

Metil spirt 

Polivinilasetat 

Metil, etil spirtlar 

Suv, efir 

Poliuretanlar 

Siklogeksanon 

Suv 


Poliefirlar 

Aseton 


Suv, metil va etil spirtlar 

Poliamidlar 

Krezol 

Metil va etil spirtlar 

Fenolformaldegid 

smolasi 


Aseton, etil spirt 

Suv 


 


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling