Tolerantlik immunologik tolerantlik barcha antigenlarga immunoreaktivlik


Download 103.52 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.09.2023
Hajmi103.52 Kb.
#1684645
Bog'liq
Tolerantlik (xususiyat) - Vikipediya



Tolerantlik
(xususiyat)
Tolerantlik (immunologik tolerantlik —
barcha antigenlarga immunoreaktivlik
xususiyatini saqlagan holda
organizmning muayyan antigenga
nisbatan immunologik javobining
yoʻqolishi yoki susayishi. "T." termini
ingliz olimi P. Medavar (1953) tomonidan
koʻchirib oʻtqazilgan begona toʻqimaga
nisbatan organizm immun sistemasi
"chidamliligini" koʻrsatish maqsadida


taklif etilgan. "Immunologik falajlik",
"areaktivlik", "antigen ogʻirligi" kabi
terminlar T. ning har xil shakllariga moye
keladi. Sogʻlom organizmning immun
tizimi oʻzining antigenlariga nisbatan
tolerant boʻlishi tufayli organizm toʻqima
va hujayralariga zarar yetkazishi mumkin
boʻlgan antitelolarni ishlab chiqarmaydi.
Homilaning alloantigenlarga nisbatan
tolerantligining fiziologik holati
homiladorlik paytida vujudga keladi,
degan taxminlar mavjud. Kon hosil
qiluvchi (plazmatik) hujayralarning ona
qornida boʻladigan almashinuvlari
natijasida har xil tuxumli egizaklarda ham
qonning guruhlangan (qarang Qon


guruhlari) antigenlariga nisbatan oʻzaro
fiziologik T. paydo boʻlishi mumkin.
Bakteriya va viruslarga nisbatan T. latent,
yaʼni yashirin infeksiya yuqqanida (mas.,
odamda zardob gepatiti virusi) kuzatiladi.
Organ va toʻqimalar transplantatsiyasi
(koʻchirib oʻtqazish) da transplantantning
takdiri retsipiyentda donorning
gistooʻrindosh antigenlariga nisbatan
hosil qilinayotgan T.ning qanchalik toʻliq
va uzoq boʻlishi bilan aniklanadi. Xususiy
antigenlarga nisbatan T.ning buzilishi
avtoimmun kasalliklarni keltirib
chiqaradi. T. toʻliq yoki immun javobning
biron shakliga taallukli boʻlishi mumkin
(mas., antigenlar hosil qilish qobiliyatini


yoʻqotganda hujayra immunitetini saqlab
qolish). T.ning murakkab tabiati, bu
holatni oʻrganish uchun tajribalar
oʻtkazish vaqtida ochiladi.
Immunokompetent hujayralar maʼlum
klonlari hayot faoliyatining pasayishi yoki
butunlay toʻxtashi natijasida qaytmas T.
vujudga kelishi kuzatilgan. Bunday holat
immun sistema pishib yetilmagan
davrda, ayniqsa, organizmga koʻp
miqsorda antigenlar kiritilganda paydo
boʻladi (homilaning ona qornida
rivojlanishi davrida yoki bola tugʻilgandan
keyingi dastlabki kunlarda).
Voyaga yetgan organizmlarda T.ni,
ionlovchi nurlar yoki


immunodepressantlar yordamida
immunokompetent hujayralarni toʻliq
boʻgʻish bilan vujudga keltirish mumkin.
Organizmga kichik dozadagi eruvchan
antigenlar kiritib, qaytar T. hosil qilsa
boʻladi. Bunday antigenlarning
molekulalari limfotsitlar membranasiga
joylashgan immunoglobulinlarning
molekulalari bilan birikib, ularni toʻsib
qoʻyadi, deb taxmin qilinadi. Qaytar T.ni
antigenantitelo kompleksi ham hosil
qiladi. T. V limfotsitlar hamda
fagotsitlarning immun javobini toʻxtatib
turuvchi maxsus Tlimfotsitlar mavjud.
Bunday Tlimfotsitlar (supressorlar)
xususiy antigenlarga nisbatan fiziologik
T.ni saqlab turishi mumkin.


Antitelolarning bir meʼyorda hosil
boʻlishini amalga oshiruvchi T. shakli
ham mavjud; bu jarayonda vujudga
kelgan barcha antitelolar toʻqimalardagi
antigenlar bilan bogʻlanadi. T.ni
organizmga koʻp miqdorda antitelolar
kiritish orqali ham hosil qilish mumkin.
Bu antitelolar antigen molekulalarini
limfotsitlarga yetkazmasdan ushlab
qoladi yoki antigenni immunokompetent
hujayralardan toʻsib turadi. Organizmning
tashki muhitning noqulay sharoitlariga
chidashi ham T. deb ataladi.
Oʻsimliklarda T. himoya reaksiyasining bir
turi, yuqtirilgan kasallikka javoban oʻziga
xos chidamlilikning namoyon boʻlishi.


Turda T.ning paydo boʻlishi tanlash
natijasi bilan bogʻliq boʻlib, tabiiy
populyatsiyalardagi evolyutsion
jarayonda oʻsimlik bilan patogen
oʻrtasida uzoq vaqt davom etgan oʻzaro
taʼsirlar natijasida vujudga keladi.
Madaniy oʻsimliklar T. tufayli epifitotiya
(yoppasiga zararlanish) sharoitida qam
qoniqarli hosil beradi. T.ning namoyon
boʻlishi ekologik sharoitlarga (harorat,
havo, tuproq), yosh oʻsimlik ontogenezi
fazalariga va boshqalarga bogʻliq. Barcha
navlarga mansub boʻlgan oʻsimliklar T.i
qulay sharoitlarda oʻstirilganda
(oziklantirish, agrotexnika) oshadi.
Tolerant navlardan keng mikyosda
foydalanish xavfli, chunki ular boshqa


oʻsimliklarni zararlovchi manba boʻladi;
kasallik qoʻzgʻatuvchi yangi
mikroorganizmlarning paydo boʻlishiga
qulay sharoit yaratadi.
Farmakologiya va toksikologiyada T.
zaharli va farmatsevtik moddalar (mas.,
narkotiklar)ga nisbatan sezuvchanlikning
pasayishini anglatadi. Uzoq vaqt
davomida organizmga kichik dozalarni
kiritish natijasida kuchli taʼsir etuvchi
zaharlarga koʻnikish mitridatizm deb
ataladi (qarang Immunitet,
Immunologiya). Abdukarim Zikiryoyev.


Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Bu sahifa oxirgi marta 4-Sentabr 2022, 19:39 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Tolerantlik_(xususiyat)&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Tolerantlik_(xususiyat)&ol
did=2860442" dan olindi

Download 103.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling