Tolov balansi


Joriy operatsiyalar xisobi balansi


Download 26.92 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi26.92 Kb.
#1554701
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tolov balansi

Joriy operatsiyalar xisobi balansi.



1 .Joriy operatsiyalarning asosiy moddasi tovarlar eksporti va importi xisoblanadi, ularning farki tashki savdo balansining koldigi deb yuritiladi. Misolimizda bu balans salbiydir, ya`ni, mamlakat tovarlarni chetga olib chikishdan ko`ra ko`prok olib keladi (-75).
2.Joriy operatsiyalarning keyingi moddasi – bu, xizmatlar (transport, sugurta, sayyoxlik xizmatlari va boshkalar) eksporti va importidir. Misolimizda tovarlar bilan bo`lgan operatsiyalardagi kabi xizmatlar bilan bo`lgan operatsiyalarda xam mamlakat xorijiy xizmatlarni ko`prok oladi ya`ni, masalan, mamlakatda yashovchilar xorijga chetdan mamlakatga keladigan sayyoxlarga nisbatan ko`prok boradilar, shuningdek, mamlakatdagi tadbirkorlarga xorijiy transport va sugurta xizmatlarini ko`rsatish xajmi xorijiy tadbirkorlarga mamlakatda trasport va sugurta kompaniyalari ko`rsatadigan xizmatlar xajmiga karaganda yukorirok va x.k. Bu operatsiyalar bo`yicha xam balans salbiy koldikka ega (-12).
3.Investitsiyalardan daromadlar, foizlar va dividendlar bo`yicha to`lovlarni o`z ichiga oladi. Agar xorijga ko`yilgan milliy kapital uchun chet to`lovlari bo`yicha tushumlar mamlakat iktisodiyotiga jalb etilgan xorijiy kapital uchun to`lanadigan to`lovlar mikdoridan ko`p bo`lsa, unda sof daromad musbat bo`ladi (+8).
4.Transfert ko`rinishida pul o`tkazishlar shu mamlakatlarning xorijda yashayotgan fukarolariga to`lanidagan nafakalarni, muxojirlarning xorijdagi o`z karindoshlariga pul o`tkazmalari, turli ko`rinishdagi xukumat yordamlarini o`z ichiga oladi. Jadvaldan ko`rinib turibdiki, xorijga jo`natilayotgan pul o`tkazishlar mikdori olinayotganiga nisbatan yukori, ya`ni, operatsiyalar mamlakatdagi xorijiy valyuta zaxiralarini kamaytiradi (-8).
5.Joriy xisoblar bo`yicha barcha operatsiyalar yigindisi joriy operatsiyalar balansini tashkil etadi. Bizning misolda u salbiy (-87). Bu esa mamlakatda import operatsiyalari natijasida xorijiy valyutaga bo`lgan talab uning eksport operatsiyalari ta`minlaydigan taklifdan ortik bo`lishini anglatadi. Boshkacha aytganda, ushbu xolda mamlakat to`lov balansi joriy operatsiyalar bo`yicha kamomadga ega.

Download 26.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling