Aerodrom poyini qurish texnologik xaritasini tashkil etish
Aerodrom poyini qurish uchun kerakli jarayonlar belgilanib, asosiy aerodrom qurilish texnikasining ish unumdorligi aniqlanib, materillarga bo‘lgan talab hisoblab chiqilgandan so‘ng, texnologik xaritani chizishga kirishiladi. Aerodrom poyi ko‘ndalang kesimi va texnologik xaritani tuzishda QMQ 2.05.08-97 talablariga rioya qilinadi. Ish ko‘lami etakchi mexanizm ish unumdorligiga asoslanib hisoblab chiqiladi. Aerodrom poyini qurish uchun hisoblangan ish ko‘lami va unga kerakli bo‘lgan mexanizmlar, materiallar miqdorini inobatga olgan holda texnologik xarita tuziladi.
Qurilishni tashkil etishning chiziqli kalendar grafigi
Chizikli kalendar grafigi qurilayotgan aerodromning butun uzunligi bo‘yicha chiziladi. Unda ish boshlanishi va tugallanish kunlari, bajariladigan barcha jarayonlar, ishtirok etuvchi mashina mexanizmlar ko‘rsatiladi. Ordinata o‘qi bo‘yicha kun, oy va yil joylashtiriladi, abssissa o‘qi bo‘yicha esa piket va kilometrlar ko‘rsatiladi. Grafikning o‘ng tarafida ishchi kuchi va mashina mexanizmlarga bo‘lgan talab epyurasi chiziladi.
Gruntlarni zichlashda dastlab yengil katoklardan foydalaniladi. Bunga sabab, grunt yengil katok bilan zichlanganda ma’lum bir mustahkamlikka ega bo‘lib oladi, so‘ngra o‘rta va og‘ir katoklar yordamida zichlash davom ettiriladi. Agar birdaniga og‘ir katok bilan zichlash ishlari olib borilsa, gruntda notekisliklar yuzaga keladi va zichlashish sifatini kamaytiradi.
Katoklar og‘irligi bo‘yicha
Yengil katok
O‘rta katoklar 6-13 t
Og‘ir katoklar 14 t va undan yuqori
B=21 a=2.5 E sinf
Mayda donali asfalt beton h = 0.07 m
Yirik donali asfalt beton h = 0.10 m
Qora chaqiqtosh h = 0.22 m
Chaqiqtosh h = 0.18 m
Qum shag’al aralashmasi h = 0.32 m
V=h*L*B*Ky*Kz
V1=0.07*3200*45*1.01*1.25=12726 m3
V2=0.10*3200*45*1.01*1.25=18180 m3
V3=0.22*3200*45*1.03*1.25=40788 m3
V4=0.18*3200*45*1.03*1.3=33372 m3
V5=0.32*3200*45*1.03*1.3=59328 m3
Do'stlaringiz bilan baham: |