9-sinf O‘zbek tili Zarafshon shahri O’zbek tili fani o’qituvchisi Yandashova Mohigul Rustam qizining Undalma va uyushiq bo’laklar,ularning imlosi Dars mavzusi: O‘tilgan mavzu yuzasidan savollarga javob bering. - 1.Inson orzusiga yetishishi uchun nima qilishi kerak?
- Bugun rejalashtirgan ishlaringizni tartib bilan ifodalab bering.
- Buyuk kishilar o‘z orzulariga qanday erishganlar? Misollar keltiring.
Mustaqil ish - Berilgan so‘zlarni ona tilingizga tarjima qiling va quyidagi so‘zlarni qo‘llab, gaplar tuzib, yozing.
- Orzu, istak, unib-o‘sib, timsolida, imonli, irodali, mardlik va fidoyilik, barkamol insonlar.
Undalma va uyushiq bo‘laklar, ularning qo‘llanishi va imlosi So‘zlovchining nutqi, fikri qaratilgan shaxs yoki narsani bildirgan so‘z undalma deyiladi. Kimga yoki nimaga e’tiborimizni qaratib gapirsak, o‘sha shaxs yoki narsa undalmadir. Oybek, (undalma) gullarga suv quy. Undalmalar quyidagicha ifodalanadi: - Undalmalar quyidagicha ifodalanadi:
- 1. Ot bilan: Yurak, sensan mening so‘zim.(U. Nosir)
- 2. Olmosh bilan: Hoy sen, aytganimni bajardingmi?(Olmosh undalma vazifasida kelganida alohida ohang bilan aytiladi).
- 3. So‘z birikmasi bilan: She’r aytgim kelyapti, aziz do‘stlarim, she’r aytgim kelyapti, go‘zal Farg‘ona!
- (G‘. G‘ulom)
- 4. Ibora bilan: Hoy qizi tushmagur, nima deb aljirayapsan?(A. Qahhor)
- Otlashgan so‘zlar bilan:
- 5. Sifat bilan: Azizim, dunyoga bevaqt kelibmiz.
- 6. Son bilan: Birinchi, birinchi, javob ber!
- 7. Sifatdosh bilan: Ey, zulm ko‘rganlar, bizga qo‘shiling!
- 8. Undov so‘z bilan: Hoy, kel bu yoqqa
Do'stlaringiz bilan baham: |