Tolali materiallar va qog’oz kimyoviy texnologiyasi va dizayni kafedrasi udk 541. 64+53
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
polimerlar fizikasi va kimyosi fanidan laboratoriya mashgulotlari boyicha uslubiy korsatma
1
Polimer
Og’zi maxkam yopiladigan probirkaga maydalangan polimer namunasidan 1 g va erituvchidan 10 ml solinib, uy haroratida 2 soat saqlanadi. Bu vaqt ichida ba’zan probirkani chayqatib turish kerak. Oradan 2 soat o’tgach, probirkadagi o’zgarishga qarab polimerning erigan yoki bo’kkanligi aniqlanadi. Agar polimer qisman erigan yoki bo’kkan bo’lsa, uning eruvchanligini yuqoriroq haroratda tekshirish kerak. Buning uchun probirkaning og’ziga qaytarma sovutkich o’rnatib, probirka 30 minut davomida suv hammomida isitiladi, namunaning eriganligi yoki bo’kkanligi kuzatib turiladi. Ko’pincha erituvchining eritish xususiyatini bilish kifoya qilmay, balki polimerni qancha miqdorda erita olishini ham bilish zarur bo’ladi. Bunday hollarda polimer eritmasini loyqalatish uchun sarflangan cho’ktiruvchi miqdori aniqlanadi. So’ngra cho’ktiruvchi moddaning erituvchi hajmiga nisbati hisoblab topiladi va bu nisbat polimerning erish miqdorini xarakterlaydi. Demak, eritmani loyqalatish uchun cho’ktiruvchi qancha ko’p kerak bo’lsa, erituvchining eritish xususiyati shuncha yaxshi deb hisoblanadi.
7 Tajriba o’tkazish tartibi: konussimon kolbaga maydalanagan polimerdan 1 g solinib, 10 ml erituvchida eritiladi, eritma ustiga byuretkadan cho’ktiruvchi tomiziladi (kolbani doimo chayqatib turish lozim). Kolbadagi tiniq eritma loyqalangandan keyin, cho’ktiruvchi modda tomizish to’xtatiladi va 1 ml erituvchiga to’g’ri keladigan cho’ktiruvchi miqdori (ml) hisoblab topiladi. Quyidagi jadvaldan ba’zi polimerlar uchun erituvchi va cho’ktiruvchilar ko’rsatilgan. 1 jadval Ba’zi polimerlar uchun tavsiya etilgan erituvchi va cho’ktiruvchilar Polimer Erituvchi Cho’ktiruvchi Poliizobutilen Benzol Metil yoki etil spirt Polivinilxlorid Dixloretan Etil spirt Perxlorvinil smolasi Aseton, ammiak
eritmasi Suv, metil va etil spirtlar Polistirol Benzol
Metil spirt, benzin Polivinil spirt Suv, formamid Metil va etil spirtlar Polimetilmetakrilat Benzol
Benzin Polibutilmetakrilat Aseton Metil spirt Polivinilasetat Metil, etil spirtlar Suv, efir Poliuretanlar Siklogeksanon Suv
Poliefirlar Aseton
Suv, metil va etil spirtlar Poliamidlar Krezol Metil va etil spirtlar Fenolformaldegid smolasi
Aseton, etil spirt Suv
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling