Tomorqa xo‘jaliklaridan keladigan daromadlarga ta’sir etuvchi omillar va ularni iqtisodiy baholash sh. A. Muratov


Download 81.78 Kb.
bet2/3
Sana22.04.2023
Hajmi81.78 Kb.
#1381839
1   2   3
Bog'liq
Мақола Муратов Самарқанд — копия

Key words: small household(tomorka), income from small householding(tomorka) activities, small household products, tobit regression model, VIF test.


Kirish. O‘zbekistonda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda tomorqa xo‘jaliklarining salmog‘i 70,1 foizni tashkil etilishi, mamlakat iqtisodiyotida muhim rol o‘ynaydi. Bugungi kunda tomorqa xo‘jaliklari soni 5 mln.dan ortiqni tashkil etib, 2000 yilga nisbatan 1,5 baravar ko‘pdir. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer maydoni 3686,7 ming gektarni tashkil etib, uning 13,0 foizini tomorqa xo‘jaliklari tomonidan foydalaniladigan ekin maydonlar tashkil etadi. Natijada, 2020 yilda respublikamizda aholi tomorqalarining asosiy qismida sabzavot, poliz, kartoshka meva va uzum yetishtirilib, ishlab chiqarilgan mahsulotlar bahosi 169828,4 mlrd.so‘mni tashkil etgan. Vaholanki, yetishtirilgan sabzavot mahsulotlarining 62,4 foizi, kartoshkaning 77,6 foizi, poliz mahsulotlarining 49,3 foizi, meva va rezavorlarning 56,2 foizi va uzumning 56,3 foizi aynan tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Biroq, fermer xo‘jaliklari tomorqa xo‘jaliklariga nisbatan o‘g‘it, suv, texnika, mablag‘ va boshqa zarur ta’minotlarga nisbatan ustun bo‘lsada, fermer xo‘jaliklaridan o‘rtacha olingan hosildorlik past ko‘rsatkichlarga ega.
2021-yil 1-aprelda tasdiqlangan «Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan tomorqa yer egalarining huquqiy manfaatlari yanada mustahkamlandi. Mamlakatimizda tomorqa xo‘jaliklari hisobiga o‘rtacha yer maydon 0,089 gektarni tashkil etsada, 480 ming gektardan ortiq ekin maydondan foydalanish samaradorligi pastligicha qolmoqda. Shuni e’tiborga olgan holda, tomorqa xo‘jalik faoliyatidan keladigan daromadlarni oshirish imkoniyatlarini aniqlashda unga ta’sir etuvchi omillarga iqtisodiy baho berish talab etiladi.
Material va metod. Mazkur ilmiy tadqiqot ishini o‘rganish obe’kti O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati tumanlarining qishloq hududlarida joylashgan tomorqa xo‘jaliklari hisoblanadi. Xususan, Samarqand viloyat tumanlari tarkibida dehqonchilikdan yuqori natijalarga erishgan Samarqand, Jomboy, Toyloq va Urgut tumanlarida 170 ta tomorqa xo‘jaliklarida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnoma ma’lumotlaridan foydalanildi.
Tomorqa ekin maydonidan keladigan daromad bevosita tomorqa ekin maydoniga bog‘liq bo‘lib, o‘rtacha 7,670 sotix ekin maydonidan tomorqa yer egalari o‘rtacha 9,605 mln so‘m daromad olishgan(1-jadval).
Ekonometrik model tahlilida ushbu ko‘rsatkichlar miqdor ko‘rsatkichda ifodalanildi. Shuningdek, tomorqa yer egalari yoshi, oila a’zolari soni va resurslar sarfi (organik va mineral o‘g‘it, urug‘lik va ko‘chat, ekin maydonini ekishga tayorlash) miqdor(qiymat) ko‘rsatkichda ifodalanildi. Biroq, “Tomorqa xizmati” MChJgacha va mineral o‘g‘it shahobchasigacha bo‘lgan masofa modelda foydalanishda “tarafkashlik”ni bartaraf etish uchun sifat ko‘rsatkichida ifodalanildi. Shuningdek, tomorqa yer egalari jinsi, ma’lumoti, 0-3 yoshgacha oila a’zolarining mavjudligi va tomorqa ekin maydonlarini sug‘orishda suv ta’minotidan qoniqishi yoki qoniqmasligi sifat ko‘rsatkichda ifodalanildi.

Download 81.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling