Tonnellar ekspluatatsiyasi va ularning holati ustidan texnik nazorat\ reja
Download 24.88 Kb.
|
6-maruzaJALOL
Maxsus tekshiruvlar. Tonnellar devorlari va ravoqlarida, hamda portal oldi o‘yiqlarida jiddiy deformatsiyalar paydo bo‘lgan yoki tog‘ massivining gidrogeologik sharoitlarining keskin o‘zgarishi vujudga kelgan taqdirda, shuningdek inshootni kapital ta’mirlash yoki rekonstruksiyasi oldidan yo‘lning tonnel tekshiruv stansiyalari kuchi bilan tonnelda maxsus tekshiruv olib boriladi. Ushbu tekshiruvlarning vazifasi tonnel, uning uskunalarining umumiy holatini aniqlash, tonnelning deformatsiyalanayotgan elementlari, geologik, gidrogeologik hodisalar va tog‘ bosimi ustidan kelajak nazoratlar metodikasi va dasturlarini belgilash, ro‘y berayotgan deformatsiyalarni hususiyatlari va bartaraf etish usullari bo‘yicha xulosalar tuzish hamda tonnelni ta’mirlash yoki rekonstruksiya ishlarining taxminiy hajmi va ularni amalga oshirishni aniqlashdir. Tonnellarni mahsus tekshirish ishlarida qatnashish uchun geologlar, gidrogeologlar, iqlimshunoslar, seysmologlar, shuningdek ilmiy-tadqiqot va loyiha institutlari jalb qilinadi .
Tonnel obdelkasini tekshirish har bir halqa bo‘yicha alohida amalga oshiriladi, ko‘ndalang choklar mavjud bo‘lmaganida esa obdelka shartli ravishda uzunligi 5 yoki 10m bo‘lgan uchastkalarga ajratiladi, tekshiruvning barcha natijalari maxsus jaridaga (jurnalga) qayd qilinadi. Tonnel devorlari va ravog‘i suriladigan yoki ko‘chma havozalar va narvonlardan turib ko‘zdan kechiriladi. Zarurati bo‘lganda obdelkaning qalinligini va tosh termasining, shuningdek obdelka orti bo‘shlig‘i va tog‘ jinsining holatini aniqlash uchun shpurlar burg‘ilanadi yoki termadan namuna ko‘chirib amalga oshiriladi. Devorlar poydevorlari, teskari ravoqlar, tirama plitalar, beton tayyorlamasi yo‘l cheti yoki ballast prizmasi bo‘ylab har 50m oraliqda joylashtiriladigan shurflar va qirqmalardan tekshiriladi. Tonnelning qamrovdorligi obdelkaning ko‘ndalang kesimini butun perimetri bo‘ylab s’emka qilib aniqlanadi. Tonneldagi va portal oldi o‘yiqlaridagi suv qochirish novlarini tekshirishda ularning konstruksion hususiyatlari, nishabliklari, ko‘ndalang kesimlari, umumiy holati, mavsumiy suv sarfi, suv to‘kilib oqib turadigan joylar mavjudligi va qish vaqtida ularning ishlash sharoitlari qayd qilinadi. Drenaj inshootlari va moslamalarini ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida ularning umumiy holati va ishlash samaradorligi aniqlanadi. Tonnellarni tekshirish bilan bir vaqtning o‘zida tuynuklar, kameralar holati va ularning ichki o‘lchamlari tekshiriladi, yo‘lning va tonnelning barcha bo‘lak uskunalarining holati aniqlanadi. Tekshiruvlar natijalari yo‘l hizmatiga zarur grafiklar va chizmalar bilan birgalikda taqdim qilinadigan hisobotlar ko‘rinishida rasmiylashtiriladi [11, 23, 30]. Download 24.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling