Top 10 innovator
Ishlanmalarni baholash mezonlari
Download 22.99 Kb.
|
Ol13spn8sPHe25QP5kWus1qrWE3hivSCHUkM6KAp
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash
- Top 10 innovator” tanlovi
Ishlanmalarni baholash mezonlari
19. Tanlovda ishtirok etish uchun ajratib olingan ishlar quyidagi mezonlar asosida, har bir mezon uchun alohida 10 ballik tizim bo‘yicha baholanadi: -G‘oya yoki loyihaning ilmiy va innovatsion yangiligi; -G‘oya yoki loyihaning aniq bir muammoning yechimiga yo‘naltirilganligi; -Mavjud analoglaridan afzalligi; -Biznes modeli va monetizatsiyasi (reklama orqali foyda olish); -G‘oyaning amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar; -Loyiha taqdimotining mukammalligi; -Loyiha pasporti, biznes-rejasi va xarajatlar smetasi hujjatlari to‘ldirilganligi. 20. Tanlov ishtirokchilari Komissiya aʼzolariga loyihaning ilmiy va amaliy hamda ijtimoiy ahamiyatini tushuntirib bera olishini namoyish etishi lozim. 21. G‘oliblarni aniqlashda baholash jarayoni davomida har bir ishtirokchiga komissiya a’zolari tomonidan qo‘yilgan ballar umumlashtiriladi va komissiya a’zolari soniga bo‘linadi. Eng yuqori ball to‘plagan 10 nafar ishtirokchi g‘olib deb hisoblanadi. 22. Ishtirokchilar tomonidan to‘plangan ballar soni bir xil bo‘lib qolgan taqdirda, komissiya a’zolari tomonidan ovoz berish usuli bilan g‘olib aniqlanadi. 23. Loyihaning ilmiy yangiligini va zamonaviyligini ko‘rsatish maqsadida uning analoglari bilan solishtirish imkonini beruvchi maʼlumotlarni, stendlar yoki boshqa qurilmalarda test va sinovdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida maʼlumot berishlari lozim. Agar ishlanma tanlovda ishtirok etgan yoki patentlangan bo‘lsa bu haqda tegishli maʼlumotlar taqdim etiladi. IV. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash 24. “Top 10 innovator” reytingidan o‘rin olgan talabalarni to‘g‘ridan to‘g‘ridan to‘g‘ri O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yoshlar akademiyasiga a’zoligiga tavsiya etiladi. 25. Tanlovni tashkil etish va g‘oliblarni taqdirlash bilan bog‘liq sarf-xarajatlar institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 26. Homiylar taqdim etgan qimmatbaho buyum yoki esdalik sovg‘alar homiylar bilan kelishilgan tartibda g‘oliblarga yoki yuqori ko‘rsatkichlarga ega, faol ishtirokchilarga ham (rag‘batlantiruvchi sovg‘a sifatida) topshirilishi mumkin. 27. Ushbu Nizom, Tanlov to‘g‘risidagi maʼlumotlar va uning natijalari institutning rasmiy web-sayti va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi. “Top 10 innovator” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 1-ilova “Top 10 innovator” tanlovi Download 22.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling