To‘lov kontrakt asosida mutaxassis tayyorlash to‘g‘risida shartnom a №23/09-miq-01-81368
O’QITISHNING TO‘LOV MIQDORI, MUDDATLARI VA TO‘LASH TARTIBLARI
Download 36.05 Kb. Pdf ko'rish
|
998900949476 (1)
3. O’QITISHNING TO‘LOV MIQDORI, MUDDATLARI VA TO‘LASH TARTIBLARI
3.1 2023-2024 o‘quv yilida o‘qitishning belgilangan yillik to‘lov miqdori : 22000000 (yigirma ikki million) so‘mni tashkil etadi. 3.2 Talaba yoki jismoniy shaxs to‘lovlarni amalga oshirishi uchun har bir o‘quv yilida alohida shartnoma rasmiylashtiriladi. 3.3 O’qitish uchun to‘lov quyidagi tartibda amalga oshiriladi: To‘lov-kontrakt semestrlarga va choraklarga bo‘lib to‘langanda: - o‘qishga birinchi yil qabul qilinganlar (abituriyentlar) to‘lov- kontrakt summasining 50 foizini (talabalikka qabul qilinishi uchun) 10 ish kunidan kechiktirmay to‘lashi shart, qolgan to‘lovni ikkiga bo’lib to‘laganda, to‘lovni 25 foizini 2023 yilning 30 dekabrgacha, joriy o‘quv yildagi to‘lov - kontraktning oxirgi to‘lovini 2024 yilning 15 martigacha to‘lashi shart; 3.4 Shartnomaning 3.3-bandida ko‘zda tutilgan to‘lov muddatlarini o‘zgartirish talabaning asosli sabablari ko‘rsatilgan holdagi yozma murojaatiga ko‘ra Universitet kengashining qarori asosida qabul qilinadi va bir semestr mobaynida amal qiladi. 3.5 Talaba Universitetning Ichki-tartib qoidalarini yoki o‘quv intizomini buzganligi, shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun o‘qishdan chetlashtirilganda o‘qigan davri uchun to‘langan to‘lovlar qaytarib berilmaydi. Talabaning o‘qigan davriga mos ravishda to‘lovlar to‘lanmaganligi aniqlanganda, uni o‘qishga qatnashgan davri uchun to‘lov ixtiyoriy yoki sud tartibida undiriladi. 3.6 Qo‘shimcha-kontrakt to‘lovi asosida qabul qilingan talabalar o‘quv yilining ikkinchi semestridan uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmaganda, keyingi o‘quv yilda, o‘qishni davom ettirishi uchun mazkur shartnomada belgilangan summaning to‘lagan taqdirda o‘qishni davom ettirishi mumkin. 3.7 Talabaga Universitet tashabbusi bilan talabalar safidan chiqarilganda, avvalgi to‘lagan pul mablag‘lari qaytarilmaydi. 3.8 Talaba akademik fanlarni talab darajasida o‘zlashtirmaganda, kursdan kursga qoldirish nazarda tutiladi, bunday holda kontrakt to‘lov talaba tomonidan har bir o‘qigan davriga mos ravishda to‘lanadi. 3.9 Talaba kontrakt to‘lov mablag‘larini amalga oshirib bo'lib, uzurli sabablarga ko‘ra (yashash joyi o‘zgarib ko‘chib ketganda, sog'ligi yomonlashganda va x.k.) talabaning mazkur Universitetda o‘qish imkoniyati cheklanganda, talaba o‘quv jarayonini boshlanishidan 10 kun oldin Universitet ma’muriyatiga bu haqda yozma murojaat qilishi shart, aks holda to‘lov kontrakt mablag‘lari qaytarilmaydi. 3.10 Talabaning ta’lim xizmatlari uchun to’lov uchinchi shaxs (jismoniy va/yoki) yuridik shaxs tomonidan to’liq va/yoki qisman to’lanishi mumkin. Universitet talaba va uchinchi shaxs o’rtasidagi munosabatlar bo’yicha hech qanday mas’uliyatga ega bo’lmaydi va javobgar bo’lmaydi. Talab ava uchinchi shaxs (buyurtmachi) o’rtasidagi munosabatlar ular o’rtasida imzolanadigan bitim asosida tartibga solinadi. Bunday bitim Universitet uchun majburiyatlar yaratmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling