va hajmini o’zgartirmay turib, uni eritmada yoki qattiq holda tekshirish mumkin. Past
6
molekulyar moddalarning eruvchanligi ma’lum haroratda o’zgarmas bo’lib, modda
miqdoriga bog’liq emas. Polimerlar esa erishdan oldin chegaralangan miqdorda
bo’kib, so’ngra cheklangan miqdorda eriydi yoki butunlay erimaydi. Buning ustiga
polimerlar polidispers bo’lganligi uchun kichikroq molekulalar tez va ko’p miqdorda
eriydi. Katta makromolekulalar kam eriydi yoki butunlay erimay, bo’kish bilan
chegaraladi.
Polimerlarning erish jarayonini asosan to’rt bosqichga bo’lish mumkin:
1. Polimerning erituvchi bilan aralashmasi. Bunda sistemada polimer va erituvchi
fazalari bo’ladi. 2. Polimerning erituvchida qisman bo’kishi. Sistema bo’kkan
polimer va erituvchi fazalaridan iborat bo’ladi. 3. Polimerning eritmaga o’ta
boshlashi. Sistemada polimerning eritmasi va erituvchining polimerdagi eritmasi bor.
4. Polimer butunlay erib ketadi va ikkala fazada kontsentratsiya tenglashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: