Uzumdan tayyorlanadigan maxsulot turlari, sifat ko’rsatkichlari

Download 16.89 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi16.89 Kb.
#1515340
Bog'liq
Uzumdan tayyorlanadigan maxsulot turlari, sifat ko’rsatkichlari

UZUMDAN TAYYORLANADIGAN MAXSULOT TURLARI , SIFAT KO’RSATKICHLARI

Uzum–uzumdoshlar oilasiga mansub, chirmashi o’suvchi o’simlik hisoblanadi. Vitis turkumi 70 turni o’z ichiga oladi. Ko’pchiligi xo’jalik ahamiyatiga ega. Asosan 2 turkumchaga: Yeuvitis planch (Euvitis Planch) va Muskadinia planch (Muscadinia Planch) ga bo’linadi. Birinchisi 68 turni o’z ichiga olib, kelib chiqishi va tarqalishi, botanik va morfologik-anatomik belgilari va xususiyatlariga ko’ra 3 guruhga bo’linadi: yevropa-osiyo (faqat bitta vitis vinifera - Vitis Vinifera turini o’z ichiga oladi); amerika (28 turdan iborat); sharqiy-osiyo (39 turni o’z ichiga oladi). Amaliy tokchilikda faqat Vitis vinifera turi eng ahamiyatli hisoblanib, ikkita turchadan: silvestris (ssp. Silvestris Gmel) - yovvoyi tok; sativa (ssp. Sativa DC) - madaniy tokdan iborat. Mintaqalar ichida tokzorlar maydoni geografik jihatdan bir xil joylashmagan. Yevroosiyoda toqzorlarning aksariyat qismi O’rtayer dengizi, Adreatika, Egey, Azov va Qora dengizlar qirg’oqlariga to’g’ri keladi. Bunga Afrika qit’asining shimoliy qirg’oqlarini ham qo’shish mumkin. Bular dunyo uzumchiligining eng yirik o’choqlari hisoblanadi. Bu xududda toqzorlar maydoni, yetishtiriladigan uzum hosili va vino tayyorlash bo’yicha asosiy o’rinlarni egallaydigan Ispaniya, Italiya, Fransiya, Portugaliya, Gresiya, Bolgariya, Ruminiya, Yugoslaviya kabi davlatlar joylashgan. Bularning qatoriga iqlim sharoitlari o’xshash hisoblangan hamdo’stlik davlatlaridan Ukraina (Qrim, Odessa viloyatlari), Moldova, Rossiyaning janubiy xududlarini qo’shish mumkin. MDH davlatlarida sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan toqchilikning 2 o’chog’i joylashgan: Kavkazorti (Gurjiston, Ozarbayjon, Armaniston) hamda Markaziy Osiyo (O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog’iston, Qirg’izistonning janubiy rayonlari). Osiyoda toqlar maydoni va yetishtiriladigan uzum hosili miqdori bo’yicha Turkiya, Suriya va Kipr yetakchi o’rin tutadi. Amerika qit’asida asosiy toqzorlar Shimoliy va Janubiy Amerikada, Shimoliy Amerikada esa yirik toqzorlar AQSh (Kaliforniya shtati)da hamda Meksikada, Janubiy Amerikada - Argentina va Chilida. Afrika mintaqasida toqchilik Jazoir, Janubiy Afrika Respublikasi, Maroqko va Tunisda. Oqyeaniyada - Avstraliyada rivojlangan. Uzumchilik va vinochilik Xalqaro tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra dunyo bo’yicha toqzorlar maydoni 8,2 mln.ga (1994). Qit’alararo taqsimlanishi (ming ga): Yevropada - 5242 (64,7 %), Osiyoda - 1573 (19,4 %), Amerikada - 777 (9,6 %), Afrikada - 350 (4,3 %), Avstraliya va Oqyeaniyada - 74 (0,9 %). Toqzorlar maydoni bo’yicha yetakchi mamlakatlar (ming ga): Ispaniya - 1280, Italiya - 956, Fransiya - 929, Turkiya- 567, Portugaliya - 360, AKSh (Kaliforniya) - 310, Ruminiya - 252, Eron - 250, Argentina - 270, Moldova - 186. Dunyo bo’yicha yetishtiriladigan uzum - 543523 ming s, jumladan Yevropada - 291856 ming s, Amerikada - 109478 ming s, Osiyoda - 106541 ming s, Afrikada - 29906 ming s, Avstraliya va Okeaniyada - 9742 ming s. Ushbu ko’rsatkichlar bo’yicha dastlabki o’rindagi mamalkatlar (ming s): Italiya - 91356,Fransiya - 69333, AQSh (Kaliforniya) - 53774, Turkiya - 34500, Ispaniya - 32125, Argentina - 24978, Eron - 18750, Xitoy - 1522, Olmoniya - 14823, Chili - 14490. Dunyo bo’yicha ishlab chiqarilgan vino - 255740 ming gl (1994 yil). Jumladan Yevropada - 188488 ming gl. Oldingi o’rinlarda Italiya (59276 ming gl), Fransiya (54640 ming gl), Ispaniya (18945 ming gl), va h.k. Jon boshiga vino ichish (l): Fransiyada - 63, Argentinada - 44, Shveysariyada - 42, Sloveniyada - 40, Ispaniyada - 37 va h.k. Dunyo bo’yicha xar yili o’rtacha 7 mln t xo’raki uzum yetishtiriladi. Yetakchi mamlakatlar (mln s): Italiya - 15,1, AQSh (Kaliforniya) - 9, Chili - 7,6, Braziliya - 3,5, Ispaniya - 3,1, shuningdek, Gresiya, Yaponiya, Siriya, Afg’oniston kabi mamlakatlarda ham yetishtiriladi. Keyingi 15 yilda xo’raki uzum yetishtirish Chilida 3,5, JAR da 2,5, Avstraliyada 2 marta ko’paygan. Bu mamlakatlar xo’raki uzumlarni Yevropaga qish davrida yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Dunyo bo’yicha 1 mln t mayiz tayyorlanadi. Bu borada Turkiya (3,6 mln, s) AQSh (Kaliforniya 3,4 mln. s), Eron, Gresiya, Avstraliya, Chili, JAR, Afg’oniston va boshqalar yetakchi o’rinni egallaydi. O’zbekiston hamdo’stlik davlatlari ichida dastlabki o’rinda. Ammo toqchilikning hozirgi ahvoli maqtanadigan darajada emas. Xo’raki navlarni eng ko’p import qiluvchi davlatlar: Olmoniya, AKSh, Kanada, Fransiya, Buyuk Britaniya va h.k. O’zbekistonda toqzorlar maydoni 104 ming ga. Shundan hosil beradigani 79,2 ming ga. Hosildorlik o’rtacha 40,3 s/ga, yalpi hosil - 319,3 ming t.ni tashkil etdi. Keyingi yillarda yillarda hosildorlikni oshirish hisobiga yalpi hosil mikdorini jamoa (shirkat) xo’jaliklarida 490 ming t.ga, «O’zmevasabzavotuzmsanoat» xolding kompaniyasi xo’jaliklarida 377 ming t ga yetkazish mo’ljallangan. Uzum va vino bo’yicha Xalqaro tashkilot (MOVV) ma’lumotlariga kura, 1994 yilda dunyo bo’yicha uzumning 30311 navi, jumladan 14208 sinonimlar hisobga olingan. O’zbekiston va Tojikistonda ushbu guruhga munsub 600 dan ortiq mahalliy navlar aniqlangan. Uzumning navlari ishlatilishiga qarab xuraki, mayizbop va vinobop navlarga bulinadi. Uzumning xo’raki navlarining g’ujumi yirik va turli shakl ranglarda bulib, ularga qo’yiladigan asosiy talablar: uzum boshlarining yirik va chiroyli bo’lishi; uzum boshlari to’zilishining o’rtacha zich bo’lishi va taralarda uzum boshlari hamda g’ujumlarning erkin joylashishi; g’ujumlar etdor, karsillaydigan va o’rtacha suvli bo’lishi; uzoq joylarga yuborish uchun transportabelligi yuqori hamda meva bandlari mustaxkam bo’lishi; hosili asraladigan navlarning kish davomida yaxshi saklanishi va boshkalardan iborat. Uzum mahsulotlari ichida mayiz aloxida urin tutadi. U uzumning maxsus urug’siz (mayizbop) navlaridan tayyorlanadi. Dunyo bo’yicha yetishtiriladigan mayizning 95 % chasi urug’siz kishmishbop navlardan, faqat 5 % chasi urug’li navlardan tayyorlanadi. Mayizning sifati uzum naviga, yetishtirilgan joyning tabiiy-iklim sharoitlariga, ustirish usullariga hamda mayiz qilish texnologiyasiga bog’liq.

O’zbekistonda rayonlashgan uzum navlarining ta’rifi. Uzumning maxalliy navlari asosan xo’raki va kishmish navlaridan iborat. Kishmish navlarining uzum boshlari oq (Oq kishmish) yoki qora (Qora kishmish) rangli, ko’p miqdorda urug’siz, g’ujumi katta bo’ladi. Bu navlar pishganda juda ko’p shakar to’playdi. Samarqand viloyatida o’stiriladigan Oq kishmish navi eng yaxshi nav xisoblanadi. Quritish uchun faqat kishmish navlarigina emas, balki yuqori sifatli mayiz beradigan (Germiyon, Avloniy) ba’zi mahalliy xo’raki navlardan (Sulton, Kattaqo’rg’on, Nimrang, Jo’ra uzum va boshqalar) ham foydalaniladi. Urug’lik mayiz uzuqqa tashilganda va saqlanganda buzilmaydi. Xo’raki va kishmish navlardan ham vino tayyorlasa bo’ladi, lekin vinosining sifati ancha past bo’ladi. O’zbekistonning iqlim sharoiti: yorug’lik va issiqlikning mo’l bo’lib sovuqsiz davrining uzoqligi, tuproqning unumdorligi, yerlarning sug’orib, xo’jalikda turli maqsadlarda foydalaniladigan va turli muddatlarda pishadigan uzum navlarining o’stirishga imkon beradi, bu esa mahalliy aholining yangi uzumga, vino va quruq meva tayyorlash sanoatining xom-ashyoga bo’lgan talabini qondiribgina qolmay, balki yangi uzum va mayizni boshqa davlatlarga ham chiqarish mumkin. Uzumchilikning ishlab chiqarish va O’zbekistonning ayrim viloyatlari hamda xududlarining uzum assortimenti ularning tarixiy- tabiiy va iqtisodiy sharoitiga qarab turlicha bo’ladi. Toshkent viloyati va Farg’ona vodiysidagi uzumchilik xo’jaliklarida asosan xo’raki uzum yetishtiriladi. Kishmish xishrau. Urtapishar avgustning ikkinchi yarmida pishadi. Bargi yirik, besh bulakli, urtacha kertikli, och yashil. Guli ikki jinsli. Uzum boshi urtacha 200-250 gr, konussimon, urtacha zich. G’ujumi yirik, ovalsimon, ochik kaxrabo rangda, pusti yupka, etdor, yeyilganda bilinar bilinmas boshlangich uruglari bor, shirin. Tupi kuchli usadi. Gektaridan 130-150 s xosil beradi. Uzumi yangiligida iste’mol kilinadi va kuritiladi. Mayizi sifatli va uta shirin. Oq kishmish. Urtapishar avgustda pishadi. Bargi urtacha, uch-besh bulakli, och yashil, sillik, tuksiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi urtacha va yirik 230-500 gr, silindr-konussimon, kanotli, zich, band tomoni keng. G’ujumi mayda va urtacha, ovalsimon yoki tuxumsimon, sargish – yashil yoki och sarik, pusti yupka, sershira, karsillaydi. Tupi kuchli usadi. Gektaridan 120-160 s xosil beradi. Uzumi asosan kuritiladi. Oftobda ishkorsiz kuritilganda Bedona, ishkor bilan kuritilganda Sabza deyiladi. Pushti kishmish. Urtapishar avgustda pishadi. Bargi urtacha, uch-besh bulakli, och yashil, sillik. Guli ikki jinsli. Uzum boshi urtacha 280-350 gr, silindrsimon, kanotli, urtacha zich. G’ujumi urtacha, dumalok ovalsimon yoki biroz tuxumsimon, tulik pishganda chiroyli kizgish, etdor, sershira, pusti yupka, urugsiz. Tupi kuchli usadi. Gektaridan 100-140 s xosil beradi. Uzumi yangiligida yeyiladi va kuritiladi. Sifatli mayiz beradi. Qora kishmish. Ertapishar iyulda pishadi. Bargi urtacha, uch-besh bulakli, tuk yashil, tuksiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi urtacha va yirik 250-350 gr, konussimon, ba’zan kanotli, urtacha zich. G’ujumi urtacha, tuxumsimon, uchi tumtok, kora, pusti yupka, juda sershira, biroz karsillaydi. Tupi kuchli usadi. Gektaridan 180-250 s xosil beradi. Uzumi yangiligida yeyiladi va kuritiladi. Sifatli mayiz beradi. Oftobda kuritilganda Shigani deb ataladi.
O’simliklarning yashil qismida quyosh nuri ta’siri ostida suv va karbonat angidriddan uglevodlar hosil bo’ladi. Bu jarayon fotosintez deb ataladi. Quyosh energiyasi murakkab organik birikmalar hosil qilish va tizimning erkin energiyasini oshirishdagi molekulalararo bog’lanishlarni yuzada keltirishni faollashtirish uchun sarflanadi. Xlorofill – fotosensibilizator, ya’ni yorug’lik nuri energiyasini yutib fotosintez jarayonini amalga oshirish uchun xizmat qiluvchi modda. Fotosintez jarayonida ferment ta’siri ostida qator oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari sodir bo’ladi. Oqsillar bu jarayonda uglekislotaning birlamchi akseptori va reaksiya katalizatori sifatida ishtirok etadi. Fotosintez o’tish vaqtida suv parchalanib, vodorod va kislorod hosil qiladi. Xloroplast yutgan karbonat angidridni vodorod qaytaradi, natijada qand – geksoza hosil bo’ladi. Kislorod esa atmosferaga ajralib chiqadi. Fotosintezning birlamchi mahsulotlari keyingi o’zgarishlarga duch keladi va o’simlikning turli kimyoviy moddalarini hosil qiladi. Bu o’zgarishlar fermentlar yordamida amalga oshadi va quyosh energiyasini talab etmaydi. Azotli va mineral moddalar o’simlikka ildiz sistemasi tomonidan tuproqdan yetkazib beriladi. Suv. Suv barcha biokimyoviy reaksiyalarda ishtirok etadi. Suvning aktivligi (Aw) deb mahsulot ustidagi bug’ning bir xil temperaturada hisobga olingan qovushqoqligi (R1)ning toza suv ustidagi bug’ qovushqoqligi (R0) -ga aytiladi. 0 1 P P Аw , Aw -ning qiymati birdan kechik bo’ladi. Quruq moddalar. Mahsulot tarkibidagi suvdan tashqari barcha moddalar uning quruq moddasi deb tushuniladi. Ayrim konservalarning tayyorligi quruq moddaning miqdoriga qarab belgilanadi. Xom ashyo, bug’, elektroenergiya, sovuq, ish kuchi sarfi birligi hamda uskuna unumdorligi, ishlab chiqarish siklining davomiyligi va konservalar sifati xom ashyo tarkibidagi quruq moddaning dastlabki miqdoriga bog’liq. Ishlab chiqarishda quruq modda ko’pincha refraktometr yordamida aniqlanadi. Refraktometr faqat suvda erigan quruq modda miqdorini foiz hisobida ko’rsatadi. Daraxt mevasi va rezavor mevalarda quruq modda 10 dan 20%gacha bo’ladi. Sabzavot tarkibida quruq modda kamroq bo’lib, 4–10% ni tashkil etadi. Sabzida quruq modda miqdori ko’proq bo’lib, o’rtacha 14% ni, ko’k no’hotda 20% gachani, jo’xorida 25% ni tashkil etadi. Quruq modda miqdori xom ashyoning tur va naviga hamda iqlim sharoitiga bog’liq. Uglevodlar. Meva va sabzavot quruq moddasining ko’p qismini (90%) uglevodlar tashkil etadi. Yoshi o’tgan odamning sutkadagi o’rtacha rasioni hazm etish bo’yicha 500 g uglevoddan tashkil topishi kerak. Meva va sabzavot uglevodlariga qandlar, kraxmal, sellyuloza, gemisellyulozalar, pektin moddalar kiradi. Qandlar. Meva va sabzavotda asosan monosaxaridlar (geksozalar), glyukoza, fruktoza va disaxaridlardan saxaroza mavjud. Ozroq miqdorda arabinoza, ksiloza, mannoza, galaktoza, riboza, ramnoza, sorboza kabi monosaxaridlar va maltoza, gensiobioza kabi disaxaridlar hamda o’z tuzilishi bo’yicha qandlarga yaqin bo’lgan olti atomli spirtlar (mannit, sorbit) mavjud. Inson organizmida glyukoza va fruktoza bevosita qonga so’riladi. Shuning uchun ular tez va yaxshi hazm bo’ladi. Saxaroza esa organizmda mavjud bo’lgan invertaza fermenti yordamida gidrolizlanadi, natijada glyukoza va fruktoza hosil bo’ladi.
Download 16.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling