Tonnellar ekspluatatsiyasi va ularning holati ustidan texnik nazorat\ reja
Tonnellar holati ustidan doimiy texnik nazorat
Download 24.88 Kb.
|
6-maruzaJALOL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Joriy ko‘riklar
Tonnellar holati ustidan doimiy texnik nazorat. Bunday nazorat butun yil davomida temir yo‘l va sun’iy inshootlar kuzatuvchilari (obxodchik) tomonidan, yo‘l masofasini tuzatuvchi va yo‘l bo‘limi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan smena grafiklari bo‘yicha uzluksiz amalga oshiriladi. Ushbu grafiklarda aylanib kuzatish (obxod) chegaralari, tonnel ichra va uning kirish qismida kuzatish vaqti, hamda ayrim shohobchalarda mayda-chuyda joriy ishlarni amalga oshirish uchun, odatda, “darcha” ko‘rinishida ajratiladigan vaqt tayinlanadi [11, 23, 30].
Doimiy texnik nazoratning asosiy vazifasi poezdlar harakati xavfsizligiga tahdid tug‘diruvchi barcha nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash va zudlik bilan bartaraf etishdir. Tonnellar holati ustidan doimiy nazoratni yo‘l kuzatuvchilari (obxodchik) va brigadirlari, shuningdek yo‘l va tonnel usta (master)lari o‘z asosiy vazifalarini bajarish jarayonida amalga oshiradi. Yo‘l brigadirlari shaxsan haftasiga kamida bir marotaba tonneldagi yo‘lni sinchiklab kuzatib, bunda rels koleyasini shayton va shablon yordamida tekshirib chiqishi lozim. Yo‘l holatining shayton va shablon bo‘yicha haftalik tekshiruvlarining ma’lumotlari tekshiruvlar natijalarini qayd qilish kitobiga kiritiladi. Yo‘l ustalari ham kamida har yarim oyda bir marotaba tonnellardagi yo‘lning yalpi ko‘rigini, bunda uni shayton va shablon bo‘yicha tekshirib amalga oshirishadi. Joriy ko‘riklar Joriy ko‘riklarning asosiy vazifasi obdelka va bo‘lak tonnel qurilmalaridagi nuqsonlarni oshkor qilish, ularning paydo bo‘lish sabablarini aniqlash, doimiy kuzatish ostiga olingan deformatsiyalanuvchi elementlar holatini sinchiklab tekshirish, ta’mirlov ishlarining bajarilishi va rejalashtirilishi sifatini hamda samaradorligini tekshirishdir. Tonnel ustalari, yo‘l kuzatuvchilari, yo‘l brigadirlari va yo‘l ustalarining tonnellar holati ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish bo‘yicha har kunlik ishlarini muvofiqlashtirib, tonnellarning joriy ko‘riklarini amalga oshiradilar, qoidaga ko‘ra, bunday ko‘riklarni har oyning oxirida, ularni yo‘lning navbatdagi tekshiruv vaqtiga moslab olib boradilar. Maxsus kuzatuv ostiga olingan obdelkada jiddiy nuqsonlar mavjudligida hamda ko‘pirmalarning o‘sishi va pasayishi, shuningdek shiddatli muz qoplashi davrlarida joriy ko‘riklar har xaftada kamida bir marotaba o‘tkaziladi va natijalar qayd qilish tonnel kitobiga yozib boriladi. Joriy ko‘rik jarayonida obdelkada aniqlangan yoriqlar o‘lchanadi va tonnel kitobiga maxsus ilova bo‘lgan tonnel halqalari yoyilmasiga rasm qilib tushiriladi (49-rasm) [11, 23, 30]. Davriy ko‘riklar. Davriy ko‘riklar tonnel va uning barcha uskunalarini texnik holatini sinchiklab tekshirish uchun o‘tkaziladi. Ko‘riklar mobaynida obdelkaning holati temir yo‘l platformasiga o‘rnatilgan, qamrov ramasiga va yorituvga ega bo‘lgan ko‘chma havozalardan turib tekshiriladi. Tonnel devorlari va ravog‘ida deformatsiyalar aniqlanganda tonnel halqalarining ichki tarhi, ko‘ndalang kesimlarining asboblar vositasidagi s’yomkasi, shuningdek devorlar poydevori usti, relslar va suv qochiruv novining tubi bo‘ylab nivelirovka bajariladi. Tonnellarning davriy ko‘riklari yo‘l masofasi boshlig‘i yoki uning muovini tomonidan tonnel va yo‘l ustalari bilan birgalikda yiliga kamida ikki marotaba, shuningdek kuchi 6 ball va undan ortiq bo‘lgan har bir zilziladan so‘ng darhol amalga oshiriladi. Davriy tarzda, taxminan har 5 yilda bir marotaba, tonnellar holati, ya’ni egrilarning rejada joylanishining to‘g‘riligi, tonnel obdelkasidagi eng kuchsiz joylar bo‘lgan tuynuklar va kameralarning holati, emirilish jarayoniga ko‘proq moil bo‘lgan kallaklar, portallar va tosh termalar holati, mavjud suv qochirish va drenaj uskunalarining ish samaradorligi tonnel yoki ko‘prik sinash stansiyalari tomonidan tekshiriladi. Download 24.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling