Tom Odenkrans Ajal
Download 18.91 Kb.
|
2 kopiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Devid V. Mayers Sevishganlar va jin
- Norman va Ben Lir Eng qayg’uli hikoya
- Devid Xofman Sinfdosh dugonalar uchrashuvi
- Xoup Ey Torres Gul va muhabbat
- Joshua Xeyns Orzular amalga oshganda
- Dik Skin Million dollarlik bazm
- Shiri Pelem`e Dublyor
- Dolores Rup So’nggi nasiba
- Tom Ford Jumboq
Tom Odenkrans Ajal Qorong’ilikda o’zimni noqulay sezaman. Sovqotyapman. Bir necha soat oldin tungi qisqagina ishim menga birvarakayiga naqd besh ming dollar keltirishi kerak edi. Pako ham keldi, ammo nimadir chappasiga ketdi. Sirenalarning chirog’i yuzimga nur sochadi. Oq xalatli odam oyog’imning barmog’iga yopishtirilgan yorliqdagi ism-familiyamni o’qiydi. Men unga javob qaytarolmayman. Devid V. Mayers Sevishganlar va jin Sevishganlar kimsasiz sohilda sayr qilib yurib, Olovuddinning sehrli chirog’ini topib olishdi. – Meni ozod qilishlaring evaziga, – dedi jin, – har biringning bittadan tilagingni bajo keltiraman. Qiz yigitga ko’z tashlab qo’yib dedi: – Istaymanki, biz bir-birmizni qiyomatgacha sevaylik. Dengizga tikilgancha yigit: – Men esa o’sha qiyomat hoziroq kelishini istayman, – dedi. Norman va Ben Lir Eng qayg’uli hikoya Uch kishi to’qsoninchi qavatga zinapoyadan ko’tarila boshlashdi. Lift dushanbagacha ishlamas ekan, dam olish kunlari Semga u-bu hujjatlari kerak bo’lib qolgandi. Qavatma-qavat ko’tarilisharkan, vaqtni o’ldirish hamda zerikib qolmaslik uchun galma-gal turli-tuman – quvnoq va qayg’uli hikoyalarni aytib berishga kelishib olishdi. Nihoyat, to’qsoninchi qavatga chiqishganda, eng qayg’uli hikoyani Sem aytib berdi. – Pastda kalitni unutib qoldiribman, – dedi-yu, behush bo’lib yiqildi. Devid Xofman Sinfdosh dugonalar uchrashuvi Maktabda ular oralaridan qil o’tmas dugona edilar. – Qo’ng’iroq qilib tur, unutib yuborma, – dedi u dugonasiga bitiruv oqshomida. – Albatta, sen ham. Maktabni bitirganlariga ellik yil to’lishi munosabati bilan uyushtirilgan sinfdoshlar uchrashuvida ular shu payt davomida birinchi marta gaplashishdi. – Seni ko’rganimdan xursandman. – Men ham. – Qo’ng’iroq qilib tur, unutib yuborma. – Albatta, sen ham. Xoup Ey Torres Gul va muhabbat Tina bog’da turar ekan, uning o’zi tomon chopib kelayotganini ko’rdi. – Tina! Mening gulim! Hayotim! Nihoyat shu gapni aytdi-ya! – O, Tom! – Tina, o, gulim! – O, Tom, men ham seni sevaman! Tom Tinaga yaqin keldi-da, uni nari itarib, engashdi. – Mening gulim! Sevimli atirgulimni bosib olding! Joshua Xeyns Orzular amalga oshganda Bob istaganlarining barchasiga erishdi. Unda faqat bitta tilak tilash qolgandi. – So’nggi tilakni sal keyinroq tilasam bo’ladimi? – so’radi u. – Sen xojasan. Men esa oddiy jinman. – Juda soz. Uyga qaytarkan, Bob o’zini shunchalar baxtli his etardiki, birgina dimog’ni chog’ qiladigan qo’shiq yetishmasdi, xolos. U eski bir italyan qo’shig’ini eslab qoldi. – Eh, qaniydi, italiyalik baliqchiga aylanib qolsam… Dik Skin Million dollarlik bazm Charli oxirgi chaqasiga lotereya chiptasini sotib oldi va o’n million dollar yutuq egasiga aylandi. Ko’cha-ko’ydagi oshna-og’aynilari bilan yutuqni naq ikki hafta “yuvdi” va alal-oqibat ortiqcha yeb qo’yganidan bo’kib o’ldi. Hukumat uning millionlarini meros qilib oldi, ammo odamlar uning ismini hamisha yodlarida saqlashadi – u insoniyat tarixida eng katta bazm uyushtirdi, axir. Ha, darvoqe, uning familiyasi nimaydi? Shiri Pelem`e Dublyor – Spektaklni qoldirolmaymiz. Shou davom etishi kerak, – dedi rejissyor pesaning birinchi pardasi boshlanishidan bir lahza oldin mashhur aktyor behush bo’lib yiqilganda. – Bugun u yulduz, har holda, shunchaki o’likning rolini o’ynamaydi-ku. Dublyor barchaning ko’z o’ngida yuksaldi. Uning ijrosi ilhombaxsh chiqdi. Yangi yulduz yakunlovchi sahnada rolini qoyillatdi. Dublyor cho’ntagidagi shpritsni barmoqlari bilan silab-siypab, olqishlar ostida ta’zim bajo etdi. Dolores Rup So’nggi nasiba Uylarga tushishga odatlangan o’g’ri Billi o’z ishining betakror lahzalarini yoqtirardi. Bu tong u devor oshib, binoga kirdi. Barcha qimmatbaho taqinchoqlarni yig’ishtirib olib, mashinasiga eltdi. Bu payt qorni judayam ochgandi. Oynai jahon qarshisida tamaddi qilish uchun uyga oxirgi marta kirdi. Ovqatlanib bo’lgach, tarrakday qotdi. Xonadon sohiblari kalamushlarni zaharlamoqchi edi. Tom Ford Jumboq – Bugun juda mamnun ko’rinasiz, Vatson. – Kechirasiz-u, Xolms, bu safar jinoyatni ikki dunyoda ham fosh qilolmaysiz. Xolms o’rnidan turib, trubkasini jo’shqinlik bilan silkita boshladi. – Yana xato qilyapsiz, deb qo’rqaman, Vatson. Missis Vorsingtonni kim o’ldirganini bilaman. – Juda qiziq! Na guvohlar, na dalil-isbot bor! Xo’sh, kim qilibdi bu ishni? – Men, Vatson! Download 18.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling