To‘plamlar ustida amallar va ularning xossalari
To‘plamlar ustida amallar va ularning xossalari
Download 0.82 Mb.
|
1-kridit yozma
2. To‘plamlar ustida amallar va ularning xossalari 4-TA’RIF: А va В to‘plamlarning birlashmasi (yig‘indisi) deb shunday С to‘plamga aytiladiki, u А va В to‘plamlardan kamida bittasiga tegishli bo‘lgan elementlardan tashkil topgan bo‘ladi va АиВ kabi belgilanadi. B 2-rasm Masalan agar A kvadratdagi, B esa uchburchakdagi nuqtalar to‘plamidan iborat bo‘lsa, unda ularning birlashmasi АВ quyidagi 2-rasmdagi shtrixlangan sohadan iborat bo‘ladi: Shunday qilib АВ to‘plam yoki А to‘plamga , yoki В to‘plamga, yoki А va В to‘plamlarning ikkalasiga ham tegishli elementlardan iboratdir. Masalan, А={1,2,3,4,5} va В={2,4,6,8} bo‘lsa АВ={1,2,3,4,5,6,8}, C={I navli mahsulotlar} va D={II navli mahsulotlar } bo‘lsa, unda CD={I yoki II navli mahsulotlar} to‘plamni ifodalaydi. To‘plamlarni birlashtirish amali , sonlarni qo‘shish amali singari, АВ =ВА (kommutativlik), (АВ) С=А (ВС) (assosiativlik) qonunlarga bo‘ysunadi. Bulardan tashqari Au0 =A va, sonlardan farqli ravishda, AA=A, ВА bo‘lsa AB=A tengliklar ham o‘rinli bo‘ladi. Bu tasdiqlarning barchasi to‘plamlar tengligi ta’rifidan foydalanib isbotlanadi. Demak, (A u B) c A , A c (A u B) va , ta’rifga asosan, АиВ =А. Bir nechta A1 , А2 , А3 , ... , Аи to‘plamlarning yig‘indisi n A1UA2UA3 u ...uA = U Ak k=i kabi belgilanadi va ulardan kamida bittasiga tegishli bo‘lgan elementlar to‘plami sifatida aniqlanadi. 5 -TA’RIF: А va В to‘plamlarning kesishmasi (ko ‘paytmasi) deb shunday С to‘plamga aytiladiki, u А va В to‘plamlarning ikkalasiga ham tegishli bo‘lgan elementlardan tashkil topgan bo‘ladi va АпВ kabi belgilanadi. Agar A kvadratdagi, B esa uchburchakdagi nuqtalar to‘plamini belgilasa, unda ularning АпВ kesishmasi 3-rasmdagi shtrixlangan soha kabi ifodalanadi: 3-rasm Shunday qilib АВ to‘plam A va B to‘plamlarning umumiy elementlaridan tashkil topgan bo‘ladi. Shu sababli agar ular umumiy elementlarga ega bo‘lmasa, ya’ni kesishmasa, unda АВ=0 bo‘ladi. Masalan, А={1,2,3,4,5} va В={2,4,6,8} bo‘lsa АВ={2,4}, C={Tekshirilgan mahsulotlar} va D={Sifatli mahsulotlar} bo‘lsa, unda CD={Tekshirishda sifatli deb topilgan mahsulotlar} to‘plamni ifodalaydi. Assalom aleykum domla 5-misolda xatolik bor shekili yoki men ishlay olmadim iloji bo’lsa o’sha misolni ishlab ko’rsatsangiz. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling