To’liq aniqlangan Bul funksiyalari. Karno kartalar yordamida mantiqiy funksiyalarni minimallashtirish. Laboratoriya ishining maqsadi


Download 237.13 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.04.2023
Hajmi237.13 Kb.
#1372680
Bog'liq
6-laboratoriya



6-laboratoriya ishi 
Mavzu:
 
To’liq aniqlangan Bul funksiyalari. Karno kartalar yordamida mantiqiy 
funksiyalarni minimallashtirish. 
Laboratoriya ishining maqsadi. YOKI-EMAS mantiqiy elementini tadqiq etish. 
Sxemada belgilanishi. Rostlik jadvali. YOKI-EMAS ME asosida HAM, YOKI va 
EMAS MEini yasash. 
Laboratoriya ishi topshirig’i.
1. YOKI-EMAS mantiqiy elementini sxemada belgilanishini o’rganish. 
2. YOKI-EMAS mantiqiy elementini rostlik jadvalini bilish. 
3. YOKI-EMAS ME asosida HAM, YOKI va EMAS MEini yasash. 
4. Berilgan funksiyaning elektron sxemasini YOKI-EMAS ME asosida yasash 
Nazariy ma’lumotlar. 
YOKI-EMAS mantiqiy elementi. YOKI-EMAS funksiyasining algebraik 
ko’rinishi
ifodalanadi. Bu funksiyaning rostlik jadvali 6.1-jadvalda 
keltirilgan. 
6.1-jadval. YOKI-EMAS mantiqiy elementi rostlik jadvali 
Raqamli tizimlarda YOKI-EMAS funksiyasi YOKI-EMAS elementi deb ataluvchi
elektron sxema yordamida amalga oshiriladi. 6.1-rasmda YOKI-EMAS elementining 
belgilanishi ko’rsatilgan. 
6.1-rasm. YOKI-EMAS elementining belgilanishi. 
Rostlik jadvali shuni ko’rsatadiki, agarda YOKI-EMAS elementining 1ta yoki
2ta kirishida mantiqiy «1» bo’lsa, u holda uning chiqishida mantiqiy «0» bo’ladi.


Qalin shriftlar bilan ko’rsatilgan rostlik jadvalining 2 ta satri YOKI-EMAS 
elementining A kirishida barcha vaqt mantiqiy «0» bo’lgandagi holatini ifodalaydi. Bu
satrlarni ko’rib chiqsak, agarda B=0 bo’lsa f=1 bo’ladi hamda B=1 bo’lsa f=0 
bo’ladi (6.2-rasm). Bundan kelib chiqadiki, 1ta aktiv kirishli YOKI-EMAS elementi 
invertor kabi qo’llaniladi. 
6.2-rasm. 2ta kirishli YOKI-EMAS elementining A kirishida barcha vaqt 
mantiqiy «0» bo’lgandagi holati. 
HAM, YOKI va EMAS elementlarini YOKI-EMAS elementlari yordamida 
amalga oshirsa bo’ladi. 
Xisobot mazmuni. 
1. 6-laboratoriya topshiriqda talabalar berilgan funksiyaning elektron sxemasini 
YOKI-EMAS mantiqiy elementlari yordamida yasashi (Multisim dasturida) va 
rostlik jadvalini (elektron shaklda) tuzishi kerak. 


Nazorat savollari. 
1. YOKI – EMAS (Pirs elementi) mantiqiy elementining prinsipial sxemasini
EWB asosida tuzing. 
2. YOKI-EMAS (Pirs elementi) mantiriy elementining ayniyatlarini keltiring. 
3. 2 YOKI – EMAS mantiqiy elementini EWB asosida tuzing.
4. 2 YOKI-EMAS mantiqiy elementlar asosida HAM mantiqiy amallarining
shakllanishini ko’rsating. 
5. 2 YOKI-EMAS mantiqiy elementlar asosida YOKI mantiqiy amallarining
shakllanishini ko’rsating. 
6. 2 YOKI-EMAS mantiqiy elementlar asosida EMAS mantiqiy amallarining
shakllanishini ko’rsating. 
sxemasini tuzing. 
8. 3 YOKI EMAS mantiqiy elementini EWB asosida tayorlang. 
9. 3 YOKI EMAS mantiqiy elementining haqiqiylik jadvalini tuzing. 

Download 237.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling