To‘lov kontrakt asosida mutaxassis tayyorlash to‘g‘risida shartnom a №23/09-miq-01-81368
SHARTNOMANI BEKOR QILISH VA O‘ZGARTIRISH TARTIBI
Download 36.05 Kb. Pdf ko'rish
|
998900949476 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. FORS –MAJOR HOLATLAR
4. SHARTNOMANI BEKOR QILISH VA O‘ZGARTIRISH TARTIBI
4.1 Shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin: 4.2 Tomonlarni o‘zaro roziligibilan; 4.3 Universitet Nizomiga muvofiq ma’muriyatning tashabbusiga ko‘ra ta’lim oluvchi o‘qishdan chetlashtirilganda; 4.4 Tomonlardan biri shartnoma shartlarini bajarmaganda; 4.5 Ta’lim oluvchining tashabbusiga ko‘ra; 4.6 Amaldagi qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqahollarda. 4.7 Shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar tomonlarning kelishuviga ko‘ra kiritiladi. 4.8 Talaba tomonidan shartnomada belgilangan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda universitet ushbu shartnomani bir tomonlama bekor qiladi va talabani talabalar safidan chetlashtiradi. 4.9 Shaxsiy hujjatlarning asl nusxasini o‘z vaqtida topshirilmaslik yoki taqdim etilgan xujjatlar haqiqiy emasligi aniqlanganda, Universitet shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega bo‘lib, talabani talabalar safidan chetlatishga asos bo‘ladi. 4.10. Talabaning o‘qishni ko‘chirib boshqa OTMlarda davom ettirish, xuddi shunday boshqa OTMlardan o‘qishni ko‘chirib Universitetda o‘qishni davom ettirish niyati borligi haqidagi murojaati semestr yakunida, akademik fanlardan qarzdorligi yo‘qligi ko‘rib chiqilib, 5 ish kuni mobaynida qaror qabul qilinadi. 4.11. Tomonlar o‘rtasida kelib chiqadigan nizolar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun talablari asosida hal etiladi. 5. FORS –MAJOR HOLATLAR 5.1. Yengib bo‘lmas kuch, ya’ni: yong‘in, tabiiy ofat, urushlar, harbiy operatsiyalar, yuqumli kasalliklar pandemiyasini tarqalishini oldini olish - fuqarolar manfaatlari, birinchi navbatda, ularning hayoti va sog‘ligini himoya qilish maqsadida karantin holati e’lon qilinib butunlay to‘xtatish vujudga kelgan vaziyatda va bevosita mazkur shartnoma bajarilishiga ta’sir etgan holda majburiyatlar to‘liq yoki qisman bajarilmaganligi uchun tomonlar javobgarlikdan ozod qilinadi. Shu bilan birga mazkur shartnoma bo’yicha majburiyatlar bajarilishi muddati shu kabi vaziyatlar bo‘lib o‘tgan vaqtga mos ravishda suriladi. Download 36.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling