To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan tout apparaturasi bilan jihozlangan regeneratsiyalash seksiyasi uzunligini hisoblash va aloqani tashkil etish


Optik kanallarning soni va uzatish tezligini tanlash


Download 167.86 Kb.
bet2/6
Sana15.06.2023
Hajmi167.86 Kb.
#1477558
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
OAT 3-Amaliy ish (3)

Optik kanallarning soni va uzatish tezligini tanlash
Hisoblanayotgan regeneratsiyalash uchastkasining o‘tkazish qobiliyatining o‘sish dinamikasidan kelib chiqqan holda (10-40-80 Gbit/s), har biri 10 Gbit/s uzatish tezlikli (STM-64 ga mos keladi) 8 optik kanalli to‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan tolali optik uzatish tizimi apparaturasini tanlash mumkin. Bunday yechim KChOP da STM-64 sathidagi multipleksorlarni va to‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan tolali optik uzatish tizimi apparaturasining o‘zida esa 4·2,5=10 Gbit/s optik multipleksorlarni qo‘llashni talab etadi. Bundan tashqari, yuqori tezlikli optik kanallar uzatish tizimining parametrlariga, jumladan yig‘indi dispersiyaga yuqori talablar qo‘yadi.
Shuning uchun Nok = 32 ta optik kanalga mo‘ljallangan apparaturani qo‘llash maqsadga muvofiq. Kanallar orasidagi chastota qadami ∆ = 100 GHz, har biri 2,5 Gbit/s tezlikli kanallar ketma-ket 4+12+16 kiritiladi. KChOP da 2 ta kanalga mo‘ljallangan kirish/chiqishli optik multipleksor o‘rnatilishi kerak, qolgan kanallarni u tranzit o‘tkazadi.


Uzatishning sifat ko‘rsatkichlariga qo‘yiladigan talablar

Kelgusida optik kanallarni multiservisli tarmoqlarning raqamli signallarni uzatish uchun ishlatilishini hisobga olgan holda, shuningdek to‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan tolali optik uzatish tizimi apparaturasi qabul qilgichining


Кxat = (BER)=10-12


xatolik koeffisientida sezgirlik sathi Psezg = -12 dBq dan oshmasligi kerak.


Hisoblashlarni amalga oshirish mo‘ljallanayotgan regeneratsiyalash uchastkasi uchun talab etiladigan xatolik koeffisientini Kxat = 10-12 deb olamiz.


Тopshiriqni bajarish bo’yicha hisoblashlar.
Sath diagrammasining xarakterli nuqtalarini va Ri nuqtada OSShN ning minimal ruxsat etilgan qiymatini hisoblash

To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan tolali optik uzatish tizimining regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi energetik yoki dispersion parametrlar bilan chegaralanishi mumkin. Nisbatan katta bo‘lmagan seksiya uzunligini (390 km) va quyi tezlikli uzatishni (2,5 Gbit/s) qo‘llanilishini hisobga olib, dispersiya parametrini normaga solish, ba’zi kuchaytirish punktlariga dispersiya kompensatorlarini kiritish orqali amalga oshiriladi deb hisoblaymiz. Energetik parametrlar bo‘yicha hisoblashlarni olib boramiz.


Apparaturaning quvvat kuchaytirgichi (QK) chiqishida guruhli signalning maksimal chiqish sathining tipik qiymati 14.2-jadvaldan aniqlanadi.


Рchiq.gr= +20 dBq < +27 dBq


Optik kanallar soni Nok=32 da har bir kanal sathi guruhli signal sathidan 10lg32=15 dB ga kichik bo‘lishi kerak. Shu tarzda kanal bo‘ylab chiqish sathi

pchiq = 20 - 15 = +5 dBq


ni tashkil etadi.


Kuchaytirish uchastkasida optik kanalning kirish sathining ruxsat etilgan qiymati, Ri qabul qiluvchi nuqtada hamma uchastkalardan yig‘ilgan yig‘indi shovqinga i-nchi uchastkaning qo‘shadigan hissasi bilan aniqlanadi. Uchastkalar qo‘shadigan hissani taqsimlash loyihalashtirish jarayonida optik kuchaytirgichilarni joylashtirish joyini tanlash yo‘li bilan bajariladi.
To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan TOUT traktida quvvatning me’yorlashtiriladigan sathlari
14.2 – jadval

Quvvat sathi,
dBq

Traktning me’yorlashtirish nuqtalari

Optik kuchaytirgichlar


Uzi

Guz,
Uz'

Gqq

Qq'

Uzatishda-gi

Oraliq

Qabul qilishdagi









kir.

chiq.Х.

kir.

chiq.

kir.

chiq.




Minimal

-5

≤+27,0

≤+1,0

≤+10

-17,5

+3,5

-36,0

+3,5

-36,0

-10,0




Maksimal

+3




+16,6

+27

+ 10,0

+27,0

+ 1,0

+ 17,0




Ri nuqtada pqq optik signal sathi va OSShNdB (yoki Ahim shovqindan himoyalanganlik) ning ruxsat etiladigan qiymatlarini apparaturaning qabul qiluvchi qismining berilgan yoki o‘lchangan sezgirligidan kelib chiqqan holda olinadi.


Qabul qilgich sezgirligi – bu optik signalning minimal, absolyut o‘rtacha quvvat sathi, bunda berilgan xatolik koeffisienti o‘rinli.
Optik kanalning Qqi nuqtada sezgirlik sathi va yuklanish sathining qiymatlari 14.3-jadvalda keltirilgan qiymatdan yomon bo‘lmasligi kerak.

10-12 xatolik koeffitsientida sezgirlik va yuklanish sathlari


14.3-jadval



Xarakteristika nomi

Raqamli signalni uzatish tezligi

≤0,622 Mbit/s

2,5 Gbit/s

10,0 Gbit/s

10-12 xatolik koeffitsientida sezgirlik sathi, oshmasligi kerak, dBq

-23

-15

-12

10-12 xatolik koeffitsientida yuklanish sathi, kam bo‘lmasligi kerak, dBq

-8

0

Kxat =10-12 da sezgirlik sathi psezg 14.3-jadvalga muvofiq, 2,5 Gbit/s tezlikli oqim uchun minus 15 dBq dan oshmasligi kerak.


λ = 1550 nm, Δλ = 0,1 nm = 0,1·10-9 m uchun


ν = = = 193,4 · 1012 Hz;
ΔνK = с · Δλ / λ2 = 3·108 m/s · 0,1·10-9 m /(1,55·10-6 m)2 =12,5·109 Hz.


Ri nuqtada qabul qilish sathi qanchalik kichik bo‘lsa, umumiy shovqindan himoyalanganlikka fotoqabulqilgichning xususiy shovqinlari shunchalik katta ta’sir ko‘rsatadi. -3 < pq.q < -8 dBq uchun OSShNdB ning minimal ruxsat etiladigan qiymatini 20 dB ga teng deb qabul qilish mumkin. Agar Ri nuqtada optik signal sathi -8 dBq dan kichik etib o‘rnatilsa, unda minimal ruxsat etiladigan OSShN ni sezilarli tarzda oshirish kerak.
pқ.қ qiymati dastlabki kuchaytirgichning chiqish sathi va demultipleksor so‘nishining farqi hisoblanadi. Agar oxirgi qurilma OQ kirishida signal sathini +5 dB ga oshiruvchi optik kuchaytirgich o‘rnatilsa, u holda oxirgi multipleksorning 12 dB gacha so‘nishida, pq.q = +5 - 12= -7 dBq (yoki katta).



Download 167.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling