Tombop materiallar


Download 35.25 Kb.
bet1/2
Sana01.04.2023
Hajmi35.25 Kb.
#1315235
  1   2
Bog'liq
21-QMB labaratoriya


21-laboratoriya ishi. Tombop materiallar. Tombop materiallar, ularni xossalarni aniqlash.Qurilishda ishlatiladigan tombop materiallar xaqida jadval to‘ldirish


TOMBOP MATERIALLAR


Vazifa: Tombop materiallarning xossalari aniqlash va DST bilan taqqoslash.
Umumiy tushunchalar: Bitum va qatronlardan tayyorlanadigan tombop va gidroizolyatsiya materiallari o‘rama va yupqa taxta ko‘rinishida, shuningdek, mastika, emulsiya va bo‘tqa tarzida ishlab chiqariladi. Tombop hamda gidroizolyatsiya maqsadlarida ishlab chiqariladigan o‘rama va taxta materiallar ikki xil bo‘ladi:

  1. Asos deb ataluvchi tomobop qog‘oz qatron – asbest-shisha tolali to‘qimalarni organik moddalar bilan shimdirib olingan material;

  2. Organik moddalarga maxsus qo‘shilmalar va kukun to‘ldirgichlar qo‘shib tayyorlangan qorishmani prokatka qilib ishlangan asossiz materiallar.

Ishlatishdan oldin qurilishga keltirilgan har bir partiyadagi tombop o‘rama yoki gidroizolyatsion materiallardan o‘rtacha namuna olinib, laboratoriyada ularning sifati tekshiriladi. Bunda materialning tashqi ko‘rinishi, o‘rtacha zichligi va suv shimuvchanligi kabi xossalari tekshiriladi.


1-ish. Tombop materiallarning o‘rtacha zichligini aniqlash
Asbob va uskunalar: Torozilar, shtangensirkul, tombop materiallardan namunalar.
Ishlash tartibi: Tombop materiallarning o‘rtacha zichligini aniqlash uchun tombop materiallardan namunalar paralellepiped shaklida kesib olinadi. Namunalar shtangensirkul yordamida o‘lchanib, xajmi xisoblanadi, so‘ngra namuna texnik torozida tortiladi. To‘g‘ri geometrik shakldagi namunaning xar tomoni 3-rasmda ko‘rsatilganidek, uch joyidan eni va balandligi bo‘yicha o‘lchanadi, (a1 , a2 , a3 , v1, v2 , v3 , h1 , h2 , h3 .) va xar yoqning o‘rtacha arifmetik qiymati eng so‘nggi natija sifatida qabul qilinadi. Tomonlarining o‘lchami 100 mm dan oshmaydigan xar xil shakldagi namunalar 0,1 mm gacha aniqlikda o‘lchanishi,tomonlarning o‘lchamlari 100 mm va bundan katta bo‘lgan namunalar esa 1,0 mm gacha aniqlikda o‘lchanishi lozim. Massasi 500 g dan yengil namunalar 0,01g gacha aniqlikda, massasi 500g va bundan og‘irroq namunalar esa 1,0 g gacha aniqlikda tortilishi kerak. Namunaning xajmi va massasi ma’lum bo‘lgach, berilgan 1-formula yordamida uning o‘rtacha zichligi xisoblab topiladi. Olingan 1-jadvalga yozib boriladi.


1-jadval




Download 35.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling