Tolali optik aloqa tizimlarida axborot xavfsizligi


Xavfsizlik tizimining tuzilishiga talablar


Download 26.68 Kb.
bet2/9
Sana13.02.2023
Hajmi26.68 Kb.
#1193575
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tolali optik aloqa tizimlarida axborot xavfsizligi-fayllar.org

Xavfsizlik tizimining tuzilishiga talablar Tarmoq xavfsizligining umumiy tuzilishiga talablar turli xil omillar yig'indisiga bog'liq: 1. Iste'molchi/abonentlarga taklif etilayotgan tarmoqlar va aloqa xizmatlariga ishonch xissini sizishlari zarur, bunga yirik falokatlar (terroristik tahdidlar) sharoitida xizmatlarning (ayniqsa tezkor xizmat ko'rsatishning) tayyorligi. 2. Davlat boshqaruv va tartibga soluv organlari xavfsizlikka talablar qo'yib, buyruqlar chiqarishadi va qonunchilikdan foydalanishadi, bu bilan xizmatlarning tayyorligi, oqilona raqobat va xususiy hayotni ximoya qilish ta'minlanadi. 3. Aloqa tarmoqlari operatorlari va xizmatlarni yetkazib beruvchilar o'zlari ekspluatatsion (foydalanish) va tijoriy manfaatlarini ximoya qilish va iste'molchilar xamda aholi oldidagi o'z majburiyatlarini bajarishlari uchun xavfsizlikni ta'minlashga muxtojlik sezadilar.
Maxfiy va ochiq kalit bilan shifrlash Aloqa kanallari bo'yicha axborotni uzatish xavfsizligini ta'minlash elektron raqamli imzodan foydalanish yo'li bilan yoki kriptografik tizimning simmetrik yoki asimmetrik shifrlashdan foydalanib amalga oshirishi mumkin. Simmetrik (yoki maxfiy kalit bilan) shifrlash kriptografik tizimlarga taalluqlidir, ularda 18.2-a rasmda ko'rsatilganidek, shifrlash va deshifrlashning bir xil kalitlaridan foydalaniladi. Simmetrik kriptotizimlar noyob maxfiy kalitdan birgalikda foydalanuvchi shaxslar uchun dastlabki kelishuvlarni talab etadi. Assimmetrik (yoki ochiq kalit bilan) shifrlash bir juft kalitlarni o'z ichiga oladi (18.2–b rasmda ko'rsatilgan); ochiq kalit va shaxsiy kalit. Bitta kalit ochiq, ikkinchisi maxfiy bo'ladi. Ochiq kalit shaxsiy kalitdan farq qiladi va ular orasidagi matematik aloqaga qaramay, shaxsiy kalitni ochiq kalit orqali topib olish yo'llari mavjud emas.
Aloqa tarmog'i xavfsizligi
Xavfsizlik tuzilmasiga talablarda belgilab o'tilganidek, boshqarish trafigini ximoya qilish zaruriy shart bo'lib, u telekommunikasiya tarmog'i monitoringi va uni boshqarish uchun foydalaniladi.
Aloqa tarmog'ida boshqarish trafigi an'anaviy ravishda ma'lum bir tarmoq orqali uzatilib, u boshqarish trafigini tarmoq tomonidan faqat ko'chirish uchun mo'ljallangan va u bo'yicha foydalanuvchi trafik uzatilmaydi. Bunday tarmoq - telekommunikatsiyalarni boshqarish tarmog'i (TMN) deyiladi, u XEI-T M.3010 Tavsiyalarida tavsiflangan. TMN umumiy foydalanishdagi tarmoq infratuzilmasidan alohida va izolyasiya qilingandir, shuning uchun umumiy foydalanishdagi tarmoqda chetki foydalanuvchi tekisligida xavfsizlikka taxdid oqibatida vujudga keladigan biror xil aloqa uzilishlari TMN ga aloqador bo'lmaydi.

Download 26.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling