Tonggi gigiyenik gimnastika komplekslari
Download 22.58 Kb.
|
1 2
Bog'liqTonggi gigiyenik gimnastika komplekslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gigienik gimnastika mashqlari kompleksini tuzish. Gigienik gimnastika. vazifasi, vositalari, axamiyati.
TONGGI GIGIYENIK GIMNASTIKA KOMPLEKSLARI Reja: Gigienik gimnastika. vazifasi, vositalari, axamiyati Ertalabki gigienik gimnastika komplekslarini tuzish Gigienik gimnastika mashg’ulotlarida sovuqlikka chiniqish Ritmik gimnastika Gigienik gimnastika mashqlari kompleksini tuzish. Gigienik gimnastika. vazifasi, vositalari, axamiyati. Gigienik gimnastika, yuqorida aytilganidek, kishilarni sog’lomlashtirish va jismoniy tarbiyalashning vositasi, shuningdek ularning kuchi, tetikligi va xarakat faoliyatining bitmas-tuganmas manbaidir. Hozirgi davrda gimnastika sog’ayishni tezlashtirish, kasallanishni oldini olish, tetiklik va kuch-g’ayrat keltirishi, kishi sog’ligini saqlab, uning umrini uzaytirishi isbot talab qilmaydigan haqiqat bo’lib qoldi. Vrach nazorati ma’lumotlari orqali aniqlanganki, kishi organizmi uchun gigienik gimnastika muxim axamiyatga ega. Gigienik gimnastika mashg’ulotlari mauntazam o’tkazilsa, uning ta’sirida to’qimalarda qon aylanish yaxshilanadi, arterial bosim pasayadi, yurak-qon tomir sistemasining faoliyati yaxshilanadi, o’pkalarning nafas olish sig’imi oshadi, modda almashinuvi yaxshilanadi, markaziy nerv sistemasi va nerv-muskul apparatining ruxiy xolatiga ijobiy ta’sir lo’rsatadi, uning tetikligini, o’z kuchiga bo’lgan ishonchini oshiradi va ruxlantiradi. ERTALABKI GIGIENIK GIMNASTIKA KOMPLEKSLARINI TUZISh Tanlab olingan mashqlarni komplekslarga qo’shganda quyidagi qoidalarga binoan joylashtirgan maqul: A) Kompleksda birinchi va oxirgi mashqlar to’g’ri qomatni xis qilishga qaratilgan bo’lishi maqsadga muvofiqdir (to’g’ri qomatni saqlash uchun buning axamiyati muxim). B) Kompleksdagi ikkinchi muxim jixat umuman ta’sir ko’rsatadigan va odamning barcha organ va sistemalarining faoliyatini oshiradigan mashq (yoki ikkita mashq) bo’lishi kerak. Bular qoida bo’yicha, butun badanning katta gruppa muskullarini ishga soladigan oddiy, shiddati kamroq mashqlardir. Ular organizmni bo’lajak ishga tayorlash uchun juda zarurdir. V) Kompleksning navbatdagi mashqlari turli muskul gruppalari uchun, (qo’l, elka bo’g’ini, bel, qorin pressi, oyoq) zarur bo’lgan seriyali bajariladigan mashqlardir. Bunda gavdaning turli qismlari birin-ketin ishga kirishishi kerak. Bu mashqlarning ikkinchi va uchinchi seriyalari shiddatliroq bajariladi. Mashqlar shu tarzda bajarib borilar ekan, nagruzka xam asta sekin oshirib boriladi va turli muskul gruppalari ishga kirishadi, bu esa muskul kuchi samaradorligini oshiradi va faol dam olishga sharoit yaratadi. G) Keyingi 2-3 mashq gavdaning barcha qismlari uchun tanlanadi. Odatda, kuch talab qiladigan mashqlar qayishqoqlik mashqlaridan oldin kelishi kerak, ya’ni qayishqoqlik mashqlarini bajarishdan oldin muskullarni qizitib olish zarur. Muskullarning faol xarakatidan keyin muskullarni bo’shashtiradigan 1-2 ta mashqni bajarish maqsadga muvofiqdir. D) Kompleksning oxirida maxsus mashqlar bajariladi: nafas olishga oid 1-2 ta mashqlar bajariladi, ular vositasida shug’ullanuvchilar qorni, ko’krak va aralash nafas olishlarni o’zlashtirib, to’g’ri nafas olishga o’rganadilar. E) Kopleksning oxirida to’g’ri qomat xolatini xis qilish mashqi qo’yiladi. Undan keyin artinish, yuvinish, dush qabul qilish va o’z-o’zini massaj qo’llaniladi. Kompleksdagi mashqlar 4-8 marta takrorlanadi; kuchni rivojlantiruvchi mashqlar engil charchashni sezganga qadar bajariladi, qayishqoqlik mashqlari esa, sal-pal og’riq xis qilgunga qadar bajariladi. Mashqlar kompleksini 2-3 xaftadan keyin almashtiriladi. Jismoniy nagruzka asta-sekin 2-3 xaftadan keyin oshirib boriladi. Kundalik gigienik gimnastika bilan xamma shug’ullanishi zarur. Zaruriy gigienik protsedura singari u har bir kishining kn tartibiga kiritilishi va xayotiy zarurat bo’lib qolmog’i kerak. Nafas olishga o’rganadilar. Kompleksning oxirida to’g’ri qomat xolatiga his qilish mashqi qo’yiladi. Undan keyin artinish, yuvinish, dush qabul qilish va o’z-o’zini massaj qo’llaniladi. Kompleksdagi mashqlar 4-8 marta takrorlanadi; kuchni rivojlantiruvchi mashqlar engil charchashni sezgunga qadar bajariladi, qayishqoqlik mashqlari esa, sal-pal og’riq xis qilgunga qadar bajariladi. Mashqlar kompleksini 2-3 xaftadan keyin almashtiriladi. Jismoniy nagruzka asta-sekin 2-3 xaftadan keyin oshirib boriladi. Kudalik gigienik gimnastika bilan xamma shug’ullanishi zarur Zaruriy gigienik tadbir sifatida u xar bir kishining kun tartibiga kiritilishi va xayotiy xayotiy zarurat bo’lib qolmog’i zarur. Gigienik gimnastika mashg’ulotlarida sovuqlikka chiniqish Ma’lumki, ertalabki gimnastika faqat uning bilan sovuqqa chiniqtiruvchi tadbirlar katta sog’lomlashtiruvchi axamiyatga ega bo’ladi. Jismoniy mashqlar bilan birgalikda chiniqtiruvchi sovuqliklar organizmni ish faoliyatini normallashtirishdan tashqari shamollash kasalliklarining oldini olishni samarali vositasi xisoblanadi. Gigienik gimnastika mashqlarini bajarishdan so’ng, organizmni sovutish maqsadga muvofiq degan fikr mavjud (Podshibyakin A.K, Kayro I.A, 1980). Ammo bu masala bo’yicha o’rganilgan adabiyotlar shuni takidladiki, jismoniy mashqlar bilan sovuqqa chiniqtirishni navbatlanishi to’g’risida fikrlar bo’linadi (Bajnov Yu.I, 1981). Olimlar Shestakov V.A. Stepanov A.Ya va ertalabki gigienik gimnastikagacha, uning o’rtasida va undan so’ng chiniqtirish tadbirlarini qo’llab ilmiy tekshirish o’tkazganlar va sovuqqa chiniqtirish iadbirlarini gigienik mashqlardan so’ng o’tkazilganda ko’proq samara berishi aniqlangan. (T i PFK №1, 1989-13 bet). Ritmik gimnastika Tarixi, vazifalari, vositalari, mazmuni. Mashg’ulotlarning asosiy shakllari. Ritmik gimnastika gimnastikaning sog’lomlashtiruvchi turiga kiradi. Uning asosiy mazmunini URMlar, yugurish, sakrash, raqs elementlari tashkil qilib, asosan uzluksiz usulda oxanglar-ritmik muzika jo’rligida ijro etladi. Ritmik gimnastika maxsus mashqlarning anketasini tashkil qilib, shug’ullanuvchilarning sog’ligini yaxshilaydi kayfiyatini oshiradi, muskul xarakatidan roxat bag’shlaydi, nerv sistemasining tonusini oshiradi. Buning xammasi kishining sog’ligini mustaxkamlaydi, ish qobiliyatini oshiradi. Ritmik gimnastika bilan xamma xam shug’ullanishi mumkin, u yuqori samarali ta’sir ko’rsatadi va qiziqarlidir. Ritmik gimnastika mashqlari tananing barcha qismlari va chaqqonlik, egiluvchanlik va bardoshlik kabi jismoniy sifatlarning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Muzika jo’rligi xarakat ritmiga ta’sir ko’rsatib, shug’ullanuvchilarning ruxiy xolatini ko’taradi. Shug’ullanuvchilar xarakatni keskinroq qilishga xarakat qilishadi bu esa ularning organizmiga ta’sirini oshiradi. Ritmik gimnastika atletik rivojlanishga qaratilgan bo’lishi mumkin, bunda mashqlar bardoshlik, kuch va qayishqoqlikni rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi. Ritmik gimnastika komplekslari ko’proq raqs xarakatlaridan iborat bo’lib, xotin-qizlarning rqslarga bo’lgan extiyojini qondiradi. Gimnastika komplekslari o’z xususiyatiga ega. Birinchidan, bu komplekslarda ayrobik xususiyatlarga ega bo’lgan (yugurish, sakrashlar) xarakatlar va shuningdek cho’zish, qayishqoqlik, bo’g’in xarakatlarini oshiruvchi mashqlar qo’llaniladi. Ikkinchidan, muzika jo’rligi uchun faqat disko oxanglarigina emas, mlliy kompozitorlarning muzikalari va halqlar raqslari qo’llaniladi. Chiroyli xarakat shakllantirish bilan birga biz kishining ruhiy dunyosiga ta’sir ko’rsatamiz. Shuning uchun yosh kishini tarbiyalashda kishilarning dam olishi uchun samarali vositadir. Download 22.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling